Intellektual mulk ishlab chiqarish (masalan, dasturiy ta'minot, nashriyot, filmlar, musiqa)
Xizmatlar sektori
Jumladan, chakana savdo, tarqatish, transport, bank, turli biznes xizmatlari (masalan, buxgalteriya hisobi, reklama) va ta'lim, tibbiyot kabi davlat xizmatlari.
Mas'uliyati cheklangan jamiyat o'z egalaridan (aktsiyadorlaridan) alohida yuridik shaxs maqomiga ega. Aktsiyadorlar, odatda, agar ular shaxsiy kafolat bermasa, kompaniyaning qarzlarini to'lash uchun sudga da'vo qilinishi mumkin emas. Ularning tavakkalchiligi odatda aktsiyani sotib olayotganda kompaniyaga qo'ygan mablag'lari bilan cheklanadi. Bu cheklangan masuliyat deb ataladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik va sheriklik odatda kichik yoki o'rta biznesga tegishli bo'lsa, mas'uliyati cheklangan jamiyat maqomi barcha o'lchamdagi korxonalar uchun qo'llaniladi.
Mas'uliyati cheklangan jamiyatda egalik qilish va nazorat qilish, bir jismoniy shaxs qo'lida bo'lishi mumkin bo'lsa ham, tashkilot hamda jismoniy shaxs qonun bilan ajratiladi.
(a) Aktsiyadorlar mulkdorlardir, lekin kompaniyaning kundalik boshqaruvida aksiyadorlar cheklangan huquqga ega. Ular kapital va foyda keltiradi. Aktsiyadorlar yirik institutsional investorlar (masalan, sug'urta kompaniyalari va pensiya jamg'armalari), jismoniy shaxslar yoki xodimlar bo'lishi mumkin.
(b) Direktorlar kompaniyani boshqarish uchun aktsiyadorlar tomonidan tayinlanadi. Buyuk Britaniyada direktorlar kengashi boshqaruvni amalga oshirish va xodimlarni nazorat qilish bilan shug’ullanishadi, biroq mulkdorlar va xodimlar guruhlari oldida javobgardirlar.
(i) Ijrochi direktorlar tashkilotning kundalik faoliyatida ishtirok etadilar.
(ii) Ijrochi bo'lmagan direktorlar maslahatchilar sifatida ishtirok etishga taklif qilinadi, odatda umumiy ko'rsatmalarga ega bo'lish uchun o'zlarining maxsus ko'nikmalari yoki tajribalarini kengash muhokamalarida baham ko'rishadi.