Mavzu: Biznes huquqi tushunchasi va manbaalari
Reja:
Bozor iqtisodiyoti sharoitida biznes huquqining ro’li va ahamiyati.
Biznes huquqi tushunchasi va mohiyati.
Biznes huquqining predmeti, uslublari va prinsiplari.
Biznes huquqining boshqa fanlardan farqi.
Tayanch so’z va iboralar: biznes, huquq, iqtisod, rivojlanish, strategiya, rivojlanish, shartnoma, tadbirkorlik, predmet, yridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor, xo’jalik shartnomasi, xususiy biznes.
Bozor munosabatlari sharoitida mamlakat iqtisodiyotini tarakkiy etishining asosiy omillaridan biri kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdan iborat. Bozor va tadbirkorlik o’zaro bir-biri bilan bog’liqdir.
Bozor - bu muayyan tovar yoki xizmatlarning sotuvchilari va xaridorlarini bir joyda birlashtiradigan xar qanday institute yoki mexanizm. Bozor (inglizcha - market, ruscha - rinok) - tovarlar bilan pullarning xarakatini ta’minlovchi ishlab chikarish va iste’mol urtasidagi munosabatlar tizimidir. Demak, bozorda tadbirkorlik sub’ektlari urtasida mustaqil ravishda karorlar kabul qilishdagi erkin munosabatlar amalga oshiriladi. Bozor tadbirkorlik sub’ektlarining erkin faoliyat olib borishlari uchun keng shart- sharoitlar yaratib, erkin rakobat muxitining, eksport va import imkoniyatlarining bozor qonuniyatlari asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Xo’sh, “tadbirkor”, “tadbirkorlik” tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi? Bu tushunchalarni birinchi bulib XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon kullagan. Uning fikricha, tadbirkor - tavakkalchilik sharoitida faoliyat kursatuvchi kishidir. SHu boisdan u er va mexnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan. Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashxur franso’z iqtisodchisi J.B.Sey (1767-1832) “Siyosiy iqtisod risolasi” kitobida (1803) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chikarishning uch mumtoz omillari - er, kapital, mexnatning yaxlitligi deb ta’riflagan edi.
Tadbirkorlik (inglizcha - enterprise, enterprising, ruscha - predprinimatelstvo) - foyda olish maksadida fuqarolar va yuridik shaxslarning o’z tashabbusi asosida mustaqil faoliyatidir.
Soxibqiron Amir Temur tadbirkorlik faoliyatini qo’llab- quvvatlab va tadbirkorlarni uluglab, ularning nafakat o’zi balki jamiyat uchun xam katta nafi tegishini, inson doimo faol bulishini ta’kidlab, o’z to’zuklarida “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi kat’iy, tadbirkor va xushyor bir kishi, ming-minglab, tadbirsiz, lokayd kishilardan yaxshidir”1, deb ko’rsatadi.
Tadbirkorlik va biznes tushunchalari o’zaro bog’lik tushunchalar bulib, bir birini tuldiradi.
“Biznes” - so’zi inglizcha so’z bulib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so’z bilan aytganda kishilarni foyda olishga karatilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
Tadbirkorlik soxasida biznes foyda beradigan iqtisodiy faoliyat bulib, ushbu faoliyat bilan shugullanuvchi shaxslar biznesmen sifatida mamlakat iqtisodiyotini mustaxkamlashga, yalpi ichki maxsulotning kupayishiga, axoli faravonligining oshishiga xizmat kiladi.
Biznesmen (tadbirkorlik) so’zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bulib, u “mulk egasi” degan ma’noni bildirgan.
Xozirgi kunda biznesmen - bu o’z mulki yoki boshqa shaxslar mulkidan foydalangan xolda o’z ishbilarmonligi va tajribasiga xamda tavakkalchilikka asoslanib, foyda olishni ko’zlab ish olib boruvchi shaxsdir.
Biznes (inglizcha - business; ruscha - delo, anterprenerstvo - ish, mashgulot) - tavakkalchilik va o’zining javobgarligi ostida xususiy yoki karzga olingan vositalari xisobidan amalga oshiriladigan, asosiy maksadi foyda olish va o’z faoliyatini rivojlantirishga karatilgan tashabbuskor iqtisodiy faoliyatdir. Ishbilarmonlik - biznes yuritish uchun amaliy kulay sharoit tugdirib berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni xar tomonlama kullab-kuvvatlash va ragbatlantirish real iqtisodiyotni islox etishning navbatdagi eng muxim yunalishidir. Bozor munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati bilan boglik jarayonlar bir kator qonunlarida, jumladan, Fuqarolik kodeksi, Solits kodeksi, Bojxona kodeksi, Er kodeksi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tugrisida”, “Ksshlots xujaligi kooperativi (shirkat xujaligi) tugrisida”, “Fermer xujaligi tugrisida”, “Deutson xujaligi tugrisida”gi va boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi.
Ushbu huquqiy munosabatlarni tadbirkorlik huquqi modul fani urganadi, u bozor iqtisodiyotining shakllanish jarayonida muxim huquqiy vosita bulib xizmat kiladi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog’lik munosabatlarni davlatning vakolatli organlari tomonidan kabul kilingan normativ-huquqiy xujjatlar va tadbirkorlik faoliyatidagi muomala odatlari asosida tartibga solinishini tadbirkorlik huquqi fani urganadi.
Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan
qonun xujjatlariga muvofik amalga oshiriladigan, o’zi tavakkal
kilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga
Dostları ilə paylaş: |