Sudgacha sanatsiya qilish qarzdorning bankrotligi to`g`risidagi ish yuritish qo`zg`atilgunga qadar amalga oshiriladi hamda qarzdorning to`lov qobiliyatini, iqtisodiy jihatdan qodirligini tiklash hamda kelgusida samarali faoliyat ko`rsatishi uchun sharoit yaratilib berilishini o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.
Bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari, boshqaruv organi yoki qarzdor mol-mulkining egasi bankrot deb topish to`g`risidagi ariza xo`jalik sudiga taqdim etilgunga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan sog`lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko`radi.
Qarzdorni moliyaviy jihatdan sog`lomlashtirishga qara-tilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan to’zilgan kelishuvga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham ko`rilishi mumkin. Bunday chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
-to`lov muddati o`tkazib yuborilgan qarzlarni to`la yoki qisman sotib olish;
-qarzdorning to`lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko`r-satilishi;
Sud sanatsiyasi– iqtisodiy sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to`lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini o’zish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o`tkazmagan holda qo`llaniladigan bankrotlik taomilidir.
Ko’zatuv jarayonida qarzdor, qarzdor muassislari (ish-tirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan kreditorlar yig`ilishiga yoxud bevosita xo`jalik sudiga murojaat qilishga haqli.
Tashqi boshqaruv-Iqtisodiy sud tomonidan yuridik shaxsga nisbatan uning to`lov qobiliyatini tiklash maq-sadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o`tkazgan holda qo`llaniladigan ban-krotlik taomildir.
Kreditorlar yig`ilishining iltimosnomasi, mol-mulkida davlat ulushi bo`lgan korxonalar bo`yicha esa bankrotlik to`g`risidagi ishlar bo`yicha davlat organining arizasi asosida qarzdorning to`lov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyatlari aniqlangan hollarda Iqtisodiy sudtomonidan o`n ikki oydan yigirma to`rt oygacha bo`lgan muddatga joriy etildi.