BINO VA INSHOOTLAR KONSTRUKSIYASI
HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
Bobning mazmuni. Mazkur bobda bino va inshootlar kategoriyalari,
vazifalari hamda xususiyatlari to ‘g ‘risida tegishli axborotlarkeltirilgan.
Shu bilan birga binoning konstruktiv elementlari to ‘g ‘risida
tushunehalar berilgan.
Fuqaro va sanoat binolari hamda inshootlari ko'rinishlari, fazoviy ko'rsatkichlari, vazifalari va ularga qo'yilgan talablar bo'yicha m a’lum ta’rif va
tushunchalarga ega. Quyida shu masalani sodda va tushunarli ko‘rinishda
ifodalash uchun tegishli ta’riflar va tushunehalar keltirilgan.
BINO — kishilaming biror ish faoliyatiga moMjallangan va moslashtirilgan, ichki fazoga-bo‘shliqqa ega bo'lgan yer usti inshooti.
INSHOOT — jamiyatning moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarini
qondirish uchun kishilar tomonidan bunyod etilgan barcha qurilmalar.
MUHANDISLIK INSHOOTLARI — amaliy ish faoliyatida foydalaniladigan, binolarga aloqasi bo'lmagan inshootlar: to'g'onlar, ko'prikiar,
televizion minora, tunellar, metropoliten, turli mahsulotlami saqlaydigan
katta hajmdagi idishlar va boshq.
Binolar quyidagi qismlardan tashkil topishi mumkin:
Hajmiy eiementlar, ya’ni bino hajmining yirik qismlari (alohida
xonalar, sanitariya kabinalari va h.k.).
Konstruktiv eiementlar, ya’ni bino tuzilishini belgilovchi asosiy
qismlar (poydevorlar, devorlar, to'sinlar, qavatlararo yopmalar, yopmalar,
tomlar va boshq.).
Qurilish ashyolari, ya’ni konstruktiv elementni tashkil etuvchi,
nisbatan kichik qismlar (g'isht, beton, oyna, po'lat, armatura va boshq.).
BINOLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
Binolar quyidagi ko'rsatkichlarga binoan bir-biridan farq qiladilar:
Vazifasiga muvofiqligi, ya’ni bino qaysi jarayon (maqsad)ga mo'ljallangan bo'lsa, u shu jarayon talabiga to'liq javob berishi kerak (yashash
uchun, mehnat qilish uchun qulay, dam olishga moslashgan va h.k.).
Dostları ilə paylaş: |