Mavzu: Berilganlarni uzatish usullari. Reja Aloqa kanallari



Yüklə 85,78 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü85,78 Kb.
#184520
  1   2   3   4
4-mavzu. Berilganlarni uzatish usullari. (5)


Mavzu: Berilganlarni uzatish usullari.
 
Reja
 
1. Aloqa kanallari
2. Raqamli aloqa kanallari
Aloqa kanallari (AK) istalgan axborot uzatish tizimining umumiy bo`g`imidir.
Fizik tabiati bo`yicha aloqa kanallari quyidagilarga bo`linadi:
Mexanik - axborotning moddiy tashuvchilarini uzatish uchun ishlatiladi;
Akustik - tovushli signal uzatiladi;
еlektr - еlektr signal uzatiladi.
optik – yorug`lik signali uzatiladi;
Еlektr va optik aloqa kanallari quyidagicha bo`lishi mumkin:
  • simln, signallarni uzatish uchun fizik o`tkazgichlar (еlektr simlar, kabellar, svetovodlar va b.) ishlatiladi;
  • Simeiz (radiokanallar, infraqizil kanallar va b.), signallarni uzatish uchun еfir bo`yicha tarqaladigan еlektromagnit to`lqinlardan foydalaniladi.

Uzatilayotgan axborotni tasvirlash shakli bo`yicha aloqa kanallari quyidagicha bo`ladi:
- analogli (uzluksiz ) - axborot analog kanallar bo`ylab uzluksiz shaklda tasvirlangan, ya`ni biror fizik kattalikning uzluksiz qiymatlari qatori ko`rinishida uzatiladi;
- raqamli - axborot raqamli kanallar bo`yicha u yoki bu fizik tabiatdagi raqamli (diskret, impulsli) signallar ko`rinishida uzatiladi;
Axborot uzatilishining mumkin bo`lgan yo`nalishlariga bog`liq ravishda quyidagi aloqa kanallari bo`ladi:
- sinileksli - axborotni faqat bir yo`nalishda uzatishga imkon beradi;
- yarim dupleks - axborotning to`g`ri va teskari yo`nalishlarda galma-gal uzatilishini ta`minlaydi;
- dupleksli - axborotni bir vaqtning o`zida ham to`g`ri, ham teskari yo`nalishlarda uzatishga imkon beradi.
Aloqa kanallari, nixoyat, bunday bo`lishi mumkin:
- kommutatsiyalanadigan;
- kommutatsiyalanmaydigan.
Kommutatsiyalanadigan kanallar axborotni faqat uzatish vaqtiga alohida uchastkalar (segmentlardan) tuziladi; uzatish tugagandan keyin bunday kanal tugatiladi ( ajratiladi ).

Yüklə 85,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin