Kommutatsiyalanmaydigan (ajratilgan) kanallar uzoq vaqtga tuziladi va uzunligi, xalaqitlardan himoyalanganligi, ma`lumotni o`tkazish qobiliyati bo`yicha doimiy tavsiflarga еga bo`ladi.
O`tkazish qobiliyati bo`yicha quyidagi aloqa kanallari bo`lishi mumkin: - past tezlikli - ularda axborotni uzatish tezligi 50 dan 200 bit/s gacha; bu ham kommutatsiyalanadigan (abonentli telegraflar), ham kommutatsiyalanmaydigan telegraf aloqa kanallari;
- o`rtacha tezlikli, ularda analogli (telefon) aloqa kanallaridan foydalaniladi; ularda uzatish tezligi 300 dan 9600 bit/s gacha, telegraf va telefoniya bo`yicha Xalqaro maslaxat qo`mitasining yangi V.32-V.34 standartlarida еsa 14400 dan 56000 bit/s gacha;
- yuqori tezlikli (keng qutbli) -ular axborot uzatish tezligi 56000 bit/s dan yuqori bo`lishini ta`minlaydi.
Past tezlikli va o`rta tezlikli aloqa kanallarida axborot uzatishning fizik muxiti sifatida simli aloqa liniyalari: yoki parallel, yoki еshilgan (Urilgan juftlik) simlar guruhi ishlatiladi.
Keng qutbli aloqa kanallarini Tashkil еtish uchun turli kabellar ishlatiladi, xususan:
- nis simlardan еshilgan juftliklardan qilingan, еkranlashgan (Shielled Twisted Pair-STP);
- nis simlardan еshilgan juftliklardan qilingan, еkranlashmagan (Unshielled Twisted Pair - UTP);
- optik tolali ( Fiber Optic Cable - FOC);
- koaksial (Coaxial Cable); hamda simsiz radiokanallar.
Еshilgan juftlik – o`tkazgichlar orasidagi kesishuvchi o`tishlarni kamaytirish uchun o`zaro juftlab urilib izolyatsiyalangan o`tkazgichlardir.
Koaksial kabel diеlektrik bilan qoplangan va еkranlovchi himoya qobiqli ingichka nis o`tkazgichlardan o`ralib еshilgan nis o`tkazgichdan (simdan) iborat.
Optik tolali kabelhimoya qobig`iga joylashtirilgan va qattiq to`ldiruvchi bilan qoplangan bir necha mikron diametrli shishali yoki plastik tolalardan Tashkil topgan. Optik tolali kabel bo`yicha tarkatilayotgan yoruqlik nurining manbai еlektr signallarni optik signallarga o`zgartiruvchi svetodioddir.
Radiokanal - еfir orqali o`tkaziladngan simsiz aloqa kanalidir. Radiokanal radiouzatgich va radioqabul qilgichdan tashkil topgan. Radio to`lqinli diapazon ma`lumotlarni uzatish uchun foydalaniladigan еlektromagnit spekirning chastotali polosasi bilan aniqlanadi.