Mavzu. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish



Yüklə 267,54 Kb.
səhifə1/120
tarix24.10.2023
ölçüsü267,54 Kb.
#160915
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.


Mavzu. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.

Reja:
1. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari


2. Raqamli iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va vazifasi
3. Axborot texnologiyalarning rivojlanish tendentsiyalari
4. Raqamlashtirish mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari va darajalari
1. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari
Insoniyat harakat va raqobat orqali turmush tarzini rivojlantiradi va yangi-yangi kashfiyotlarni yaratilishiga sabab bo`ladi. Bu kashfiyotlardan biri – kompyuter texnikasidir. Azaldan insoniyat o`z ishini osonlashtirish va vaqtni tejash muammolari bilan shug`ullangan. So`zsiz aytish mumkinki kompyuter XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri. Davr talabiga ko`ra bugunga kelib kompyuter texnikasi juda rivojlanib ketdi. Ma`lumotlarni yig`ish, boshqarish, qayta ishlash va uzatish ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarni hozirgi kunning eng zo`r va ixcham texnologiyasidan foydalanishga bo`lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Chunki butun dunyoda XXI asr – «axborot» asri deb tan olingan. Axborot asrida katta hajmdagi ma`lumotlar ombori va axborotlar ustida ishlashga to`g`ri kelmoqda. Jamiyat taraqqiyotini rivojlanishiga, kunlik ehtiyojga kerakli vositalar (masalan, uyali telefon, DVD player, Flash xotira, …), yuz berayotgan jadal o`zgarishlar ularning bir qismi bo`lgan «Kompyuter texnikasi» va «Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari» faniga ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. Axborot texnologiyasining rivojlanishi dasturiy va texnik ta`minotga ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. Bu ta`sirlar shunchalik kuchliki, yillar ichida emas, balki oylar ichida o`zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalari va uning texnik, dasturiy ta`minotini yangi variantlari paydo bo`lishi bu sohadagi xizmat qilish usulini tubdan o`zgartirishni talab etadi. Eslab ko`ring1, kerakli ma`lumotni tahrirlash, xotiraga yozish, qayta ishlash usullarni amalga oshirish yoki bir masalani kompyuterda yechib, natija olish uchun algoritmlarni, dasturlash tillari va ishlash muhitini bilishni talab qilar edi. Bunday ma`lumotga ishlov berish usullarini faqat mutaxassislargina amalga oshirishni bilardilar. Ammo hozirgi jamiyatni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Har bir soha borki, ishlab chiqarishdan to ta`lim muassasalari, fermerlikkacha axborot texnologiyalari qolaversa, kompyuter texnikasining imkoniyatidan foydalanib kelinmoqda. Kompyuterlardan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko`payishi jamiyat oldida ma`lum qiyinchiliklarni tug`dirmoqda. Respublikamizda kompyuter savodxonligini oshirish, jamiyatda kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish jarayonining ijobiy kechishi uchun hukumatimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2001 -yil Oliy Majlisning V sessiyasida so`zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, umumiy o`rta ta`lim maktablari, o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta`lim muassasalari o`quv jarayoniga jadallik bilan olib kirish g`oyasi ilgari surilgan2.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23 maydagi «2001-2005- yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta`minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 230-sonli3, 2002 -yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida»gi Prezident Farmoni, mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6 iyundagi «2002-2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to`g`risidagi Qarori e`lon qilindi4. Ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida «2008-2012- yillarda uzluksiz ta`lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta`lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko`tarish dasturi»ning 1.7-bandida «Uzluksiz ta`lim tizimi o`quv-laboratoriya va informatika xonalaridan samarali foydalanishni baholash mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish», 2.9-bandida «Axborot texnologiyalari va kompyuterlar asosida ta`lim olishning o`quv–metodik majmualarini yaratish va amalga tadbiq qilish», 3.4-bandida «Fanlar bo`yicha virtual laboratoriyalar tashkil etish» hamda 6.14-bandida «Ta`lim sifati ko`rsatkichlari va mezonlarini takomillashtirish, ta`lim sifatini hamda o`quvchi-talabalar bilimini baholashning avtomatlashtirilgan nazorat va boshqaruv tizimini yaratish» kabi ta`lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko`tarish vazifalari qo`yilgandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 -yil 2 iyundagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida»gi PQ-91-sonli, 2005-yil 8 iyuldagi «Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-117-sonli, 2005-yil 28 sentyabrdagi «O`zbekiston Respublikasi jamoat ta`lim axborot tarmog`ini yaratish to`g`risida»gi PQ-191-sonli Qarorlaridan ko`zda tutilgan asosiy vazifa aholining kompyuter savodxonligini oshirish hisoblanadi. Ushbu masalani hal etish uchun maktab, litsey, kasb - hunar kollejlari hamda oliy o`quv yurtlarida kompyuter va axborot texnologiyalari bilan ishlashga o`rgatish keng ko`lamda yo`lga qo`yilmoqda. Buning uchun, avvalo, bilim dargohlari zamonaviy kompyuter texnikalarga ega maxsus xonalar bilan bir qatorda “Inforomatika va axborot texnologiyalari” faniga bo`lgan talab ham ortmoqda.
Axborot texnologiyasi - bu aniq texnik va dasturiy vositalarining majmui bo`lib, ular yordamida ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan turli xildagi masalalarni hal etamiz. Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya`ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish va boshqarish bilan bog`liq bo`lgan yagona sohadir.
"Axborot texnologiyalari" iborasidagi "texnologiya" so`zi lotincha "thexnos" - san`at, hunar, ustalik, soha va "logos" - fan degan ma`noni bildiradi. Texnikada yoki ishlab chiqarishda "texnologiya" deganda ma`lum kerakli xom ashyodan tayyor mahsulotni hosil qilish uchun uslubar, metodlar va vositalar yig`indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob`yektining dastlabki, boshlang`ich holatini o`zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun undan turli texnologiyalar orqali non, bo`g`irsoq, tort va boshqa unli mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang`ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma`nosi saqlanib qoladi. Faqat unga "axborot" so`zini qo`shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiya - bu sun`iy ob`yektlarni yaratishga yo`naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo`nalishda borishini ta`minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu esa tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o`zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta`riflash mumkin.

Yüklə 267,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin