Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati reja



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə26/36
tarix20.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#145828
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
biznes reja Untitled.FR12

Qisqacha xulosalar
Raqobatli bozor sharoitida korxonalarning barqaror faoliyat ko’rsatishi, iqtisodiy jihatdan o’sishi va rivojlanishining muhim sharti bo’lib xo’jalik faoliyatini rejalashtirish hisoblanadi. Ayni rejalashtirish korxona imkoniyatlarini bozordagi talab va taklif bilan bog’lash imkonini beradi. Bu rejalashtirishning moxiyatidan kelib chiqadi, ya’ni rejalar korxona rivojlanish yo’llaridan eng optimalini tanlash bilan bog’liqdir, rejalashtirish korxonaning maqsad va vazifalari belgilanib va aniqlashtirilib boriladigan, ularga erishish siyosati va strategiyasi ifodalaniladigan jarayondir.
Rejalashtirish asosida mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun barcha omillardan foydalanish hamda buning uchun tayyorgarlikning o’z vaqtida bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan qulay sharoitlar yaratiladi.
Erkin bozor munosabatlari sharoitida ichki ishlab chiqarish rejalashtirish maqsadi korxona va firmalarning rivojlanishi, xo’jalik faoliyati shakllari, iqtisodiy maqsadlarining ilmiy asoslashdan iborat.
Birinchi marta rejalashtirish printsiplari A.Fayol tomonidan ifodalangan. Uning fikricha harakat dasturlari yoki rejalarni ishlab chiqarishda asosan 5 printsipiga amal qilish talab etiladi; zaruriylik, yagonalik, uzluksizlik, moslashuvchanlik va aniqlilik. Nazorat uchun savollar:

  1. Rejalashtirishda qanday iqtisodiy maqsadlar ko’zda tutiladi?

  2. Ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish nimani o’rgatadi?

  3. Rejalashtirishning funksiyasi nima?

  4. Rejalashtirish metodologiyasi nima?

  5. Bozor munosabatlari sharoitida rejalashtirishning ahamiyati nimada?

  6. Rejalashtirish qanday muammolarni hal etadi?

  7. Rejalashtirish texnologiyasi nima?

  8. Rejalashtirish predmeti deganda nimani tushunasiz?

  9. Iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy hulqini o’rganishda qanday usullardan foydalaniladi?

10.Ichki rejalashtirishning mohiyati nimada?

  1. Rejalashtirish obyekti nima?

Test savollari:

  1. Korxonaning kelajakdagi istalgan holatini va bozordagi o‘rnini aniqlash bu -

?

  1. Maqsad;

  2. Moliya;

  3. Tamoyil;

  4. Vazifa.

  1. Rejalashtirish jarayoni o‘rgatadi: (to’g‘ri javobni belgilang).

  1. Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi sharoitida ulardan samarali foydalanish yo’llarini va vositalarini;

  2. Iqtisodiy resurslardan foydalanish buyicha qoidalarni bilishni va me’yorlar o‘rnatishni;

  3. Cheklangan moddiy va mehnat resurslarini safarbar qilishni hamda yukori iqtisodiy natijalariga erishish tadbirlarini shakllantirish;

  4. Yuqori iqtisodiy natijalarga erishish uchun hatti-harakatlarni belgilash.

  1. Rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Vazifani aniqlash, vositalarni tanlash, maqsadni belgilash va nazorat;

  2. Maqsadni belgilash, vazifani aniqlash, vositalarni tanlash va nazorat;

  3. Vositalarni tanlash, nazorat, vazifani aniqlash va maqsadni belgilash;

  4. Maqsadni belgilash, vositalarni tanlash, nazorat va vazifani aniqlash.

  1. Rejalashtirish quyidagi umumiqtisodiy maqsadlarni ko‘zda tutadi:

  1. Iqtisodiy samaradorlikni xarajatlarni iqtisod qilish asosida oshirish;

  2. Yalpi ichki mahsulotni o‘sishi, ish haqini oshishi, ishchilar malakasini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarni ko‘paytirish;

  3. Iqtisodiy o‘sish, daromadlarni taqsimlash, iqtisodiy erkinlik, bandlik, iqtisodiy samaradorlik;

  4. Foyda miqdorini oshishi, xarajatlarni kamayishi, ishchilar sonining qisqarishi.

  1. Rejalashtirish mohiyatini quyidagilar tashkil etadi:

  1. Qo‘yilgan maqsadni va xo‘jalik yuritish shaklini ilmiy jihatdan asoslash;

  2. Qo‘yilgan vazifalarni va haraqatlarni, biznes faoliyatini asoslash;

  3. Strategiya va taktikani shakllantirish;

  4. Tarmoqda va bozorda mustahkam o‘rinni egallash uchun harakatlar dasturini shakllantirish.

  1. Korxona rejasi bu - ? (to‘g‘ri javobni bering).

  1. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo‘lgan aniq hisoblar tizimi;

  2. Ko‘zda tutilgan iqtisodiy samaradorlikni ilmiy va amaliy jihatdan asoslash;

  3. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish chora-tadbirlarini oldindan ishlab chiqish hamda resurslar orasida muvofiklikni ta’minlash;

  4. Maqsadni belgilash, yo‘nalishlarini va vazifalarini aniqlash hamda nazorat qilish.

  1. Zarur hisob kitoblar xamda dalillar asosida korxona faoliyatining qisqa va uzoq muddatli strategiyasini aniqlash bu - ?

  1. Rejalashtirish maqsadi;

  2. Rejalashtirish vazifasi;

  3. Rejalashtirish mohiyati;

  4. Rejalashtirish mexanizmi.

  1. Rivojlanish yo‘nalishlarini sifatda va sonda tasvirlash bu

  1. Reja mohiyati;

  2. Reja vazifasi;

  3. \

  4. Reja maqsadi;

  5. Reja mexanizmi.

  1. Rejalashtirish bu- ?

  1. Maqsadni va unga erishish vositalarini aniqlashtirish jarayoni;

  2. Korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash jarayoni;

  3. Joriy xarajatlarni iqtisod qilish asosida faoliyat samaradorligini belgilash jarayoni;

  4. Korxona faoliyatining samaradorligini oshirish jarayoni.

  1. Ichki reja mazmuni, shakl strukturasi va tuzish tartibini nima belgilaydi?

  1. Rejalashtirish usuli;

  2. Rejalashtirish texnologiyasi;

  3. Rejalashtirish predmeti;

  4. Rejalashtirish uslubiyati.


  1. Yüklə 0,79 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin