Misol uchun, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish tartibini belgilovchi asosiy sonun “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tugrisida”gi sonun, tadbirkorlik sub’ektlarini ruyxatdan utkazish tartibini belgilovchi sonunosti uujjatlari.
Tadbirkorlik huquqining manbai - bu tadbirkorlik sub’ektlari urtasida vujudga keladigan tadbirkorlik faoliyatiga oid munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi vakolatli davlat organlari tomonidan kabul kilinadigan normativ-huquqiy xujjatlar va boshqa ish muomala odatlaridir.
Tadbirkorlik huquqining manbalari:
O’zR Konstitutsiyasi, qonunlari, O’zR Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining normativ xujjatlari, maxalliy davlat xokimiyati organlarining qarorlari.
O’zR Oliy sudi plenumlari qarorlari. Tadbirkorlik qonunchiligining rivojlanish boskichlari va kodifikatsiyalashtirish masalalari xakida fikrlar.
O’zbekiston Respublikasidagi huquq tizimining manbai vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda kabul kilinadigan qonunlar va boshqa qonunosti xujjatlar dir.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi biznes faoliyatini olib borishning kafolati sifatida muxim axamiyatga ega. Jumladan:
“Bozor munosabatlarini rivojlantirishga karatilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini xisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mexnat qilish erkinligini barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jixatdan bab-barobar muxofaza etilishini
kafolatlaydi”. (Konstitutsiyaning 53-moddasi). SHuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari xususiy mulkining boshqa mulk shakllari bilan bir katorda davlat ximoyasida bulishi, mulkdor mulkiga o’z xoxishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi, er, erosti boyliklari, suv, usimlik, xayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zaxiralarning umummilliy boylik bulishi kabi normalar Konstitutsiyaning 53-55-moddalarida belgilangan. Tadbirkorlik huquqi manbalarining turlaridan biri qonunlardir.
Bunda O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi muxim ahamiyatga ega. U mulk huquqi, majburiyat huquqi, maxsulot etkazib berish, kontraktatsiya, mulk ijarasi, lizing, pudrat, kurilish pudrati, tashish, kredit, xisob-kitob va shunga uxshash tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida to’ziladigan shartnomalarga oid koidalarni o’zida birlashtirib, bevosita tadbirkorlik huquqiga manba xisoblanadi.
Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyat olib borishiga xizmat kiluvchi va ular huquqlarini ximoya qilishga qaratilgan “Davlat tasarrufidan chitsarish va xususiylashtirish tugrisida”gi, “Ijara tugrisida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tugrisida”gi, “Rieltorlik faoliyati tugrisida”gi, “Ratsobat tugrisida”gi, “Xususiy mulkni uimoya silish va mulkdorlar uutsutslarining kafolatlari tugrisida”gi va boshqa qonunlar kabul kilingan. Tadbirkorlik sub’ektlarining tashkil etilishi va huquqiy xolati “Mas’uliyati cheklangan uamda sushimcha mas’uliyatli jamiyatlar tugrisida”gi, “Bank va banklar faoliyati tugrisida”gi, “Fermer xujaligi tugrisida”gi, “Dehqon xo’jaligi tugrisida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik tugrisida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati souasida ruxsat berish tartib-soidalari tugrisida”gi va boshqa qonunlarda mustaxkamlangan. Tadbirkorlik faoliyatida investitsiyalar bilan boglik munosabatlarni “CHet el investitsiyalari tugrisida”gi, “CHet ellik investorlar uutsutslarining kafolatlari va ularni uimoya silish choralari tugrisida”gi, “Valyutani tartibga solish tugrisida”gi, “Tashsi itstisodiy faoliyat tugrisida”gi va boshqa qonunlarda mustaxkamlangan. Ayniqsa, 2015 yil 20 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining ayrim sonun uujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli uimoya silishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yulidagi tusitslarni bartaraf etishga saratilgan o’zgartish va sushimchalar kiritish tugrisida”gi UR-391-sonli Qonuni tadbirkorlik faoliyatini kullab-kuvvatlash xamda tadbirkorlik sub’ektlarini ximoya qilish va kafolatlash tizimini yangi boskichga olib chikdi. Tadbirkorlik huquqi manbalaridan biri O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining karorlaridir.
Bunga misol sifatida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014 yil 13 noyabrdagi S^-453-P-son “O’zbekiston Respublikasining 2015 yilgi davlat byudjeti, davlat matssadli jamgarmalarining byudjetlari uamda solits va byudjet siyosatining asosiy yunalishlari tugrisida”gi karorini keltirib utish mumkin. Ayniqsa, tadbirkorlik huquqining bozor munosabatlari rivojlanishida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan kabul kilingan huquqiy xujjatlar, ya’ni farmonlar, karorlar va farmoyishlar muxim axamiyatga ega.
Misol uchun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli uimoya silishni ta’minlash, ularni jadal rivojlanish yulidagitusitslarni bartaraf etish chora-tadbirlari tugrisida”gi PF-4725-sonli va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida investitsiya itslimi va ishbilarmonlik muuitini yanada takomillashtirishga doir sushimcha chora-tadbirlar tugrisida”gi PF-4609-sonli farmonlari, 2014 yil 15 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini kursatish bilan boglits tartibotlarni yanada takomillashtirish chora- tadbirlari tugrisida”gi P^-2164-sonli karorini misol kilib kursatish mumkin. Tadbirkorlik huquqining manbalaridan yana biri O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karorlari, ya’ni 2014 yil 6 oktyabrdagi “Davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish tartibi tugrisidagi nizomlarni tasditslash uatsida”gi 279-sonli, 2014-yil 2 iyuldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshsaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida”gi karorlari xisoblanadi. SHuningdek, vazirliklar va davlat qumitalari, agentliklarning o’z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda qabul qilgan huquqiy xujjatlari, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining 2010 yil 23 iyundagi 4-son qarori bilantasdiqlangan “Strategik va monopol maxsulotlar, xom ashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qo’yilishini nazorat va monitoring qilish tugrisidagi Nizom (2010 yil 26 iyulda ruyxatdan utkazildi, ruyxat ratsami 2125)xam tadbirkorlik huquqi manbasi sifatida kuriladi. SHu bilan birga, maxalliy davlat xokimiyati organlarining o’z xududi doirasida kuchda buladigan huquqiy xujjatlari xam bu borada muxim axamiyatga ega buladi.
Yuqoridagilardan kelib chikib, tadbirkorlik qonunchiligiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Tadbirkorlik qonunchiligi - bu tadbirkorlik faoliyati bilan boglik bulgan munosabatlarni tartibga soluvchi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda kabul kilingan normativ-huquqiy xujjatlar yigindisidan iborat. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog’lik munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi plenumi karorlari o’ziga xos uringa ega. Ular tadbirkorlik huquqi uchun manba bulmasa- da, qonunlar va boshqa qonunosti xujjatlarini xo’jalik sudlari tomonidan tugri kullashda, xo’jalik nizolarini tez va tugri xal etishda sudlarga tushuntirishlar berib, muxim amaliy axamiyat kasb etadi.
Biznes (tadbirkorlik) huquqi mustaqil fan tarmog`i sifatida boshqa huquqiy fanlardan o`ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Ana shu farqlarni eng avvalo Fuqarolik huquqi faniga nisbatan ko`rib chiqaylik. Chunki o’zoq yillardan buyon olimlar o`rtasida bu ikki fanning farqi yo’zasidan bahs ketadi. Olimlarning bir guruhi Biznes huquqi mustaqil fan tarmog`i emas, u Fuqarolik huquqining tarkibini tashkil etadi deb hisoblasa, ikkinchi guruhi esa Biznes huquqini alohida fan, deb qarash kerak deydi. Bu haqda biz shu bobning 2-paragrafida batafsilroq to`xtab o`tgan edik.
Biznes huquqini huquq sohasining bir tarmog`i deb hisoblashga uning Fuqarolik huquqi va boshqa turdosh bo`lgan huquqlardan farqi asos bo`ladi. Uning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: malumki Biznes huquqi Fuqarolik huquqiga juda yaqin soha bo`lsada, u eng avvalo tushunchasi, predmeti, subyektlari orqali juda aniq farqlanadi.
Bu ikki fanning tushunchasidagi farqni olib ko`raylik. Fuqarolik huquqiga hozirgi davr talabini hisobga olgan holda professor I.B.Zokirov shunday tarif beradi: «Fuqarolik huquqi O`zbekiston Respublikasida amal qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri bo`lib, mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish davrida fuqarolar va boshqa subyektlarning moddiy va manaviy ehtiyojlarini tobora to`liqroq qondirish maqsadida mulkiy munosabatlarni hamda mulkiy xarakterda bo`lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish va mustahkamlashga qaratilgan huquqiy normalar yig`indisidan iboratdir» Ana shu tarifdan ham aniq ko`rinib turibdiki, Fuqarolik huquqi subyektlar o`rtasidagi mulkiy munosabatlarni va mulk bilan bog`liq bo`lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquq sohasidir. Biznes huquqi ham Respublikamizdagi huquq sohalaridan biri bo`lib, mamlakatimizning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tib borishida, davlat va jamiyat, Biznes manfaatlarini hisobga olgan holda, Biznes subyektlari o`rtasidagi yuqoridan quyi (vertikal) va yon atrofdagi subyektlarga gorizontal) bo`ladigan Biznes munosabatlarni tartibga soluvchi, bozor sharoitida davlatning iqtisodga rahbarlik qilish chora-tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig`indisidan iboratdir. Ana shu yuqorida berilgan tariflarga ko`ra, bu fuqarolik huquqi qoidalari aksariyat mulkiy munosabatlarni tartibga solib tursa, Biznes huquqi qoidalari ham mulkiy munosabatlarga taalluqli.
Lekin fuqarolik huquqida munosabatlar shu munosabat ishtirokchilarining o`zaro teng va ixtiyoriyligi asosida kelib chiqsa, Biznes huquqida subyektlar teng huquqli bo`lishi bilan birga idora etish, davlatning iqtisodga rahbarlik qilishiga asoslangan munosabatlarni ham tartibga solishga qaratiladi.