Mavzu: bilvosita o'lchash xatoliklari bevosita o'lchash xatoliklari


Muntazam xatoliklar va ularni kamaytirish usullari. Additiv va



Yüklə 13,29 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü13,29 Kb.
#200469
1   2
Bahodirova G

Muntazam xatoliklar va ularni kamaytirish usullari. Additiv va
mulbtiplikativ xatoliklar.
Umuman, muntazam xatolikni yo’qotish yo’li bir aniq ishlab chiqilmagan.
Lekin, shunga qaramay, muntazam xatolikni kamaytirishni ba’zi bir usullari mavjud.
Xatoliklar chegarasini nazariy jihatdan baholash, bu uslub o’lchash uslubini,
o’lchash vositalarining xarakteristikalarini, o’lchash tenglamasini va o’lchash
sharoitlarini analiz qilishga asoslanadi. Masalan: o’lchash asbobining parametrlari
yoki tekshirilayotgan zanjirning ish rejimini bilgan holda biz uning tuzatmasini
(xatoligi) topishimiz mumkin. Xatolik, bunda, asbobning iste’mol qiluvchi
quvvatidan, o’lchanayotgan kuchlanishning chastotasini oshishidan hosil bo’lishi
mumkin.
Xatolikni o’lchash natijalari bo’yicha baholash. Bunda o’lchash natijalari har
xil printsipdagi usul va o’lchash apparaturasidan (vositalaridan) olinadi. O’lchash
natijalari orasidagi farq - muntazam xatolikni xarakterlaydi. Bu uslub yuqori
aniqlikdagi o’lchashlarda ishlatiladi.
Har xil xarakteristikaga ega bo’lgan, lekin bir xil fizikaviy printsipda
ishlaydigan apparatura yordamida o’lchash usuli. Bunda o’lchash ko’p marotaba
takrorlanib, o’lchash natijalari muntazam statistika usuli yordamida ham
ishlanadi.
O’lchash apparaturasini ishlatishdan oldin sinovdan o’tkazish. Bu usul
ham aniq o’lchashlarda ishlatiladi.
Muntazam xatoliklarni keltirib chikaruvchi sabablarni yo’qotish yo’li.
Masalan: tashqi muhit temperaturasi o’zgarmas qilib saqlansa, o’lchash vositasini
tashqi maydon ta’siridan himoyalash maqsadida ekranlashtirilsa, manba kuchlanishi
turg’unlashtirilsa (stabillashtirilsa) va h.k.
Muntazam xatolikni yo’qotishning maxsus usulini qo’llash: o’rin almashlash
(o’rindoshlik), differentsial usuli, simmetrik kuzatishlardagi xatoliklarni
kompensatsiyalash usuli.
O’lchash vositalarining absolyut xatoligi o’lchanadigan kattalikning
o’zgarishiga bog’liq, shuning uchun ham absolyut xatolik ifodasi ikki tashkil
etuvchidan iborat deb qaraladi. Masalan: absolyut xatolikning maksimal qiymati
quyidagicha ifodalanadi:
Yüklə 13,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin