Mavzu: Bayram ssenariysini tuzilishi. Reja: 1 Tadbir ssenariysini yaratishda maqsad va vazifalar mushtarakligi



Yüklə 24,85 Kb.
tarix23.12.2022
ölçüsü24,85 Kb.
#77484
Bayram ssenariysini tuzilishi


Mavzu: Bayram ssenariysini tuzilishi.
Reja:
1) Tadbir ssenariysini yaratishda maqsad va vazifalar mushtarakligi.
2) Ssenariy tushunchasi va uni yaratishdagi ish bosqichlar.

Tadbir ssenariysini yaratishda maqsad va vazifalar mushtarakligi.


Tadbirlarni tashkil etishda maqsad va vazifalarni aniq belgilab olish muhimdir. Aniq mavzu asosida ssenariy yaratishda turli usullardan foydalanish ssenariyning betakrorligi, mukammalligini ta’minlaydi. Ssenariyda san’atning barcha turlaridan o‘rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. “San’at - bu haqqoniylikni badiiy obrazlardagi ijodiy talqinidir, yoki boshqacha qilib aytganda, hayot haqiqatlarini badiiy obrazlar orqali ifoda etilishidir, deyish mumkin. Aynan, ssenariy ham alohida olingan bir asar sifatida qaralmog‘i lozimdir. Chunki, o‘tkaziladigan har bir tadbiming negizida aniq maqsad va vazifalar yotadiki, buni tadbirlarni tashkil etish orqali amalga oshirishga erishiladi. Tadbir ssenariysini yaratish, unda yozilgan, main shaklida berilgan so‘zlami sahnaga ko‘chirish, tomoshabinning havola etish va buning natijasi sifatida olingan ijod mahsuli msoiilarga ma’naviy, estetik ehtiyojlarini qondirishga, bo‘sh vaqtlaishini mazmunli o‘tkazishga, charchoqlarini chiqarishga va boshqa bir qo’sh|imcha maqsadlami amalga oshirishga turtki bo‘lishi lozimligi haqida manbalarda ma’lumotlar berilgan. Tadbimi san’at darajasida tashkil qilish bu ssenariyning to‘laqonligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Ssenariyni sahnaga olib chiqishda uning illyustratsiyalashtirish va arashtirilish usullaridan foydalanishi tadbirni mazmunli chiqishida samara beradi. Madaniy tadbirlarida informatsion materialning san’at materiali bilan mantiqiy birikuvi illyustratsiyalashtirish deyiladi. Ya’ni aniq, mavjud faktlami poeziya, proza, musiqa, kinoparchalar, suratlar bilan izohlashdir. Bu usulda barcha hayotiy va badiiy materiallaming mustaqilligi saqlanadi, ular bir-biridan ayricha mustaqil harakat qiladilar. 11 lyustrlashtirish - bu san’at elementlarini u yoki bu shaklda madaniyat muassasasidagi targ‘ibot va tashviqotga singdirish demakdir. U tanlangan shaklga o ‘zgartirish kiritmaydi, balki, uning ma’yaviy-emotsionalligini kuchaytiradi, ya’ni san’at elementlari so‘zga ehiquvchilar va boshqaruvehi so‘zi bilan parallel ravishda davom etib, tadbir mazmunini tomoshabinlarga yetkazadi, g‘oyaviy fikrni yorqin ifodalaydi. Illyustrlashtirish usulida tayyorlangan tadbir qismlarini mavzu va g‘oyaviy filer qovushtirib turadi. Bir so‘z bilan aytganda, tadbir mazmunini xilma-xil badiiy komponentlar orqali tomoshabinga yetkazish - illyustrlashtirish usulining bosh vazifasidir.

Ssenariy tushunchasi va uni yaratishdagi ish bosqichlar.


Tadbirlarni tashkil etishdagi ilk ish bosqichi bu-tadbir mavzusiga mos manbalarni izlab topishdir. Har qanday asar sahna yuzini ko‘rishida uning dramatik asosini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyat kasb etadi. Sahnada bo‘layotgan jarayonlar asosan “aktyor-vositachi”lar orqali tomoshabinlarga yetkaziladi. Spektaklning dramatik manbai - pyesa bo’lsa, tadbirlarni tashkil etishda esa ssenariy yoziladi. Har qanday sahnaviy asar tomoshabin e ’tiboriga havola etilgunga qadar 3ta asosiy jarayonni boshidan kechiradi, ya’ni: l.Sahnalashtirish uchun asosiy manbani tanlash (pyesa, ssenariy, inssenirovka kabi); 2. Sahnalashtirish (barcha ijodiy jihatlar, ya’ni ijrochilarni tanlash, sahna bezagi, stol atrofida o‘qish (chitka), mizanssenalar, obraz va rol ustida, rejissorlik g‘oyalari va topilmalari ustida ishlash va boshqa ijodiy ishlar); 3.Tashkiliy ishlar (professional teatrlarda va respublika miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda tashkiliy ishlarning deyarli ko‘pchiligini m a’muriy bolimlar bajaradilar, ammo joylarda tashkil etilgan badiiy jamoalarda madaniy tadbirlar, ommaviy bayram va tomoshalarni tashkil etishda bu vazifani ijodiy guruh rahbarlari o‘zlari bajaradilar). Tadbirni tashkil etish va ssenariysini yaratish uchun manbalar quyidagi jihatlarga qarab tanlanadi: 1. Asar mavzusining dolzarbligi (ijtimoiy ahamiyati, zamon talablariga mos kelishi); 2. Asarning tarbiyaviy ahamiyati (har qanday ijodiy jarayonlar asosida tarbiyaviy masalalar yotishi zarur);
Xalqimiz sevgan san’atkor, shoir, bastakor va yozuvchilaming tavalludlariga bag‘ishlangan (Zulfiyaxonim,Erkin Vohidov kabi) tadbirlar yurtimizda yuqori saviyada tashkil etilib kelmoqda. Spektaklning dramatik asosi pyesadir. Pyesa (fr. “riese”) - butun yoki ulush so‘zidan olingan bo‘lib, xilma-xil sahna asarlarining umumiy nomidir. Ko‘pgina teatr san’ati haqida yaratilgan adabiyotlarda dramatik manba (pyesa, inssenirovka), aktyor va rejissor teatr san’atining asosini tashkil etadi, deb aytilgan. Bir jihatdan olib qaralganda, bu fikrga qo‘shilish mumkin. Ammo bitta spektaklni sahnalashtirish uchun bir qancha san’at turlaridan foydalaniladi, undan tashqari texnik, ma’muriy xodimlar, badiiy rahbariyat, ijodiy xodimlar (masalan, birgina Alisher Navoiy nomidagi 0‘zbek Davlat Akademik katta teatri jamoasining umumiy soni 500 kishidan ortiq) va boshqalarning ham hissalari haqida gapirsak, unda boshqacha fikr yuritishimizga to‘g‘ri keladi. Ammo ikkala holatda ham spek-takl yaratish mumkin. Teatr san’atida aktyoming o‘zi asosiy ifodalovchi, ya’ni dramaturgning fikrini ifodalab beruvchi hisoblanadi. Aktyor o‘z navbatida ovozi, plastik xatti-harakatlari, jestlar, mimikalar orqali obraz yaratadi. “Teatr -hayot ko‘zgusi, san’at darsxonasi, muqaddas dargoh. Teatming eng asosiy burchi esa- tomoshabinni g‘oyaviy va axloqiy- estetik jihatdan tarbiyalashdir. Uning vazifasi axloqiy-estetik sharoitni yaxshilashga xizmat qilishdir”4. Aktyor esa mana shu muqaddas dargohdan turib, asar mazmuni va muallifning aytmoqchi bo’lgan fikr-mulohazalarini tomoshabinga yetkazuvchi vositachi sifatida gavdalanadi.
Dramaturgiyaning barcha qonun-qoidalariga rioya qilingan holda yaratilgan asarlar to’laqonli asarlardan hisoblanadi. Pyesa tanlangach, ijodiy guruh bilan tahlil qilinadi va sahnalashtirish ishlari amalga oshiriladi. Madaniy tadbirlarda esa asosiy manba ssenariy hisoblanib, u tadbirni tashkil qilishdagi ilk jarayondir. “Ssenariy” so‘zi, U.Qoraboev uining “Badiiy-ommaviy tadbirlar” kitobida yozishicha, italyancha so‘zdan olingan bo‘lib, “asarning plani, sxemasi”ni anglatadi. Lug‘atlarda esa ssenariy.


Yüklə 24,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin