Mavzu. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish


-mavzu. Masofaviy ta’lim texnologiyasi



Yüklə 267,54 Kb.
səhifə112/120
tarix24.10.2023
ölçüsü267,54 Kb.
#160915
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.

24-mavzu. Masofaviy ta’lim texnologiyasi
Reja:
1. Masofaviy ta’limning mohiyati
2. Masofaviy o’qitish modellari va ularning turlari
3. Masofaviy o’qitish modellari va ularning turlari
4. Masofadan o’qitish tizimi tashkil qilish texnologiyasi

5. Online asosida ta’lim olishning afzalliklari va cheklovlari:



Tayanch so’z va iboralar: Masofaviy ta’lim, elekton o‘qitish tizim, elektron ta’lim, server, LMS (Learning Menegment System), CMS (Conect Menejment System), elektron nazorat, elektron kutubxona, IP adres, dasturiy majmua, Atutor, Claroline, GNU (General Public License), dastur interfeysi.


1. Masofaviy ta’limning mohiyati
Ta’lim tizimida o’quv jarayonini yangidan isloh qilish, yangi axborot texnologiyalariga asoslangan o’qitish usullarini ishlab chiqish, ularni keng joriy qilish bugunning talabidir. Bunda masofaviy ta’lim tizimini joriy qilish maqsadga muvofiqdir. Internetning jadal rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimiga yangi “masofaviy ta’lim” yonalishini olib kirdi.
O‘quv jarayonini masofaviy yoki elektron shaklida tashkil etish uchun ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems) ishlatiladi.
Masofaviy ta’lim – masofadan turib o‘quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o‘qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim majmuasidir.
Elekton o‘qitish tizimi – zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida tashkil etiladigan o‘qitish tizimi.
Elektron ta’limni amalga oshirishda qo‘yida ko‘rsatilgan bosqichlar asosida amalga oshirish mumkin:
1-bosqich: Tahlil
2-bosqich: Loyihalashtirish
3-bosqich: Joriy qilish
4-bosqich: O‘quv kontentlarini yaratish
5-bosqich: Ishga tushirish
6-bosqich: Rivojlantirish
1-bosqichda o‘quv muassasining elektron ta’lim jarayoniga bo‘lgan ehtiyojlari, ta’lim jarayonida qatnashayotgan foydalanuvchilarning soni, o‘qitish usullari va shakllari, loyihani amalga oshirishda kerak bo‘ladigan texnik, dasturiy va inson resurslari, loyihani iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi.

Yüklə 267,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin