Issiqlik almashish turlari. Mahalliy isitish
Reja:
Issiqlik almashinuv usuliga qarab.
Issiqlik almashinuv apparatlarini hisoblash.
О‘rtacha temperatura bosimini hisoblash
Issiqlik tashuvchini qizdirish yoki sovitish uchun mо‘ljallangan qurilma issiqlik almashinuv apparati (IAA) deyiladi. Issiqlik tashuvchi sifatida suyuqlik yoki gaz ishlatiladi. Issiqlik tashuvchilar isituvchi va isitiladigan tashuvchilarga bо‘linadi. Masalan, qozon ichida qizigan gaz isituvchi issiqlik tashuvchi, qozondagi suv esa isitiladigan issiqlik tashuvchi xisoblanadi. Isitish radiatoridagi suv isitgichi isiqlik tashuvi, xonaga issiqlikni tarqatadigan xavo esa, isitiladigan issiqlik tashuvchi xisoblanadi.
IAA lariga bug‘ qozonlari, kondensatorlar, bug‘ qizdirgichlar, xavo isitgichlar, markaziy isitish asboblari, radiatorlar va shu kabilar misol bо‘la oladi.
IAA lari о‘zining shakli va о‘lchamlari bilan xamda ishlatilayotgan ishchi jismi bilan bir-biridan katta farq qiladi. IAA lari xilma-xil bо‘lsada, issiqlik xisobining asosiy qoidalari ular uchun umumiy bо‘lib qoladi.
IAA lari texnikada nixoyatda keng tarqalgan, xozirgi vaqtda ularning aniq bir tasnifi yо‘q. Quyida keltirilgan tasnif eng kо‘p qо‘llanilayotgan IAA lariga ta’luqlidir. IAA larini quyidagi belgilariga qarab tasniflash mumkin.
Issiqlik almashinuv usuliga qarab
Aralashtirgichli. Bunday IAA larida issiq va sovuq issiqlik tashuvchi bir-biriga bevosita tegadi va keyin aralashib ketadilar. Masalan, qozon agregatidan chiqadigan yuqori temperaturali bug‘ yo suv sovuq yoki iliq suv bilan aralashtiriladi, sо‘ngra iste’molchilarga uzatiladi. Bunday IAA lariga gradirnyalar, deaeratorlar, skrubberlar va boshqa qurilmalar kiradi.
Gradirnyada (1-rasm) minoradan yomg‘irdek tushayotgan suv xavo bilan aralashadi va natijada suv soviydi, xavo esa isib yuqoriga kо‘tariladi.
Rekuperativli bunday IAA larida issiqlik ajratuvchi devor ( odatda metall) orqali uzatiladi. Bunday apparatlarga bug‘ generatorlari, bug‘ qizdirgichlari, suv isitgichlari, xavo isitgichlari va turli xil bо‘g‘latgich apparatlari kiradi.
Xozirgi paytda rekuperativ apparatlar eng kо‘p tarqalgan. Ular tuzilishi juda sodda, ixcham va issiqlik tashuvchilarning temperaturasini xar doim о‘zgarmasligini ta’minlaydi.
Rekuperativ apparatlar asosan metaldan ishlangan. Temperaturasi 400-4500S bо‘ladigan issiqlik tashuvchilar uchun esa quvurlar uglerodli pо‘latdan, temperaturasi 500-7000S bо‘ladigan issiqlik tashuvchilar uchun esa legirlangan pо‘latdan tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |