Mavzu: Biogen elementlar kimyosi. Organizmning biogen elementlari va zaharli elementlar. Ajratilgan vaqt 3s. Texnologik xarita


d- Elementlar. Ularning birikmalarini tibbiyotdagi ahamiyati va qo’llanishi



Yüklə 138 Kb.
səhifə6/11
tarix25.10.2022
ölçüsü138 Kb.
#66173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Biogen elementlar kimyosi. Organizmning biogen elementlar-fayllar.org

d- Elementlar. Ularning birikmalarini tibbiyotdagi ahamiyati va qo’llanishi
Tashqi elektron qavatida 1ta yoki 2 ta s- elektron tutib, va ohirigi navbatda ohiridan bitta berigi orbitali d- elektronlar bilan t o’lib boradigan elementlar d- elementlar deyiladi. Davriy jadvalda d- elementlar barcha guruxlarni q o’shimcha guruxchasini egallaydi. d-elektronlarning soni 1tadan 10tagacha b o’lishi mumkin. Birikmalarida ular Q1 dan qzi joylashgan gurux nomeriga teng bqlgan eng yuqori oksidlanish darajasini namoyon qilishi mumkin. Bu elementlar hammasi metall hususiyatini namoyon qiladi. Oksidlanish darajasini keng k o’lamda o’zgarishi ularning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga moilligini namoish etadi. Bqsh orbitallari mavjudligi, ularni kompleks xosil qilish xossalarini tushintirib beradi.
d- Elementlar odam organizmida juda kam miqdorda saqlanadi, ya'ni mikroelementlar qatoridan o’rin olgan. Shunga qaramay ularning biologik ahamiyati juda katta. Bu elementlar metallofermentlar tarkibida b o’lib bioboshqaruvchilar qatorida muhim o’rinni egallaydi.
Mis elementi oqsillar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Mis gemoglobin hosil b o’lishida ishtirok etadi. Uning yetishmovchiligi anemiyaga olib keladi. Misning ortiqchasi jigarda t o’planishi Vilson kasalligiga olib keladi. Tibbiyotda birikmalaridan CuSO4 × 5 H2O (mis kuporosi) kuchsiz dezinfeksiyalovchi sifatida qo’llanadi. Umuman olganda mis birikmalari zaharli.
Kumush tabiatda tug’ma holda hamda birikmalar tarkibida uchraydi. Uning preparatlari bakteritsid hususiyatga ega. Kumush ionlari suvdagi mikroblarni o’ldiradi va shuning uchun undan yasalgan elektrodlar suvni tozalash uchun ishlatiladi. Kumush nitrat (lyapis) teri kuydirish xossasiga ega va u yiringli yaralarni davolash uchun ishlatiladi.
Rux muhim fermentlar tarkibiga kiradi, nuklein kislotalar almashinuvida, oqsillarning sintezida ishtirok etadi. U qon aylanish jarayoniga, oqsil va yog’larning oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida organizmdagi energiya almashinuviga ta'sir etadi. Rux saqlovchi fermentlar o’sish, ko’payish jarayonlarini boshqaradi. Rux yetishmovchiligida past bo’ylik (nanizm) va ortiqchaligida b o’yning o’ta o’sib ketishi (gigantizm) kasalligi kuzatiladi.
Marganes. Odam organizmining 1,7 ×10-5 % ni (massa bo’yicha) marganes tashkil etadi. Marganes o’pkada, muskullarda, jigarda, miyaning kulrang moddasida yig’iladi. Organizmga marganes o’simliklardan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari orqali o’tadi. Odamning marganesga bo’lgan ehtiyoji bir kechayu-kunduzda 8 mg ga tengdir. Marganes o’simliklarda, ayniqsa qizil lavlagi, pomidor, no’xot, loviya va kartoshka tarkibida uchraydi.
Mn qon tarkibidagi qandning miqdorini kamaytiradi, bu esa diabet kasalligi bilan og’rigan bemorlarni xolatiga ijobiy ta'sir kqrsatadi. Bundan tashqari marganes lipotrop ta'sirotiga ega bo’lganligi sababli ateroskleroz kasalligini rivojlanishini susaytiradi.
KMnO4 - kaliy permanganat tibbyotda ko’p ishlatiladigan modda bo’lib, shifokorlar uni «margansovka» deb atashadi. U antiseptik modda sifatida og’iz va tomoqni chayish, siydik yo’llarini kasalliklarida va ginekologiyada yuvish uchun hamda kuygan joylarga surtish, alkaloid, sianid kislotasi, fosfor bilan zaharlanganda oshqozonni yuvish uchun ishlatiladi. KMnO4 ning 1% li eritmasi ilon, chayon, qoraqurt chaqqanda 2-3 ml teri ostiga yuboriladi va nimtatir eritmasi bilan vanna qilinadi.
Temir - organizmda Fe2+ va Fe+3 kationlar holida uchraydi. Temirning fiziologik vazifasi shundan iboratki, u nafas olish fermenti gemoglobin va miogemoglobin tarkibiga kiradi. To’qimalarni, organizmni kislorod bilan ta'minlash vazifasini o’taydi, organizmda qon ishlab chiqaruvchi a'zolar faoliyatini boshqaradi. Temir yetishmovchiligi anemiya kasalligiga olib keladi. Organizmdagi temirning umumiy miqdori 4 g dan 7 g gacha bo’ladi.
Simob o’ta zaharli suyuq metall. Uning zaharlovchi xususiyati ham uning shu uchuvchanligi bilan bog’liq bo’ladi. Simob ishlatiladigan bosim beruvchi asboblar, tana haroratini o’lchash uchun ishlatiladigan termometr o’zida simob saqlaydi. Bu asboblar bilan ishlashda extiyotkorlik talab etiladi. Simob miyada, jigarda to’planib qolishi mumkin.
Kobalt Co2+ kationi muhim oqsillarning molekulasiga kiradi, ayrim fermentlarning faolligini oshiradi. Co2+ ioni kompleks birikma xolatida B12 vitamini tarkibida bo’ladi.
Shunday qilib biogen elementlarni o’rganish odam organizmi faoliyatini to’liq tushinib yetishga imkoniyat beradi. Ularni tutgan preparatlarning ta'sirini o’rganish uchun bu elementlarni kimyoviy, ya'ni sifat reaksiyalari amaliyot darslarida ko’riladi.


Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin