Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi



Yüklə 188 Kb.
səhifə1/15
tarix16.10.2023
ölçüsü188 Kb.
#156134
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati fanidan маъруза матни (1)


MADANIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISH MAHORATI FANIDAN МАЪРУЗА МАТНИ
1-semestr

“Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati” faniga kirish


MADANIY TADIRLARNI TASHKIL ETISH MAXORATI FANIGA KIRISH
Madaniy tadbirlar kishilarning ishdan bo`sh vaqtida ularga kerakli axborotlar berish, badiiy-estetik zavqlantirish, madaniy-ijodiy ishga jalb qilish hamda ularning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun yordam beradi. Bu tadbirlar, asosan, og`zaki jurnal, klub kechalari, badiiy kompozitsiyalar, badiiy agitbrigada va diskoklub programmalari, teatrlashtirilgan kontsert va tomoshalar, xalq an`analari, ommaviy bayramlar va sayllar kabi shakllardan tashkil topadi. Badiiy-ommaviy tadbirlar o`z ichiga madaniy-ma`rifiy muassasalarning asosiy va ko`p shakllarini qamrab oladi.
Madaniy tadbirlarning eng afzallik tomoni shundaki, ular o`zida madaniy-ma`rifiy muassasalar faoliyatini ko`proq mujassamlashtiradi. Jumladan, ularda agitatsiya va propaganda ishi, havaskorlik ijodi, bo`sh vaqtni mazmunli tashkil qilish kabi faoliyatlar birlashib ketadi. Badiiy-ommaviy tadbirlarning har bir shakli (ommaviy bayramlar, an`anaviy marosimlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, har xil kechalar, namoyishlar)ga murojaat etsak, ularda agitatsiya-propaganda xarakteridagi mazmunni, havaskorlik ijodining natijalarini, badiiy-estetik zavqlanish va hordiq chiqarish uchun yaratilgan qulayliklarni yaqqol sezish mumkin. SHu sababli, badiiy-ommaviy tadbir madaniy-ma`rifiy muassasalardagi barcha faoliyatning umumlashtirilgan ko`zgusidir.
Madaniy tadbirlarni amaliy tashkil qilish nazariya va metodika asosida konkret ish shakllarini ijodiy uyushtirishdir. Amaliy ishga kirishish – bu uchinchi jarayondir.
Shunday qilib, badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilishga erishish quyidagi jarayonlarni o`z ichiga oladi:

  1. Nazariy va ilmiy asoslarni (jumladan, ish tajribani ham) o`rganish.

  2. Umumiy va spetsifik metodikani (jumladan, ilg`or ish tajribani ham) o`zlashtirish.

  3. Ishga ijodiy yondashish, amaliy tashkil qilish malakasiga ega bo`lish.

Bir-birini vujudga keltiradigan va o`zaro bog`liq bo`lgan bu jarayonlar va ularga oid masalalar mazkur o`quv qo`llanmaning ob`ekti sifatida namoyon bo`ladi. SHu sababli, badiiy-ommaviy tadbirlar nazariyasi, metodikasi va amaliy tajribasini aks ettirishni ko`zda tutgan ushbu qo`llanma uch bobdan tashkil topgan.
Birinchi bobda madaniy tadbirlar nazariyasiga oid masalalar yoritildi. Unda ilmiy-nazariy asoslar, jumladan, tadbirlarning ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o`rni hamda ularning umumiy va o`ziga xos printsiplari, shuningdek, konkret funktsiyalariga xarakteristika beriladi.
Ikkinchi bobda madaniy tadbirlarni tayyorlash metodikasi va jarayonining asosiy bosqichlari, ya`ni stsenariy yaratish va uni postanovka qilish (rejissura) qonun-qoidalari ilmiy-metodik tarzda o`rganildi. SHuningdek, foydalaniladigan usul va vositalarga izoh berildi.
Uchinchi bobda madaniy tadbirlarning asosiy shakllariga alohida va batafsil xarakteristika berildi. Har bir shaklning mohiyati, qisqacha tarixi, o`ziga xos xususiyatlari va tarbiyaviy imkoniyatlari o`rganildi.
Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati” fanining maqsadi, ob`ekti, predmeti, vazifalari.

REJA:


  1. Madaniy-ma`rifiy muassasalar faoliyati.

  2. Badiiy-ommaviy tadbirlarning afzalligi. negizi.

  3. Badiiy-ommaviy tadbirlar negizi.

  4. Kishilarda ommaviy tadbirlarga bo`lgan ehtiyoj.

  5. Madaniy-ma`rifiy ishlarning kollektivlar hayotidagi o`rni.

Madaniy-ma`rifiy muassasalar — bu ideologik va tarbiyaviy ishlar sistemasining asosiy zvenolaridan biri bo`lib, ular xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida, mehnatkashlarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda muhim rol’ o`ynaydi. Ular shaxsning har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy-madaniy aktivligini oshirish jarayonini o`ziga xos vazifalar, ya`ni uzluksiz ta`lim-tarbiya berish, havaskorlik ijodiga jalb qilish va mazmunli dam olish, hordiq chiqarishini uyushtirish orqali olib boradi.
Madaniy-ma`rifiy ishlar, eng avvalo, madaniy-ma`rifiy muassasalar — klub, park, muzey, kutubxona hamda madaniy komplekslarning faoliyatidir.
Madaniy-ma`rifiy ishlar bilan klub, park, kutubxona muassasalari hamda madaniy-komplekslargina emas, balki bunday ishlar bilan boshqa ijtimoiy muassasa va tashkilotlar ham shug`ullanadi.
Madaniy-ma`rifiy faoliyat bilan yuqorida tilga olingan barcha davlat muassasalari, kasaba soyuzlari, komsomol tashkilotlari, ko`ngilli jamiyatlar, ommaviy axborot vositalari, san`at muassasalari, o`quv yurtlari, sanoat korxonalari va boshqa ko`plab tashkilotlar o`z ishining bir bo`lagi sifatida shug`ullanadilar. Demak, madaniy-ma`rifiy ishlar barcha kollektivlar hayotida madaniy-tarbiyaviy ish sifatida muhim o`rin egallaydi.
Madaniy-ma`rifiy faoliyat ko`p qirrali ijtimoiy-madaniy jarayon bo`lganligi sababli, u hayotning deyarli barcha sohalari bilan bog`liq. Avvalo, u kishilarnnng mehnat faoliyati va bo`sh vaqti bilan aloqadordir. Madaniy-ma`rifiy ishlar kishilarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, mazmunli dam olishini ta`minlash va ishlab chiqarishda yaxshi natijalarga erishishlari uchun yordam beradi. Mehnatda qo`lga kiritilgan g`alabalarini nishonlaydi, ilg`or ish tajribalarini omma orasida targ`ib qiladi.
Ikkinchidan, u xalq madaniyatining tarkibiy qismidir. Madaniy-ma`rifiy ishlar insoniyat yaratgan eng yaxshi progressiv xalq an`analarini saqlaydi, rivojlantiradi, targ`ib qiladi. U ommani faqat madaniyat namunalaridan bahramand bo`lishiga sharoit yaratibgina qolmay, uning madaniy hayot quruvchisiga aylanishiga ham ko`maklashadi, madaniy qiyofasi – xulq-atvori, odobi va axloqining shakllanishida qulayliklar yaratadi.
Uchinchidan, u san`at bilan bog`liqdir. Madaniy-ma`rifiy ishlar xalq san`atini targ`ib qilish bilan birga, ommani rang-barang badiiy havaskorlik faoliyatiga jalb etadi, ularning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.
Klub muassasalarida aholi uchun ko`pgina havaskorlik uyushmalari: to`garaklar va studiyalar ishlab turadi. Ular xalqning haqiqiy san`at namunalarini yaratishga imkoniyatlar yaratib beradi.
To`rtinchidan, u turmush tarzi va mahalliy hayot bilan bog`liqdir. Madaniy-ma`rifiy ishlar muayyan muassasa, kollektiv, oila va shaxs hayotini real aks ettiradi. Ularning oldida turgan muammolarni echishga yordam beradi. Mahalliy hayotni ma`naviy mazmun bilan boyitadi, badiiy jihatdan bezaydi.
Beshinchidan, u fizkul’tura va sport bilan bog`liqdir. Ayniqsa, qishloq madaniy-ma`rifiy muassasalari fizkul’tura va sport ishlari bilan bevosita shug`ullanib, aholini jismoniy chiniqtirish va sog`lomlashtirishda katta rol’ o`ynaydi.
Madaniy-ma`rifiy ishlar faqatgina ijtimoiy-madaniy hayotning barcha tomonlari bilan aloqador bo`libgina qolmay, balki u ko`pgina fanlar bilan ham bevosita bog`liqdir.
Madaniy-ma`rifiy ishlar sotsiologiya, pedagogika, psixologiya, san`atshunoslik fanlarining ilmiy asoslari, yutuqlari, tajribalaridan foydalanadi. Sotsiologiyadan jamoat o`rtasida uning har xil uyushmalar, gruppalar tabaqalari ehtiyojlarini o`rganishni; umumiy pedagogikadan ta`lim va tarbiya ishlarini qay darajada olib borishni; psixologiyadan shaxsning kayfiyatiga, ongiga qanday ta`sir o`tkazishni; san`atshunoslikdan badiiy san`at sirlarini, ijodiy jarayonni tashkil etish va boshqalarni o`rganadi.
SHunday qilib, madaniy-ma`rifiy ishlar ko`p qirrali madaniy-ijtimoiy hodisa bo`lib, ijtimoiy fanlarning ilmiy asoslaridan foydalangan holda, o`z nazariyasini vujudga keltiradi.
Madaniy-ma`rifiy ishlarning o`z ob`ekti, predmeti va ish faoliyati mavjud.
Madaniy-ma`rifiy ishlar, asosan, quyidagi faoliyatlardan tashkil topadi:

  1. Tashviqot va targ`ibot ishlarini olib borish.

  2. Xalq havaskorlik ijodini o`stirish.

  3. Mehnatkashlarning dam olishini tashkil qilish.

Ushbu ish faoliyatlari madaniy-ma`rifiy ishlarning shakllarini vujudga keltiradi. Madaniy-ma`rifiy faoliyat kishilarning ijtimoiy, madaniy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgani uchun undan foydalaniladigan ish shakllari rang-barangdir. Bularga lektsiya, doklad, axborot, suhbat, obzor, siyosiy o`qish, konsul’tatsiya, seminar, munozara, konferentsiya, ijodiy uchrashuvlar, savol-javob kechalari, og`zaki jurnal, tematik kecha, kontsert, spektakl’, ommaviy tomosha, xalq sayllari, bayramlar, karnaval, raqs kechalari, festival’, diskotekalar, ekskursiya, madaniy sayr (kul’tpoxod), viktorina, ko`rgazma, konkurs va hokazolar kiradi.
Bundan tashqari, madaniy-ma`rifiy ish shakllariga klub uyushmalari, badiiy va texnik havaskorlik to`garaklarining mashg`ulotlari hamda badiiy agitbrigada, diskoklub tomoshalarini kiritish mumkin.
Ko`rinib turibdiki, madaniy-ma`rifiy faoliyatning ish shakllari xilma-xil va juda ko`p. Ular haqida to`liq va sistemali tushunchaga ega bo`lish uchun maxsus klassifikatsiya zarur. Maxsus adabiyotlarda bir necha xil klassifikatsiya (tasniflash) mavjud: Ular ichida ikki xil tasniflash ko`proq diqqatga sazovordir: birinchi tur klassifikatsiyaga madaniy-ma`rifiy ish shakllarida qatnashadigan kishilarning soni asos qilib olinadi. U quyidagilarga bo`linadi: individual, gruppali va ommaviy shakllar.

  1. Individual shakllar — mutaxassis va tinglovchi o`rtasidagi konsul’tatsiya, individual (yakka) suhbat, amaliy mashg`ulotlardan tashkil topadi.

  2. Truppali shakllar – taxminan 15-30 kishi qatnashadigan tadbirlar, ya`ni munozara, seminar, suhbat, ekskursiya, badiiy havaskorlik kollektivlari mashg`ulotlarini o`z ichiga oladi.

  3. Ommaviy shakllar – soni cheklanmagan, katta auditoriyaga mo`ljallangan lektsiyalar, savol-javob kechalari, og`zaki jurnallar, tematik kechalar, ommaviy tomosha, bayramlar va hokazolardan vujudga keladi. Ommaviy shakllar madaniy-ma`rifiy ishlarning asosiy qismini tashkil qiladi.

Ikkinchi tur klassifikatsiyalash, madaniy-ma`rifiy ish shakllarida qanday ta`sirchan vositalar va metodlardan foydalanish asosida vujudga keladi? Bu xil klassifikatsiya ko`proq madaniy-ma`rifiy muassasalardagi agitatsiya va propaganda ishlariga mansubdir. Bu borada ham ish shakllari uchga bo`linadi: monologik, dialogik, va kompleks shakllar.

  1. Monologik shakllar — bu notiqning og`zaki, «jonli» so`zi xamda boshqa ta`sirchan vositalar orqali auditoriyaga axborotlar beradigan tadbirlar. Masalan: lektsiya, doklad, axborot va hokazo.

  2. Dialogik shakllar – bu tadbirlar, asosan, muloqot, suhbat, fikr almashishlardan iborat bo`lib, unga suhbat, munozara, uchrashuv, savol-javob kechalari kiradi.

  3. Kompleks shakllar deganda, monologik va dialogik nutqlar ishlatilishi bilan bir qatorda, ko`plab boshqa ta`sirchan vositalardan foydalanish mumkin bo`lgan tadbirlar tushuniladi. Masalan: og`zaki jurnal, tematik kecha va boshqalar.

Hozirgi madaniy-ma`rifiy ishlarda keng tarqalgan shakllar birinchi xil klassifikatsiyadagi ommaviy va ikkinchisidagi kompleks shakllardir. Ular birlashib, «badiiy-ommaviy tadbirlar»ni vujudga keltiradi. «Badiiy-ommaviy tadbirlar» tushunchasi madaniy-ma`rifiy muassasalardagi ham ommaviy, ham kompleks ish shakllarining mohiyatini yaxshiroq ochishga yordam beradi. SHuni ta`kidlab o`tish kerakki, hanuzgacha badiiy-ommaviy tadbirlar amaliyotda «madaniy-ommaviy tadbirlar», «ommaviy tadbirlar», «ommaviy shakllar» deb ham yuritiladi.
Badiiy-ommaviy tadbirlar kishilarning ishdan bo`sh vaqtida, ularga kerakli axborotlar berish, badiiy-estetik zavqlantirish, madaniy-ijodiy ishga jalb qilish hamda ularning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun yordam beradi. Bu tadbirlar, asosan, og`zaki jurnal, klub kechalari, badiiy kompozitsiyalar, badiiy agitbrigada va diskoklub programmalari, teatrlashtirilgan kontsert va tomoshalar, xalq an`analari, ommaviy bayramlar va sayllar kabi shakllardan tashkil topadi. Badiiy-ommaviy tadbirlar o`z ichiga madaniy-ma`rifiy muassasalarning asosiy va ko`p shakllarini qamrab oladi.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning eng afzallik tomoni shundaki, ular o`zida madaniy-ma`rifiy muassasalar faoliyatini ko`proq mujassamlashtiradi. Jumladan, ularda agitatsiya va propaganda ishi, havaskorlik ijodi, bo`sh vaqtni mazmunli tashkil qilish kabi faoliyatlar birlashib ketadi. Badiiy-ommaviy tadbirlarning har bir shakli ommaviy bayramlar, an`anaviy marosimlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, har xil kechalar, namoyishlar)ga murojaat etsak, ularda agitatsiya-propaganda xarakteridagi mazmunni, havaskorlik ijodining natijalarini, badiiy-estetik zavqlanish va hordiq chiqarish uchun yaratilgan qulayliklarni yaqqol sezish mumkin. SHu sababli, badiiy-ommaviy tadbir madaniy-ma`rifiy muassasalardagi barcha faoliyatning umumlashtirilgan ko`zgusidir.

Yüklə 188 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin