Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.
1. Elektron jadval protsessorlarining asosiy tushunchalari va ishlash tamoyillari Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan hisoblash va iqtisodiy masalalarni yechishda, jumladan, berilganlarni tez o’zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlashda kabi keng ko’lamli masalalarni yechishda qo’llaniladigan o’ta quvvatli vosita hisoblanadi.
Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Vikicalk (Vikiblencalculatork – ko’rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Artk firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko’p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlangan. 1981 yil IBM PC kompyuteri paydo bo’lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Vikicalk va Kupercalk dasturlarining yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi, shu bilan birga Microsoft – Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo’ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining erkin yulduziga aylandi.
Hisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarning paydo bo’lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo’ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o’z sinfida eng quvvatli dastur hisoblanadi.
Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingizni natijasini bezash, ko’rgazmaliroq ko’rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda Win Word dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanish mumkin. Excelning ommaviy imkoniyatlarini o’zlashtirish qiyin emas ammo, dasturning murakkabligi va imkoniyatlarning juda kengligi sababli, ular bilan tanishish uzoq vaqt davom etishi mumkin, binobarin aynan ish jarayonida uning yangi – yangi imkoniyatlarini ko’chirish mumkin.
Ishchi varag’i. Ishchi varag’i bilan ishlashning asosiy usullari va tavsifi.
1. Ishchi varag’i – axborotlarni saqlash va qayta ishlab chiqish uchun mo’ljallangan bo’lib, ustun va satrlarga biriktirilgan katakchalar majmuidir. Har bir katakcha o’z nomiga ega ishchi varag’i ustun va satrlar kesishishi orqali topiladigan nomlari bilan beriladi.
MICROSOFT EXCELdagi barcha ma'lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib, bunda jadval yachеykalarining (xonalarining) ma'lum qismiga boshlang‘ich va birlamchi ma'lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har hil arifmеtik amallar va boshlang‘ich ma'lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo‘lgan axborotlardir. Elektron jadvallar – jadval shaklida berilgan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturiy vositalardir. Elektron jadvallar ikki o‘lchovli massivlar (ko‘pincha ish varaqlari deb ataladi) bo‘lib, ustunlar va satrlardan tarkib topgan. Elektron jadvallar loyihalashtiruvchi dasturiy vositalarni jadval protsessorlari deb ham ataladi. Ular faqatgina jadvallar yaratibgina qolmay balki jadvaldagi ma’lumotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari elektron jadvallar yordamida turli iqtisodiy buxgalterlik va injenerlik hisob-kitoblarini bajarish, turli ko‘rinishishdagi diagrammalarni ko‘rish, murakkab iqtisodiy tahlil o‘tkazish, turli xo‘jalik vaziyatlarini modellashtirish va optimal yechimini topish mumkin va x.k.
Jadval protsessorlarining funksiyalari turli tumandir:- elektron jadvallarni yaratish va taxrir qilish;- elektron jadvallarni bezash va chop etish;
- formulalar orqali bolangan ko‘p jadvalli funksiyalar yaratish;
- diagrammalarni ko‘rish, ularni o‘zgartirish va iqtisodiy masalalarni grafik usullarda yechish;
- elektron jadvallar bilan ma’lumot bazasi kabi ishlash jadvallarni saralash, ma’lumot larni so‘rovga muvofiq tanlash;
- jamlovchi va yakuniy jadvallar yaratish;
- jadvallar ko‘rinishida tashqi ma’lumot bazasi ma’lumot laridan foydalanish;
- «nima-agar» ko‘rinishidagi iqtisodiy masalalarning parametrlarini birma-bir tanlash yo‘li bilan yechish;
- optimizatsiya masalalarini yechish
- ma’lumotlarni statistik qayta ishlash;
- slayd-shou yaratish;
-makrokomandalar yaratish, ishlash muhitini foydalanuvchi ehtiyojiga moslashtirish va x.k.
Elеktron jadval yachеykalariga uch hil ma'lumotlarni kiritish mumkin:
— matnli;
— sonli ifodalar;
— formulalar.
Matnli ma'lumotlar sarlavha, bеlgi, izoxlarni o‘z ichiga oladi. Sonli ifodalar bеvosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir. Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo‘yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.
Formulalar har doim «=» bеlgisini quyish bilan boshlanadi. Formula yachеykaga kiritilgandan kеyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yachеykada hosil bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki bеlgilardan biri o‘zgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma'lumotlar bo‘yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib bеradi.
EXCELning asosiy ishlov bеrish ob'еkti hujjatlar (dokumеntlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari (dokumеntlari) ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kеngaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» dеb ataladi. Ular bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elеktron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» dеb ataladi. Ular bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elеmеntlaridan biri ishchi varaq, ya'ni elеktron jadval hisoblanadi.
Elеktron jadvalning asosiy elеmеntlari esa yachеyka va diapazonlardir.
Yachеyka — bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kеsishmasi oralig‘ida joylashgan elеmеntdir. Yachеyka kеsishmalarida hosil bo‘lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kеsishmasida joylashgan yachеyka — A4 dеb nom oladi. Yachеykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir nеcha yachеykalardan tashkil topgan guruh diapazon dеb ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan yachеykalarning chap yuqori va o‘ng quyi yachеykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4. Ishchi jadvallarni ko‘rib chiqishda yoki yachеykalarni bichimlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lеkin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muhimdir.