Мавзу: Билиш ва илмий билиш



Yüklə 50,5 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü50,5 Kb.
#38083
Reja Bilishning falsafiy mazmuni va genezesi. Gnoseologiya va e


Mavzu: Bilish va ilmiy bilish.

Reja:


  1. Bilishning falsafiy mazmuni va genezesi. Gnoseologiya va epistemologiya, agnostitsizm tushunchalari.

  2. Bilish shakllari. Xissiy va aqliy bilish.

  3. Ilmiy bilish va uning usullari.

  4. Xaqiqat va uning shakllari. Amaliyot va uning shakllari.

Inson o’z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, ya’ni tabiat va

jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o’zining ruhiy – ma’naviy dunyosini ham bilib boradi.

Bilish – moddiy va ma’naviy borliqning inson miyasidagi

muayyan maqsadga qaratilgan fa ol aks etishidir. Aniq fanlar dunyoni turli tomonlarini ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o’rganadi va ochib beradi. Falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini, qonuniyatlarini va xususiyatlarini o’rganadi va ochib beradi.

Bu to’g’rida turli qarashlar mavjud. D.Yum bilishning manbai sub’yektiv sezgi va idroklarimiz biz o’z sezgi va idroklarimiz chegarasidan tashqarida nima borligini bila olmaymiz.

I.Kant – ob’yektiv borliqni tan olib, u predmet va hodisalarni «narsalar o’zida»ga bo’ladi. «Narsalar biz uchun»ni inson biladi, bu insonni qurshab turgan hodisalar, narsalar.

«Narsalar o’zida»ni inson bila olmaydi. Bu erkinlik, o’lmaslik, xudo va shu kabilar. Kant bilish nazariyasini birinchi bo’lib falsafiy muammo sifatida, har tomonlama qarab chiqqan faylasufdir.

V .Gegelь (Hegelь) – inson bilishini mutloq ruhning inson qiyofasida o’z – o’zini anglashidir deydi.

L.Feyyerbax – dunyo insondan va uning ongidan tashqarida mavjud, inson bilish tabiatning uning sezgilari va tafakkuridagi to’g’ri in’ikosdir deydi.

Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Navoiy – inson tabiat va jamiyatni hamda o’zini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi. Inson aqli – faol, u bilishning asosiy qurolidir. Ular inson bilishi ma’lum narsalardan noma’lum narsalar tomon rivojlanib boradi deb ko’rsatadi.

Ingliz F.Bekon ( XVII – XVIII asr) – inson bilishi sezgilardan boshlanadi, bilishning manbai tajribadir. Fr. Dekart – birdan – bir to’g’ri bilish – tafakkurdir. Fr. Didro, Gelьbax, Gelьvetsiy, Volьter, Lametri – sezgilar tafakkurning asosidir, quyi bosqichidir. Tafakkur esa eng yuqori bosqichidir.

Ilmiy bilish – oddiy bilishdan farq qilib, u borliqdagi predmet va hodisalarning qonuniyalarini, uning mohiyatini bilishdir.

Hissiy bilish – insonning his qilishi, sezgi a’zolari orqali predmet, hodisalari, ularning tashqi tomonlarini, belgi va xususiyatlari bilishdir. Bu bilish xayvonlarga ham xos va farq ham qiladi.

Mantiqiy bilish – insonning predmet va hodisalarni tafakkur orqali umumlashtirib, mavxumlashtirib, konkretlashtirib, ularni fikrda bilishdir. Induktiv bilish – o’z tabiatiga ko’ra, hech bir bevosita hissiy idroksiz va mantiqiy muhokamasiz biror bir yangi tasavvurlar yoki yangi fikr ning birdaniga, kutilmaganda tug’ilishidir.

G’oyibona bilish – kishi uzoq masofadan turib sodir bo’lgan yoki sodir bo’ladigan hodisa va voqeani bilishi, his qilishidi. Hozirgi uch mexanizmni fanga ma’lum emas.

Ijtimoiy bilish – insonning jamiyat va uning qonunlarini bilishidir.

«Gnoseologiya» grekcha so’z bo’lib «gnosis» - bilish, «Iogos» - nazariya, ya’ni bilish nazariyasi, bilish to’g’risidagi ta’limot ma ’ьnolarini anglatadi. «Gnoseologiya» atamasi falsafaga nisbatan yaqinda (1854 yilda), shotland faylasufi J. Ferer tomonidan kiritilgan bo’lsa-da, biroq u to’g’ridagi bilimlar Zardo’sht, Suqrot, A flotuьn va Aristotelь davrlaridayoq shakllana boshlagan edi.

Agar gnoseologiya umuman bilish haqidagi ilm bo’lsa, epistemologiya asosan ilmiy bilish to’g’risidagi fandir.

Gnoseologiya va ontologiya uzviy bog’liq. Ontologiya borliq to’g’risidagi umumiy ta’limot, borliqьning fundameьntal asoslarini, umumiy mohiyatini va mavjudlik kategoriyalarini o’rganuvchi falsafaning bo’lii sifatida gnoseologiya masalalari uchun asos, ma nba bo’lib hisoblanadi.

Falsafa tarixida bu borada ikki xil pozitsiya paydo bo’lgan: ola mni bilish mumkin (gnostitsizm) va bilish mumkin emas (agnostitsizm).

Umuman olganda agnostitsizmning o’ziga xos xususiyatlari nimadan iborat? Uning belgilovchi xususiyati qanday? Ba’zi olimlar agnostitsizm uchun olamni mutlaqo bilish mumkin emasligi to’g’risidagi fikr xarakterli, deya ta’kidlaydilar. Ko’pgina o’quv qo’llanmalarda «agnostitsizmning asosiy tezisi – bilish mumkin emasligi», deya ta’kidlagan. A gar shunday bo’lsa I.Kant, I.Myuller, G.Gelьmogolьs, A.Puankare, T.Geksli, K.Pirson yoki G.Bashlyar kabi olimlarning agnostik fikrlariga nisbatan qanday qarash kerak. Bizningcha, ulardagi agnostitsizmni umumnazariy ma’noda tushunish mumkin. Aga r biz o’z asarlarida agnostitsizmga moyil bo’lgan faylasuflar ijodining haqiqiy mag’zini chaqa olmasak, ularning «bilish mumkin emas», degan fikri ostida bilishni butunlay inkor etmaslikdan tortib, inson bilimi cheklanganligi, olam va uni bilishning cheksizligi to’g’risidagi qarashlarni to’g’ri anglay olmasak, masalaning mohiyati noaniqligicha qolaveradi. Bir o’ylab ko’raylik, nahotki o’z avrining eng zukko va bilimdon faylasufi I.Kant «Olamni mutlaqo bilib bo’lmaydi, bunga intilishning keragi yo’q!» qabilidagi dogmaga yopishib olgan bo’lsa. Yo’q, Kant inson oqil, aqlli jonzot ekanligiga, u olamni bilishi mumkinligiga sira shubha qilmagan. Ammo bu bilimning chegarasi qanday, olamni qay darajada bilish mumkin, degan masalada keng qamrovli tad qiqotlar olib borgan. Shu tariqa «Narsa o’zida» deb atagan dunyoni bilishning ko’p jihatlarini o’rgangan, ko’plab qimmatli falsafiy xulosalarga kelgan. Hozirgacha bu sohaga kirishgan mutaxassislarning Kantga murojaat qilishi, uning ijodini chetlab o’ta olmasligining siri ana shunda.

Inson sezgi a’zolari taraqqiyoti, bir tomondan, organik olam evolyutsiyasi, boshqa tomondan esa, ijtimoiy taraqqiyot natijasi hisoblanadi.

Agar tashqi dunyoni aks ettirishning faqat fiziologik mexanizmlari nazarda tutilsa, unda insonga xos sezgi a’zolarini bu borada eng rivojlangan a’zolar, deb atash qiyin. Masalan, chumolilar magnit maydonini bevosita sezishadi va unga qarab harakatlanishadi yoki shaqildoq ilon keng diapazondagi infraqizil nurlarni his qiladi va h.k.

Hissiy bilishning uchta shakli mavjud: sezgi idrok, tasavvur. Sezgi predmetning alohida xususiyatiga, idrok predmetning bir butun xususiyatlari sistemasiga mos keladi. Masalan, biron bir meva ta’mini sezish bir butunlikda idrok etishga olib keladi. Sezgilar idrokdan tashqarida mavjud bo’lishi mumkin (masalan, sovuqni, qorong’ulikni sezish), biroq idrok sezgilarsiz bo’lishi mumkin emas. Idrokning gnoseologik zamini bo’lgan va mustaqil holda namoyon bo’lishiga qodir sezgilar baribir bir butun idrokning bir bo’lagi, qismi sifatida mavjud bo’ladi. Shuning uchun idrok tashqi predmetning obrazi bo’lsa, sezgilarga obrazlilikning u yoki budarajasi xos bo’lishi zarur. To’liqroq obraz, tabiiyki, idrokda bo’ladi, chunki idrok insonning tashqi muhitga faol munosabatining natijasidir. Amaliy faoliyatda alohida sezgilar muhim ahamiyatga ega. Biron – bir narsaning rangining individ tomonidan uni o’zi bilan o’zaro bog’liqligini anglanishi, masalan, bolaning dunyoni o’rganishda qo’llarining muayyan narsa sirti bo’ylab harakatlanishi tufayli shakllanadi. Bunda ko’zning bevosita faoliyati bo’lib tuyulgan, biroq endi sub’yektdan ma’lum masofada joylashgan narsa bilan bog’liq holda idrok etilayotgaьn rangni sezish holati sodir bo’ladi. Ob’yekt strukturasi to’g’risida aXborot beruvchi boshqa sezgilar ham ushbu holda ko’rish bilaьn birgalikda faoliyat yuritadi. O’z xarakteriga ko’ra idrok ob’yektga nisbatan izomorf holatini ifodalaydi.

Shunday qilib, sezgilar va idrok tashqi dunyoni hissiy aks ettirish shakllaridir, ularning bilish imkoniyatlari tur licha. Ularning qayd etilgan barcha tomonlari va xususiyatlari hissiy in’ikosning uchinchi shakli – tasavvurga ham tegishlidir, zero tasavvur ularga asoslanadi.

Tasavvurdagi asosiy o’ziga xoslik unda in’ikos ettirilayotgan narsa yoki hodisa bilan bevosita bog’liqlikning yo’qligidir. Tasavvur mohiyatan idrok orqali, narsaning yaxlit obrazi tarzida, mavjud vaziyatdan uzilgan, bir oz umumlashgan, idrokka nisbatan o’ziga xos, ko’proq umumiy belgbi va jihatlar ifodalanadigan in’ikos shaklidir.

Kishilarda voqelikni abstrakt – fikriy aks ettira oladigan qobiliyat asosida paydo bo’ladigan hamda rivojlanadigan in’ikosning dastlabki va yetakchi shakli tushunchadir. Bilish jarayonida tushunchaning asosiy vazifalaridan biri shuki, u ma’lum guruhlardagi narsalarni ba’zan ma’lum, umumiy, muhim belgilariga ko’ra umumlashgan holda ajratib aks edi. Unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: tushuncha abstrakt tafakkur shakli (yoki turi) sifatida ba’zi narsalarni umumlashtirish va shu narsalar uchun umumiy bo’lgan belgilar yig’indisini fikraьn ajratish natijasidir.

Insonning abstrakt-fikrlash qobiliyati tushunchalar bilan birga voqelikni aqliy o’zlashtirishning boshqa shakllarini ham o’z ichiga oladi. Klassik formal mantiq fa niga ko’ra, tafakkurning muhokama yuritish (hukm) va xulosa chiqarish shakllari ham borligi ma’lum. Hukm – fikrning shunday shakliki, uning yordamida tushunchalarning haqiqatga mosligi tasdiqlanadi yoki inkor etiladi.

Xulosa. Tushunchalar va hukmlar asosida xulosa shakllanadi. Xulosa shunday muhokama yuritishki, uning yordamida mantiqan yangi hukm hosil qilinadi.

Tafakkur va ilmiy bilish usullari deganda, inson fikr yuritishi jarayonida ilmiy bilishning barcha sohalari va istagan bosqichida foydalaniladigan umumiy va gnoseolgik operatsiyalar tushuniladi.

Kuzatish empirik bilishning boshlang’ich uslubidir. Kuzatish – asosan insonning sezgi, idrok, tasavvuridan iborat hissiy qobiliyatlari asosida narsalarni maqsadli o’rganishdan iborat, kuztish davomida biz o’rganilayotgan ob’yektning tashqi jihatlari, xossa va belgilari to’g’risida bilim hosil qilamiz.

Analiz tafakkurning shunday usuliki, u o’rganilayotgan ob’yektni mustaqil o’rganishda qismlarga, tomonlarga bo’lish asosida alohida tahlil qilish bilan bog’liqdir. Sintez, aksincha, ilgari ajratilgan bo’laklarni birlashtirish usuli bo’lib, uning yordamida muhim aloqa va munosabatlar aniqlangach, qismlari analiz uchun ajratilgan bo’laklar bir butun holatga birlashtiriladi. A naliz va sintezning o’zaro bog’liq tadqiqot usullari har bir fan sohasida konkretlashtiriladi.

Abstraklashtirish bizni qiziqtirgan aniq narsa yoki hodisalarga xos belgilar, xossa-xususiyatlar va munosabatlarni fikran ajratish, tabaqalashtirish jarayonidir. Shu bilan birga, u ushbu jihatdan uncha muhim bo’lmagan belgi, xossa va munosabatlardan muhimini ajratib olish hamdir.

Ideallashtirish garchi abstraktlashtirishning bir turi bo’lsada, bilishning nisbatan mustaqil usulidir. Matematikada «nuqta», «chiziq» yoki fizikada «ideal gaz» kabi tushunchalar ideallashtirish natijalari bo’lib hisoblanadi. Idea lla shtirish jarayonida narsaning real xossalaridan imkon qadar uzoqlashiladi. Ideal ob’yekt deb ataluvchi narsa hosil qiliьnadi, uning yordamida real ob’yektlarni bilish uchun nazariy tafakkurdan foydalaniladi. Masalan, moddiy nuqta tushunchasi haqiqatda bironta ham ob’yektgba mos kelmaydi. Biroq, ideal ob’yekt bilan ishlayotganda biron bir mexanik qurilma (snaryad), sun’iy yo’ldosh, +uyosh tizimi sayyorasi kabi real ob’yektlarni nazariy tushuntirish va ular tabiatini taxmin qilish imkoniyatiga ega bo’linadi.

Induksiya tajribaviy fanlar uchun tadqiqot usuli hisoblanadi. Ushbu usuldan foydalanganda fikr juz’iy, a lohida bilimdan, fakt – ma’lumotlarni bilishdan umumiylikni, qonunlarni bilish tomon harakatlanadi. Induksiya asosida induktiv xulosalar yotadi. Ular muammoli bo’lib, to’liq va ishonchli bilimni bermaydi. Bunday xulosalar go’yoki fikrni umumiy qonuniyatlarni ochishga tomon yo’l boshlaydi.

Deduksiya gnoseologik mazmuniga ko’ra, induksiya usulining aksidir. Deduktiv xulosada fikr rivoji umumiy bilimdan xususiy bilim tomon yo’nalgan bo’ladi. «Deduksiya» maxsus ter min sifatida ma ntiq qoidalariga binoan mantiqiy xulosalar hosil qilish jarayonini anglatadi. Induksiyadan farqli deduktiv xulosalar agar asoslarda bunday bilim mavjud bo’lsa, ishonchli bilim beradi.

Analogiyada ob’yektlarning ba’zi belgilari, xossalari va munosabatlaridagi o’xshashlikdan, ularni boshqa narsa yoki munosabatlarga o’xshashligi to’g’risidagi fikr ilgari suriladi. Analogiya bo’yicha hosil bo’lgan xulosa ham induksiyadagiday muammoli bo’lib, keyinchalik asoslab berish va tekshirishni talab qiladi.

Modellashtirish o’zining murakkab kompleks xarakteriga ko’ra, tadqiqot usullaridan ko’ra uslublariga ko’proq mansubdir. U shunday tadqiqot uslubiki, unda tadqiqotchini qiziqtirgan ob’yekt shuьnga o’xshash boshqa ob’yekt bilan almashtiriladi. Bunda birinchi ob’yekt orginal, ikkinchisi esa model hisoblanadi. Keyinchalik modelni o’rganish tufayli olingan bilimlar a nalogiya asosida orginalga (asl ob’yektga) ko’chiriladi. Modellashtirish asl ob’yektni o’rganishning iloji bo’lmagan yoki bunda o’ta katta xarajatlar talab etilgan yoxud vaziyat qaltisligi bois bevosita o’rganish qiyin bo’lgan hollarda qo’llaniladi.

Eksperiment hodisalarni o’rganishda fanning muayyan maqsadga yo’naltirilgan uslubi bo’lib, bu uslub yordamida hodisalar sodir bo’lishi aьniq qayd etilgan sharoitlarda, tadqiqotchi tomonidan qayta hosil qilinishi va nazorat qilinishi mumkin. Eksperimentning kuzatishga nisbatan bir qator afzalliklari bor. Masalan, eksperiment davomida o’rganilayotgan hodisa kuzatilibgina qolmasdan, tadqiqotchi ixtiyoriga bog’liq ravishda qayta tiklanishi ham mumkin yoki u orqali tabiiy sharoitda kuzatish mumkin blmagan hodisalarga xos xossalarni aniqlash ham mumkin. Bu usul o’rganilayotgan hodisani murakkablashtiruvchi holatlarni farqli tarzda, uni maqbul ko’rnishda o’rganish imkonini beradi.

Eksperimentning quyidagi turlari bor: 1) tadqiqot yoki izlab topish eksperimenti; 2) tekshiruvchi yoki nazorat eksperimenti; 3) qayta xosil qiluvchi; 4) ajratuvchi; 5) miqdoriy yoki sifatiy; 6) fizik, kimyoviy, biologik, sotsial eksperiment.

Metodolgiyada «gipoteza» atamasi ikki ma’noda ishlatiladi: bilimning mavjudlik shakli sifatida muammolilik, ishonchsizlikni ifodalaydi yoki g’oyalarni tushuntirib beruvchi, shakllantiruvchi va asoslovchi metod sifatida qonun, prinsip va naza riyalarni o’rnatishga eltuvchi yo’ldir.

Gipoteza metodi yangi qonunlar, prinsiplarni ochish va nazariyalarni yaratish jarayonida ilmiy tadqiotning ijodiy xarakterini namoyish qiladi.

Ijtimoiy bilish haqida so’z borar ekan, eng avvalo, masalaning ikki jihatiga e’tibor qaratish kerak: a) har qanday bilish jamiyatda paydo bo’ladi, shakllanadi va ma’naviy – madaniy asoslarga tayanadi. Bu har qanday bilim ijtimoiydir, u insonning odamlar orasidagi faoliyati bilan bog’liq, degan ma’noni anglatadi; b) ijtimoiy bilish inson faoliyati shakllaridan biridir, ya’ni jamiyatni, ijtimoiy jarayoьn va hodisalarni bilishdir.

Falsafa tarixida, umuman falsafada haqiqatni tushunishda turli xil yondashuvlar mavjud. Ya’ni «haqiqat – bilimlarning tajribada isoblanganligi». «Haqiqat - bilimlarning voqelikka mosligi». «Haqiqat – bilimning foydalanganligi, uning samaradorligi» va hokazo.

Haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir, degan dastlabki xulosa haqiqatning klassik konsepsiyasiga xos asosiy fikrdir. Bizningcha, bu haqiqatning konsepsiyalari orasida eng qadimiysi bo’lib, haqiqatni nazariy tadqiq etish aynan undan boshlangan, deyish mumkin. Haqiqatni bunday tarzda dastlabki o’rganish Aflotun va Aristotelь tomonidan amalga oshirilgan edi. Xorazmiy va Forobiy, Beruniy va Ibn Sino, F. Akvinskiy va P.Golьbax, G.Gegelь v a L. Feyyerbaxlar, shuningdek XX asrning ko’plab faylasuflari ham haqiqatning ushbu klassik konsepsiyasiga qo’shilishgan. Uni agnostiklar ham inkor etmaganlar. Bu fikr tarafdorlari orasida metafiziklar ham, dialektiklar ham bor.

Haqiqat ob’yektiv bo’lishi bilan birga konkret hamdir. Uning konkretligi – bilimlarning narsa va hodisalarga tegishli bo’lgan aloqa va munosabatlarga bog’liqligi, ular mavjud bo’ladigan, rivojlanadigan sharoit, joy va vaqt bilan uzviy aloqadorligidir. Konkretlilik tamoyilini yuqoridagi atomistik gipoteza misolida ham ko’rish mumkin. Yoki ko’p marta misol qilib keltiriladigan «Suv 100 gradusda qaynaydi» degan fikr normal atmosfera bosimida (simob ustuni 760 mm. bo’lganda) to’g’ri va aks holda noto’g’ridir. Sotsial bilish sohasida bunga misollar nihoyatda ko’p. Insoniyat tarixining biron bir davri, jamiyat yoki davlatda to’g’ri bo’lgan islohot yoki ijtimoiy o’zgartirish boshqa davr yoki davlatda ish bermasligi mumkin. Xuddi shuning uchun «Taraqqiyotning o’zbek modeli» bizning mamlakatimiz realligiga mos keladigan usul sifatida qaraladi. Xolbuki, o’zga mamlakatlar ham o’tish davrini boshidan kechirgan, ammo ularning tajribasini bizga to’la ko’chirib bo’lmas edi. Ana shu sababdan ushbu o’zimizga xos va mos model ishlab chiqilgan. U hozirgi davrni ifodalaydigan model bo’lib, dogma emas, balki taraqqiyot davomida rivojlanib boradi.

Amaliyot insonning olam bilan ongli, ijodiy aloqasidan iborat faolligidir

Amaliyotning quyidagi shakllari mavjud: ijtimoiy ishlab chiqarish (sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, iste’mol mollari ishlab chiqarish); ijtimoiy – siyosiy (davlatning qaror topishi, partiyalar vujudga kelishi, sotsial-strukturaviy o’zgarishlar, boshqaruv organlari, ijtimoiy harakatlar, urushlar va boshqalar); ilmiy eksperiment o’rganilayotgan ob’yektni maqsadli o’rganish maqsadidagi (sotsial eksperiment, fizik, ximik, genetik va boshqa eksperimentlar); vrachlik yoki tibbiyot (xirurgik, terapevtik, stomatologik va boshqalar); oilaviy – maishiy, kundalik turmush, xo’jalik (uy-joy qurilishi va ta’mirlash, bog’dorchilik, polizchilik, oziq-ovqat tayyorlash va boshqalar). Amaliyotning bu shakllari inson hayotining muhim sohalarini qamrab olganligi uchun zaruriydir, bular qatorida bolalarning o’yin amaliyoti; qotillarning asotsial amaliyoti; sport amaliyoti kabilar ham bor.

A D A B I Yo T L A R


Karimov I.A. Ko’p jildlik asarlar to’plami.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: «O’zbekiston», 2003 y.

Yo’ldoshev S. va boshqalar. Yangi va eng yangi davr G’arbiy Yevropa falsafasi (XVII – XX asrlar). T.: «Sharq», 2002 y.

Abilov O’. O’zbekiston taraqqiyotining optimistik ruhi. T.: «Istiqlol» 2003 y.

Falsafa. Qomusiy lug’at. T.: «Sharq», 2004 y.

Ergashev I. Siyosat falsafasi. T.: «Akademiya», 2004 y.

Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. T.: 2004 y.

Falsafa asoslari. T.: «Sharq», 2005 y.

Qodirov A. Siyosat falsafasi. T.: 2005 y.

Norqulov D.T. Vaqt va inson T.: «Falsafa va huquq», 2006 y.

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy – ma’rifiy asoslari. T.: «Toshkent Islom Universiteti», 2005 y.

Saifnazarov I. i drugiye. Filosofiya. T.: 2005 y.

Erkin va farovon hayotni yuksak ma’naviyatsiz qurib bo’lmaydi. T. «O’zbekiston», 2006 y.

Safarova N. Terrorizm: manbalar, maqsadi globallashuv jarayoni. (tarixiy - falsafiy tahlil) T.: «Fan», 2006 y.



15. Djalilov I. Oni stoyali u istokov filosofskix i yuridicheskix

nauk v Uzbekistane. Almato’, 2006 y
Yüklə 50,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin