Mavzu: Bayrog’imiz – g’ururimiz Darsning maqsadi: O’quvchilar qalbi va ongiga Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’ularini yanada chuqurroq singdirish, ularni vatanimiz tariviga, uning boy madaniy merosiga, ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalash. Shunday aziz Vatanda yashashdan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish.Davlat ramzlari muqaddasligini uqtirish Darsning turi: Umumlashtirilgan sahna ko’rinishi darsi O’qituvchi: -Assalomu alaykum, aziz o’quvchilar! Bugungi mavzumiz “Bayrog’imiz – g’ururimiz”. Darsimiz shiori: Mangu faxrim, e’tiqodu Nurli iymonim mening, Zar tuprog’ingni avaylash Muqaddas burchim mening. O’zbekiston madhiyasi ijro etiladi. Sahnada Humo qushi ramzi sifatida bir o’quvchi qiz paydo bo’ladi Humo qushi: Bayramona saboqlaringizni eshitib, sizlarni Vatanga bo’lgan mehr-muhabbatlaringiz qay darajada ekanligini bilish uchun bu yerga uchib keldim. O’quvchilar: - Xush kelibsan Humo qushi, davramizga marhabo! Humo qushi: -Men humo qushiman, edim afsona, Bugun afsonamas qarshingizdaman Siz bilan bo’lurman yelkama-yelka, Hur bo’lsin , gullasin shu aziz o’lka O’qituvchi: - Qani aziz o’quvchilar, aytinglar-chi, Vatan o’zi nima? 1-o’quvchi: -Vatan –ota-onamiz 2-o’quvchi: - Vatan –katta bo’lgan beshigimiz 3-o’quvchi: - Vatan – yashab turgan xonadonimiz 4-o’quvchi: - Vatan – ta’lim olayotgan maktabimiz. 5-o’quvchi: - Vatan – qishlog’imiz, so’lim go’shamiz 6-o’quvchi: - Vatan- mustaqil O’zbekistonimiz. O’qituvchi:- Juda yaxshi aziz bolajonlar! Qani Mustaqillik bayrog’ini bir ta’riflab beringchi Sahnada bayroq ranglariga mos ravishda kiyingan o’quvchilar chiqib bayroqni ta’riflaydilar. 1 – o’quvchi: Ma’lumki, turkiy xalqlar makon tutgan hududlarga islom kirib kelishi bilan be yerda yashovchi xalqlarning bayroqlari ham ma’lum o’zgarishlarga yuz tutgan. Yangi chiqqan oy va yulduzlar islom dini ramzidir. Yashil rang ham Islomning ramzlaridan biri hisoblanadi. 2 – o’quvchi: Shu ramzlarning u yoki bunisi islom dinini qabul qilgan o’lkalar yoki mamlakatlar bayrog’ida hozirgi kunda ham mavjuddir. Agar dunyo mamlakatlari bayroqlarini ko’zdan kechirsak, garchi bayroqlar qaysi davlatga tegishli ekanligi yozib qo’yilmagan bo’lsa ham, qaysi davlatda islomga e’tiqod qo’ygan xalqlar yashayotganini o’sha ramzlardan bilib olamiz.