Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati reja


BOB. REJALASHTIRISH TURLARI VA USULLARI



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə27/36
tarix20.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#145828
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
biznes reja Untitled.FR12

BOB. REJALASHTIRISH TURLARI VA USULLARI

Tayanch so’z va iboralar: ichki rejalashtirish muammolari, mohiyati, maqsadi, ichki rejalashtirishning funksiyalari va ularga qo’yiladigan talablar, rejalashtirish jarayoni, rejalashtirish usullari va uslubiyati, rejalashtirish texnologiyasi, rejalashtirish natijasi, boshqa fanlar bilan aloqasi.

  1. Rejalashtirish turlari

Ichki rejalashtirish erkin bozor iqtisodiyotida muxim o’rin egallaydi. Rejalashtirish umumiy iqtisodiy tizimda davlatning, ayrim korxonalarniig, korporatsiya yoki firmalar xamda oilaviy xo’jaliklarning o’z manfaatlarini uyg’unlashtirish imkonini beradi. Rivojlangan bozor munosabatining asosiy vazifasi iqtisodiyotda barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o’sish va insonlarniig turmush darajasini oshirishga xarakat qilish lozim. Ichki rejalashtirish xam kishilarning turli extiyojlarini qondirishga, foyda (daromad) miqdorini oshirishga qaratiladi. Bozor iqtisodiyotida davlat va korxona rejali - yo’naltirilgan ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatiniig asosiy mustaqil sub’ekti xisoblanadi.
Ichki rejalashtirish va davlatni boshqarish o’rtasida erkin bozor munosabatlariga, talab va taklifning mutanosibligiga asoslangan o’z aro iqtisodiy ta’sir mexanizmi amal qiladi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotida talab taklifni keltirib chiqaradi, u esa o’z navbatida shaxsiy talabning zaruriy hajmini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ichki rejalashtirish erkin bozor tizimining muxim tarkibiy qismi bo’lib xisoblanadi. Marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish, korxonani boshkarish kabi fanlar bilan bog’liq xolda rejalashtirish fani bozor iqtisodiyotining muxim, fundamental masalalariga javob topishga imkon yaratadi. Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirishning mohiyatini belgilovchi ushbu masalalarni quyidagicha ifodalash mumkin:

  1. Korxonada qanday mahsulot, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish lozim?

  2. Qancha miqdorda mahsulot, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish kerak va buning uchun qancha iqtisodiy resurslar talab etiladi?

  3. Ushbu mahsulotni qanday ishlab chiqarish, qanday texnologiyani qo’llash lozim va ishlab chiqarishni qanday tashkil etish kerak?

  4. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning isteomolchilari kimlar va qanday bahoda sotish mumkin?

  5. Korxona bozorga qanday moslashadi va bozordagi ichki va tashqi o’zgarishlarga qanday moslashadi?

Bozor iqtsiodiyoti oldiga qo’yilgan ushbu fundamental masa’alardan kelib chiqadiki, korxona va firmalarda ichki rejalashtirishning ob’ekti bo’lib, ishlab chiqarish jarayonini xarakterlovchi iqtisodiy - reja ko’rsatkichlari xisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti shaoritida barcha ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqib, mavjud iqtisodiy
resurslardan samarali foydalanish, maksimal foyda olish maqsadida mustaqil ravishda o’z faoliyatlarini tashkil etadi va rejalashtiradi. Tanlangan maqsad, qo’llaniladigan usullarga bog’liq xolda rejalashtirishning bir kancha turlarini ajratish mumkin.
Texnik-iqtisodiy rejalashtirishda - korxonalarning texnik va iqtisodiy rejalashtirish ko’rsatkichlarini belgilaydi, ya’ni ishlab chiqarishning optimal variantlari tanlanadi, zaruriy resurslar tanlanadi, ulardan foydalanish normalari belgilanadi, yakuniy moliyaviy ko’rsatkichlari aniqlanadi.
Operativ - ishlab chiqarish rejalarida yuqoridagi ko’rsatkichlar chuqurlashtirilib, tsexlar, uchastka va ish o’rinlari bo’yicha taqsimlanadi. Rejalashtirishni yana quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin:

  1. Mazmuniga ko’ra; tashkiliy - texnik, ijtimoiy mexnat, moliyaviy-investitsion, biznesni rejalashtirishlashtirish, ta’minot rejasi.

  2. Boshqaruv darajasiga ko’ra: korxona, korporativ, o’rta pog’onada esa - tsex rejasi quyi pog’onada - ishlab chiqarish rejalari.

  3. Asoslanishiga ko’ra: bozor, indikativ, administrativ.

Davlat mulkiga asoslangan korxonalarda administrativ rejalashtirishfoydalaniladi. Aksionerlik jamiyatlari va boshqa xususiy mulkka asoslangan korxonalarda bozor yoki indikativ rejalardan foydalaniladi.
Indikativ rejalashtirish - baho va tariflarni, soliq miqdorini, minimal ish haqi miqdorini davlat tomonidan yo’naltirishni ko’zda tutadi.
Markazlashgan reja - barcha ko’rsatkichlarni yuqori boshkaruv organlari tomonidan belgilash ko’zda tutiladi.

  1. Amal qilish vaqtiga ko’ra: qisqa muddatli ya’ni, joriy 1 yil davomida, o’rta muddatli ya’ni, 1-3 yilgacha, uzoq muddatli ya’ni 3-10 yilgacha.

  2. Qo’llash sohasiga ko’ra: sex aro, sex ichidagi, brigada va yakka tartibli.

  3. Ishlab chiqarish stadiyalari bo’yicha: dastlabki va yakuniy.

  4. Aniqlik darajasiga ko’ra: yiriklashtirilgan (umumiy) va aniqlashtirilgan.

Chet el amaliyotida vaqt omilini e’tiborga olgan holda reja tuzishning 4 xil turini ajratish mumkin.4
Reaktiv rejalashtirish erishilgan tajriba va ishlab chiqarishni rivojlantirish tarixini taxlil qilishga asoslanadi xamda mavjud tashkiliy shakl va vujudga kelgan odatlarga tayanadi. Bunday rejalashtirish ishlab chiqarish muammolarini aloxida ko’rib chiqadi, shu sababli bir butunlik va uning ayrim qismlarining o’z aro aloqalarini e’tiborga olmaydi. Bundan tashqari ushbu reja zarur bo’lmagan narsa va holatlardan foriq bo’linsa talab etil gan natijaga olib keladi, degan xato fikrga asoslanadi.
O’tmishga qaratilgan reaktiv rejalashtirish ko’pincha ushbu korxona mahsulot va xizmatlarini nafakat tashqi balki ichki bozordan xam siqib chiqarilishiga olib keladi.
Inaktiv rejalashtirish korxonadagi erishilgan holatga asoslanadi ya’ni orqaga xam qaytmaydi, ilgariga qarab xarakat xam qilmaydi. Uning asosiy maqsadi ishlab chiqarish barqarorligiga erishishdir. Inaktiv tashkilotlar o’z qoida, qadriyat va uslublarini ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy samaradorligidan ustun qo’yadi.
Inaktiv rejalashtirishga asoslangan korxonalarga misol qilib davlat korxonalari, byudjet tashkilotlari, administrativ tashkilotlar, korxonalarning xizmat ko’rsatish va funksional xizmatlar rejalarini keltirish mumkin.
Preaktiv rejalashtirish korxona faoliyatining turli sohalarida uzluksiz o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratiladi. Bunda preaktivistlar fan va texnikaning ilgor yutuqlariga tayanadilar, prognozlash va eksperimentlardan keng foydalanadilar, lekin yig’ilgan tajribalarga kamroq axamiyat beradilar. Bunday rejalashtirish kelgusini istiqbollash va unga tayyorgarlik ko’rishdan iborat bo’ladi.
Rejalashtirish yuqoridan quyiga karab amalga oshiriladi. Avval tashqi sharoit istiqbollanadi, so’ngra korxonaning muxim maqsadlari va strategiyasi belgilanadi. Preaktiv rejalashtirishning kamchilik tomoni shundaki, prognoz qanchalik uzoq muddatni qamrab borsa, shunchalik xatolik extimoli yuqori bo’ladi.
Interaktiv rejalashtirish istalgan istiqbolni loyixalashtirishni va unga erishish yo’llarini axtarishni ko’zda tutadi. Bunday rejalashtirish korxonaning individual, tashkiliy, ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirishga qaratilib, o’tmishni, xozirgi davrni va kelgusining o’z aro aloqasiga tayanadi.
Ichki rejalashtirish turlari va sistemalari nafaqat korxonalar rejali faoliyati mazmunini, balki iqtisodiyotni boshqarishning barcha darajalarida rejalashtirish mazmunini xam xarakterlaydi. Bu erda rejalashtirish faoliyatining mazmuni yoki predmetini ilmiy va amaliy jixatdan aniqlashtirish zarur.
Rejalashtirish nazariyasi ilmiy bilimlarni quyidagi muhim muammolarbo’yicha shakllantirishni ko’zda tutadi: bozor rejalashtirish uslubiyati, me’yoriy bazani yaratish, rejadaginormativ va ko’rsatkichlarning o’zaro ta’sirmexanizmi,reja tuzish usullari, strategik rejalashtirish, moliyaviy rejalashtirish, tarmoqli rejalashtirish, biznes - rejalashtirish, ijtimoiy - mehnat rejalari, operativ rejalashtirish, rejalarni iqtisodiy baholash, rejalashtirishni takomillashtirish.
Rejalashtirish amaliyoti nazariya va uslubiyatni o’zlashtirish, rejalarni asoslash usuli va uslublarini o’rganish, barcha bilimlardan zaruriy mablag’ va resurslarni tanlashda foydalanish kabilarni ko’zda tutadi. Korxonada rejalashtirish mazmuni iste’molchi va ta’minotchi, ob’ekt va tizimi, reja tuzish usullari va texnologiyasi kabi o’z aro bog’liq tashqi va ichki omillar bilan belgilanadi.

  1. Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish usullari

Ichki rejalashtirishning metodologiyasi (uslubiyati) rejalashtirish qonuniyatlari, prinsiplari, unga qo’yilayotgan talablar, iqtisodiy ko’rsatma qoidalarni mujassamlashtiradi.
Rejalashtirish usuli (metodikasi) aniq reja ko’rsatkichlarining asoslashning yo’llari, uslublarining tarkibini xarakterlaydi, ichki rejalarni ishlab chiqarish tartibi, strukturasi, shakli va mazmunini ifodalaydi.
Iqtisodiy rivojlanish kompleks rejasini ishlab chikish jarayoni murakkab va ko’p mexnat talab etadigan jarayon xisoblanib, ma’lum bir reja tuzish texnologiyasiga asoslanishi lozim. Ushbu texnologiya umumiy tartibni belgilangan muddat, talab etilgan mazmun, rejaning turli bo’limlarini ishlab chiqarish ketma- ketligi, har bir ko’rsatkichning asoslanganligini tartibga soladi, shuningdek ishlab chiqarish bo’linmalari, funksional organlar va rejali bo’limlarining o’z aro ta’sirini tartibga soladi. Rejalashtirish faoliyatining metodologiyasi, metodikasi va texnologiyasi birgalikda ichki rejalashtirishning predmetini belgilaydi.
Rejalashtirish uslubiyati - iqtisodiyotni boshqarishning turli bo’g’inlarida, jumladan, korxonalarni boshqarishda rejalarni ishlab chiqish usullari majmuasidir. Avvalgi rejali iqtisodiyot sharoitlarida u avvalo reja idoralarining, ham sobiq ittifoq miqyosida ham alohida Res’ublikalar miqyosida amal qilgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlarining ishlab chiqish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarga tayanar edi. Iqtisodiyotning muhim soha va tarmoqlarini joriy va istiqbolli rejalashtirish ushbu ko’rsatmalar asosida amalga oshiriladi.
Rejalashtirishning eng ko’p tarqalgan usullari qatoriga quyidagilarni: balans, me’yoriy, iqtisodiy-matematik, statistik, omillar bo’yicha, ko’p variantli hisob-kitob usuli kabilarni kiritish mumkin. Rejalarning asoslanganlik darajasini oshiruvchi va ularni tezda amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi, shuningdek, tavakkalchilik va vujudga kelishi mumkin bo’lgan talofatlarni kamaytiruvchi usul eng samarali usul hisoblanadi.
Hozirgi paytda balans usulining ahamiyati oshib bormoqda. Ushbu usulning mohiyati, o’z aro aloqada bo’lgan ko’rsatkichlarni solishtirish bilan ifodalaniladi. Balans usuli asosida korxonaning ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, ishlab chiqarish quvvatiga bo’lgan talablari va ularning manbalari aniqlanadi. Bundan kelib chiqqan holda moddiy balans, ishldab chiqarish quvvatlari balansi, ishchi kuchi balansi, ish vaqti balansi, qiymat balansini ajratib ko’rsatish mumkin. Balanslar, qoidaga ko’ra, ehtiyojlar va ularga mos keluvchi resurslarning mavjudligi yoki manbalarini o’z ichiga oluvchi, o’z aro moslashuvchi jadval shaklida tuziladi.
Balans usuli me’yoriy usuli bilan birgalikda qo’llaniladi. Me’yoriy usulida resurslarni sarflashning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan eng yuqori va eng quyi chegaralari aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etishda me’yor va me’yoriy kabi tushunchalardan foydalaniladi.
Me’yor (norma) - belgilangan sifatdagi mahsulot birligi (ish, xizmat) tayyorlash uchun sarflanuvchi xom-ashyo, material, yoqilg’i, energiya va boshqa resursladan foydalanishning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal yoki minimal chegarasidir. Agar resurslardan foydalanish me’yorlarini kamaytirish mahsulot sifatining pasayishiga yoki belgilangan standartlar talablarining buzilishiga olib keladigan bo’lsa, u holda bu me’yorlarni kamaytirish mumkin emas.
Me’yoriy - nisbiy kattalik bo’lib, asosan foizlar yoki koeffitsientlar yordamida aks ettiriladi. U mehnat vositalari va predmetlaridan foydalanish darajasini, ularning har bir maydon birligi, og’irlik birligi, hajm birligiga sarflanishini tavsiflab beradi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin