Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati reja


Bergstrom B. Business Plan for a Startup Company VRDA. Degree programme in



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə30/36
tarix20.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#145828
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
biznes reja Untitled.FR12

9 Bergstrom B. Business Plan for a Startup Company VRDA. Degree programme in

  1. - jadval.

K
korxona filliallarini tashkil etish rekonstruksiya uchun investitsiya
korxonani ijaraga berish korxona bo’limlarini sotish
boshqa korxonalarning aksiyalarini o’zlashtirish


  • modernizatsiya

  • ratsionalizatsiya

  • qaytar lizing

  • reinvestitsiya

  • ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish


mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqartirish ishlab chiqarishni konservatsiya qilish korxonani ijaraga berish
korxonani tugatish boshqa korxonalar bilan qo’shilish


orxona missiyasi va maqsadi o’rtasidagi farqlar.


Ko’rsatkichlar

Missiya

Maqsad

Vaqt omili

Istiqbolga yo’naltirilgan, lekin aniq vaqti belgilanmagan

Bajarish muddati aniq

Axborotning
yo’naltirilganligi

Tashqi muhitga - iste’molchilarga, jamiyatga, ularning manfaatlariga, qadriyatlarga yo’naltiriladi

Ichki muhitga - korxona resurs va imkoniyatlaridan foydalanishni yaxshilashga yo’naltiriladi

Ifodalash
xususiyatlari

Umumiy terminlar orqali ifodalanadi va korxona markazi, stili, hulqi, imidji yoritiladi

Korxona faoliyati natijasi aniq ifodalanadi

O’lchov

Sifat xarakteristikalari ustun

Miqdor jihatdan o’lchamga ega




5.6-chizma. Ishlab chiqarish potensialini strategik rejalashtirish.


Shunday qilib, uzoq muddatli rejada firmaning umumiy strategiyasi aks ettiriladi, kelgusidagi modeli yoritiladi. Firmaning rivojlanish yagona strategiyasi sifatida struktura, tizim, xodimlar, qobiliyatlar birligi, umumiy qadriyatlar kabi muhim ijtimoiy iqtisodiy omillarning o’zaro ta’sir mexanizmini ifodalaydi.
Ushbu barcha omillar o’zaro bog’langan bo’lib firmaning aniq reja-boshqaruv natijalariga kom’leks ta’sir ko’rsatadi. Keltirilgan model strategiya rejalashtirishni ko’rsatkichlarini yuzaki shakllantirish jarayoni sifatidagina emas, balki barcha
toifadagi xodimlar o’rtasidagi ijodiy hamkorlik va kelishuvchilik mexanizmi, ularning shaxsiy manfaatlarini korxona umumiy maqsadi bilan bog’lash asosi sifatida ham bog’lagan.
Qisqacha xulosalar
Strategiya korxonaning barqaror iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishini, mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlamog‘i lozim.
O‘sish” - korxona o‘lchamining oshishi va ishlab chiqarish hajmining kengayishini ifodalaydi. Xususan, ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, sotuv hajmining o‘zgarishi.
Rivojlanish esa birinchi navbatda xo‘jalik tizimining sifat jihatidan o‘zgarish va yangilanishi, barcha bo‘limlarda texnika, texnologiyalarni, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishni ko‘zda tutadi.
Mazmuniga ko‘ra strategiya korxona va uning tashqi muhitdagi asosiy bazaviy jarayonlarni, iqtisodiy salohiyatini oshirish, imkoniyatlarni e’tiborga oladi yoki ko‘zda tutadi.
Korxona miqyosidagi strategik echimlarga korxona joylashadigan joyni tanlash, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiyalash, ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy huquqiy shaklini, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning shakllarini o‘zgartirishni, innovatsiyalar - yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, yangi mahsulot turlarini yaratish, bozorlarga chiqish, korxonalarni qo‘shilishi va mulkchilikning boshqa shakllariga o‘tkazilishi kiritish mumkin.
Nazorat uchun savollar:

  1. Iqtisodiy o’sish va rivojlanishni ta’minlashda strategik rejalashtirishning axamiyatini yoritib bering?

  2. Iqtisodiy o’sishning qanday shakllari mavjud?

  3. Iqtisodiy rivojlanishning qanday turlari mavjud?

  4. Korxona miqyosida qanday strategik qarorlar belgilanadi?

  5. Strategiya turlari va ularning mohiyatini ochib bering?

  6. Strategik jarayon qaysi bosqichlardan iborat bo’ladi?

  7. Maqsad va missiya orasidagi farqlar qaysi mezonlar bilan ifodalanadi?

Test savollari:

  1. Iqtisodiy o‘sish - ?

  1. Xo‘jalik yuritish tizimidagi sifat jihatdan o‘zgarishlar va yangilanishlar;

  2. Xo‘jalik hajmining o’sishi;

  3. Xo‘jalik faoliyatini yuritish tizimini o‘zgarishi;

  4. Ishlab chiqarish shaklini o‘zgartirish.

  1. Texnologik jihatdan o‘xshash ishlab chiqarishning birlashuvi bu - ?

  1. Iqtisodiy o‘sish;

  2. Iqtisodiy rivojlanish;

  3. Ishlab chiqarish strategiyasi;

  4. Ishlab chiqarish taktikasi.

  1. Tadbirkorlik ob’yektiga yoki xo‘jalik ob’yektiga ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlari doirasida zaruriy innovatsiyalarni, o‘zgarishlarni kiritish bu - ?

  1. Iqtisodiy o‘sish;

  2. Iqtisodiy rivojlanish;

  3. Ishlab chiqarish strategiyasi;

  4. Ishlab chiqarish taktikasi.

  1. YAngi va eski bozorlarda tovarlarni sotish hajmini ko‘paytirish bu - ?

  1. Iqtisodiy o‘sish;

  2. Iqtisodiy rivojlanish;

  3. Ishlab chiqarish strategiyasi;

  4. Ishlab chiqarishning o‘zgarishi.

  1. Maqsadga erishish vositalarini belgilash bu - ?

  1. Strategiya;

  2. Taktika;

  3. Oddiy harakat;

  4. Dastur.

  1. Korxona faoliyatini boshqarish uslublarini tanlash bu - ?

  1. Strategiya;

  2. Taktika;

  3. Oddiy harakat;

  4. Dastur.

  1. Korxona miqyosidagi qabul qilinadigan strategik qaror bo‘lib quyidagi xisoblanadi:

  1. Korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash;

  2. Ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish;

  3. Korxonaning kelajakdagi istalgan va hozirdagi real holatini belgilash;

  4. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqatirish.

  1. Korxonani o‘z vaqtida resurslar bilan ta’minlash bu - ?

  1. Strategiyani amalga oshirishning muxim masalasi yoki yo‘nalishi;

  2. Korxona missiyasi va maqsadi;

  3. Korxonaning tashqi va ichki muxitini baholash yo‘nalishi;

  4. Korxona taktikasi.

  1. B.K.G. matritsasi quyidagilarni aniqlash uchun zarur ...

  1. Korxonaning bozor ulushini belgilash;

  2. Mahsulotlar portfelini shakllantirish;

  3. Mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish hajmini aniqlash;

  4. Korxonaning tarmoqdagi ulushini aniqlash.

  1. Quyidagi strategiya turlari mavjud:

  1. Xujumkor, himoyalanuvchi va qisqartirish;

  2. Intensiv, integratsiya va diversifikatsiya;

  3. O‘sish, rivojlanish va konbinatsiyalashgan;

  4. O‘sish va rivojlanish.

  1. BOB. KORXONANING BIZNES REJASI

Tayanch so’z va iboralar: biznes reja, biznes reja maqsadi, funksiyasi, biznes rejaga qo’yiladigan talablar, biznes reja tuzilmasi, rezyume.

  1. Biznes rejaning mohiyati, maqsadi va vazifalari

Erkin bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyati biznes rejaga asoslanadi.
Biznes reja - korxona faoliyatining texnik iqtisodiy asoslash, rejani tuzish jarayoni, uni tuzishgacha olib boriladigan tahlil, shaxsiy biznesni aniq faoliyatda tasavvur etish imkoniyatini beradi.
Biznes reja - yangi faoliyat turlarini o’zlashtirish, biznesni yangi shakllarini yaratish hamda korxonani qisqa muddatlarda rivojlantirish rejasi hisoblanadi.10
Iqtisod fanlari doktori professor V. esa “Biznes reja yangi korxonani shakllantirishga yoki biror-bir yangi tijorat faoliyatini amalga oshirishga yo’naltiriladigan harakatlarni asoslashga qaratilgan xujjatdir” degan edi.
Biznes rejani tayyorlash natijasida “Ishni nimadan boshlash

kerak?”; “Samarali ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim?”; “Birinchi foyda yoki daromad qachon olinadi? ”; “Investorlar bilan qachon hisob-kitob qilinadi?”; “Yuzaga kelishi mumkin bo ’lgan xavf-xatarni qanday kamaytirish mumkin?”;“Raqobatchilar bilan kurashda qanday choralardan foydalanish mumkin?” kabi savollarga javob olinadi.
Biznes reja quyidagi maqsadlar uchun tuziladi:

  1. Korxonaning faoliyat darajasini aniqlash uchun.

  2. Tadbirkorlik faoliyatining xavf-xatarlarini kamaytirish uchun.

  3. Biznes faoliyatini kelgusida rivojlantirish yo’nalishlarini miqdor va sifat ko’rsatkichlari tizimi ko’rinishida aniqlashtirish uchun.

  4. Investor e’tibori va qiziqishini jalb qilish uchun.

  5. Jalb qilinadigan moliyaviy mablag’larning istiqbolligini aniqlash uchun.

  6. Ko’rsatkichlarni rejalashtirish bo’yicha tajribaga ega bo’lish uchun.

Biznes reja quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:

  1. Biznesni yuritish konsesiyasini ishlab chiqish.

  2. Korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash.

  3. Korxona strategiyasini amalga oshirish quroli.

  4. Pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.

  1. Biznes rejaga qo’yiladigan talablar va uni tayyorlash bosqichlari

Biznes reja quyidagi talablarga javob bergan taqdirda samarali hisoblanadi:

  1. Biznes rejadagi har bir ko’rsatkich, element, bosqich qat’iy ravishda asoslanishi shart.

  2. Vazifalarning aniq va o’z vaqtida bajarilishi.

  3. Reja ko’rsatkichlarini bajarilishini doimiy hisobga olish.

  4. Ichki va tashqi muhitdagi o’zgarishlarni ijobiy qabul qilish

  5. Fan-texnika taraqqiyoti va xo’jalik yuritishning ilor tajribalariga tayanish.

Biznes rejani ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:11
Birinchi bosqich - biznes rejani tayyorlash uchun zaruriy axborot manbalarini aniqlash. Bunday manbalarga biznes rejalashtirishga oid darslik va o’quv qo’llanmalar, xukumat materiallari, tarmoq nashrlari, auditorlik firmalari,biznes reja tuzish bo’yicha kurslar va h.k.
Ikkinchi bosqich - biznes reja maqsadini aniqlash. Maqsadlar biznes reja hal etish lozim bo’lgan muammolardan kelib chiqadi. Komaniyaning ichki va tashqi maqsadlari o’zaro bog’langan. Masalan, tashqi maqsadlar ya’ni investorlarni jalb etish maqsadiga, tijorat banklariga nafaqat kreditor sifatida balki tadbirkorlik loyihasining to’liq ishtirokchisi bo’lish taklif etilganda tezrok va to’liqroq erishish mumkin.
Ushbu holat loyihaga qo’shimcha e’tiborni yuzaga keltiradi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha tijorat banklari biznes rejalar uchun kredit ajratishdan ko’ra, ularni biznes rejani amalga oshirishda bevosita ishtirok etishi (hamkorlik, aksionerlik(hissadorlik) kapitalida umumiy ishtirok etish, foydani taqsimlash) bilan uyg’unlashtirishdan manfaatdordir.
Agar biznes rejada yuqoridagi holatlar qayd etilsa moliyaviy resurslarni olish osonlashadi.
Uchinchi bosqich biznes rejaning kimga yo’naltirilganligini aniq belgilash. Ushbu harakat orqali biznes rejaning mazmunini belgilash mumkin bo’ladi. Masalan, aksiya chiqarish va sotish hisobiga moliyalashtirishga yo’naltirilgan firma dividendlar miqdori, ularni to’lash ta.rt.ibi borasida ma’lumot berishi lozim;
To’rtinchi bosqich tuzilayotgan hujjatning umumiy tuzilmasini belgilash;
Beshinchi bosqich biznes rejaning har bir bo’limini tayyorlash uchun axborot yig’ish. Ushbu bosqichda zaruriy va yetarli bilim va tajribaga ega bo’lgan insonlar, xususan, kom’aniya xodimlari, tashqi konsultantlar, moliyachilar, buxgalterlar, marketologlar, iqtisodchilar yordamiga murojaat etish lozim.
Axborot yig’ishni boshlashdan oldin biznes reja bo’limlari bo’yicha savolnoma tuzish maqsadga muvofik bo’ladi.
Oltinchi bosqich biznes rejani yozish (tayyorlash). Bunda eng asosiy qoida shundaki, tadbirkor biznes rejani mustaqil yozishi zarur. Tashqi maslahatchilar ishtiroki bundan avvalgi bosqichda to’xtatiladi. Yakuniy bosqichda ular tadbirkorga faqat ko’makchi sifatida ishtirok etadi.
11 Friend G., S.Zehle. Guide to Business Planning. The Economist in Association
Ettinchi bosqichda tadbirkor biznes rejani manfaatdor shaxslarga tanishish uchun berishi mumkin.
Biznes rejaning mazmuni va hajmi turli omillarga bog’lik bo’ladi:

  • korxona o’lchamlariga (kichik biznes uchun 10-20 bet; yirik korxonalar uchun 30-50 bet);

  • tarkibiy qismlarning to’liqlik darajasiga ko’ra (yiriklashtirilgan yoki detallashtirilgan);

  • vazifasiga ko’ra (ichki foydalanish uchun, investorlar uchun, bank kreditlarini olish uchun);

  • rejalashtirish davriga ko’ra (1 yillik, bir necha yilga mo’ljallangan);

  • tuzuvchilarning malakasi va texnik iqtisodiy asoslashni tayyorlash borasidagi amaliy tajribasiga.

Rejani tuzish jarayoni va firma faoliyatini har tomonlama tahlil etish rahbarlarga o’z korxonasini chetdan kuzatishga majbur qiladi, o’xshash korxonalar bilan solishtirish esa kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan texnik va moliyaviy muammolarni oldindan ko’ra olish imkonini beradi. Agar firma bankrotlik yoqasida turgan bo’lsa, biznes reja shubhasiz tijorat o’eratsiyalaridan voz kechish, to’lov qobiliyati va rentabellik darajasini oshirish usullarini topishga yordam beradi.
Ko’pchilik kredit beruvchilar va investorlar sifatli rejani ko’rmasdan turib biznesga mablag’ sarflamaydilar.
Investorlar tadbirkorlikning quyidagi xususiyatlariga diqqatlarini qaratadilar: ishchan obro’, qarz to’lash uchun pul oqimi, kafolatni qo’shimcha ta’minlash, shaxsiy kapitalning 50 % dan kam bo’lmagan salmoi.
Ko’p korxonalar biznes rejani bir yilga tuzadilar. Biznes rejaning maqsadi va funksiyalarining turlicha ekanligi uni qat’iy tartibda tuzish lozimligini talab etadi. Axborotlar to’liq, aniq, ishchan bo’lishi lozim. Ayniqsa grammatik va orfografik xatolarni qilmaslikka harakat qilish lozim.

  1. Biznes reja tuzilmasi va tarkibi

Biznes reja yuqori poligrafik darajada yozilishi talab etiladi. Titul varaida rejaning nomi yoziladi, raqami qo’yiladi.
Rejani tuzishda statistik ma’lumotlardan keng foydalanish, ularning manbaalarini ko’rsatib o’tilishi zarur. Zarur bo’lganda fotosuratlar, jadval va chizmalardan foydalanish mumkin. Investor yoki potensial hamkorga zaruriy bo’limni topishda qulaylik yaratish maqsadida mundarija ham berilishi kerak.
Biznes reja tarkibi va bo’limlarning sifat darajasini tadbirkor yoki uning nomidan ish ko’ruvchi menejer belgilaydi.
Yirik korxonalar uchun biznes reja strukturasi quyidagi bo’limlardan iborat bo’ladi:

- titul varai: (biznes reja muqovasi) korxona nomi, korxona rahbari familiyasi,
12
manzili, telefon va faks nomeri.
Rezyume: biznes rejaning qisqacha mazmuni.

  1. Biznesni ifodalash:

    1. Korxona (firma) ning joylashgan o’rni;

    2. Faoliyat maqsadi;

    3. Tarmoq va korxona turi;

    4. Faoliyat turi;

    5. Asosiy tovar (xizmat yoki ish);

    6. Bozor talabi (sotish bozorini baholash);

    7. Mahsulot iste’molchilari;

    8. Tashqi iqtisodiy aloqalarni tashkil etish;

    9. Bozorga chiqish strategiyasi.

  2. Marketing va tovar (xizmat) larni sotish rejasi:

    1. Mavjud va potensial extiyojlar;

    2. Bozorni tadqiqqilish, mahalliy, regional, milliy, jahon;

    3. Tovarni iste’molchilarga harakatlantirish usullari;

    4. Iste’molchilarga sotuvdan keyin xizmat ko’rsatish (servis) va kafolat;

    5. Baholash;

    6. Raqobat va raqobatda ustunlik;

    7. Reklama;

    8. Mahsulotni sotish: transortirovka, sug’urtalash, bojxona yig’imlari.

  3. Innovatsiya rejasi:

    1. Mahsulot holati: xarakteristikasi va tavakkalchilik;

    2. Mahsulotni takomillashtirish va yangi mahsulotlar;

    3. Ilmiy tadqiqotlar uchun xarajatlar;

    4. Asosiy kapitalni yangilash rejasi;

    5. Korxonani kengaytirish rejasi.

  4. Ishlab chiqarish rejasi:

    1. Ishlab chiqarish quvvati: foydalanish va rivojlantirish;

    2. Ishlab chiqarish sikli, zahiralar va mavsumiy tebranishlar;

    3. Mahsulot ishlab chiqarishning ishlab chiqarish grafigi;

    4. Ta’minot strategiyasi;

    5. Xizmat sohasini rivojlantirish.

  5. Boshqarish:

    1. Korxonaning tashkiliy (strukturasi) tuzilmasi;

    2. Korxonaning bosh rahbarlari, majburiyatlari,javobgarlik;

    3. Direktorlar kengashi, mutaxassis maslahatchilar;

    4. Hamkor kom’aniyalar;

    5. Xodimlarni tanlash va mehnat motivatsiyasi.

  6. Xodimlar:

    1. Xodimlar soni;

    2. Mutaxassislarga ehtiyoj;

    3. Kadrlar tayyorlash;

    4. Mehnatga haq to’lash shakl va tizimlari;

    5. Mehnatga haq to’lash xarajatlari;

    6. Mehnat unumdorligini oshirishni rejalashtirish.

  7. Tavakkalchilikni baholash va sug’urtalash:

    1. Korxona to’qnash kelishi mumkin bo’lgan xatar turlari;

    2. Xatarni oldini olish;

    3. Xatar miqdori;

    4. Sug’urta uchun xarajatlar.

  8. Huquqiy reja:

    1. Mulkchilik shakli va uning o’zgarishi;

    2. Korxonaning huquqiy statusi;

    3. Huquqbuzarlikni oldini olish;

    4. Firmaning huquqiy hujjatlarini to’ldirish.

  9. Korxona xarajatlari:

    1. Har bir mahsulot bo’yicha tannarx va foyda;

    2. Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar;

    3. Ishlab chiqarishga xarajatlar smetasi;

    4. Balans va sof foyda;

    5. Innovatsiya hisobiga xarajatlarni kamaytirish;

    6. Yangi tovarlar va innovatsiya loyihalari bo’yicha zararsizlikka erishish

davri.

  1. Moliyaviy reja:

    1. Korxonani va bo’linmalar bo’yicha foyda va zarar;

    2. Uzoq muddatli moliyalashtirish rejasi. Amortizatsiya siyosati;

    3. Kredit rejasi;

    4. Moliyaviy xarajatlar;

    5. Faoliyat turlari bo’yicha sotuv hajmi;

    6. Korxona balansi;

    7. Korxona foydasini taqsimlash. Dividend siyosati;

    8. Ustav fondini shakllantirish va foydalanish;

    9. Korxona byudjeti (oylar va kvartallar bo’yicha);

    10. Korxonaning moliyaviy ko’rsatkichlari.

Kichik korxonalar uchun tuziladigan biznes rejalar hajmi va bo’lim jihatidan ancha qisqa bo’ladi:

  1. Rezyume;

  2. Biznesning ifodasi;

  3. Marketing rejasi;

  4. Ishlab chiqarish rejasi;

  5. Moliyaviy reja.

Rejada tijorat maqsadi aniq, tushunarli va qisqa ifodalanishi talab etiladi.

  1. Rezyumeni yoritish tartibi

Rezyume biznes reja yakunlangandan so’ng tuziladi. Bunda biznes reja tuzuvchilar va rahbarlar loyihaning barcha jihatlari bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’ladilar.
Rezyumeni ishlab chiqish - bu ahamiyatga molik masala bo’lib, agar u ijobiy taassurot qoldirmasa, biznes reja o’qilmaydi va unga mablag’lar ajratilmaydi. Rezyume biznes rejaning qisqa tavsifi bo’lib, uning hajmi 4 varaqdan oshmasligi lozim. U sodda, tushunarli va aniq ifodalanishi lozim. Bunda maxsus terminlardan kamroq foydalanish tavsiya etiladi. Rezyumeda katta e’tibor siz nima qilmoqchi ekanligingizga qaratilib, nima hisobiga sizning mahsulotingiz raqobatchilar mahsulotidan farq qiladi. Nima uchun iste’molchilar aynan sizning mahsulotingizni sotib olishni hohlaydilar? Rezyumening oxirgi varaintda loyihani amalga oshirish natijasida erishilishi kutilayotgan moliyaviy natijalar aks ettiriladi. Shuningdek, bu varaqda yaqin yillardagi sotish hajmi, yalpi foyda, xarajatlar rentabellik darajasi hamda jalb qilingan mablalarni qaytarish muddati ham ko’rsatilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Biznes rejani tayyorlash davomida, 2 ta asosiy savolni ushlab turishingiz lozim. Bular “Biznes rejani samarali amalga oshirish natijasida men nimaga ega bo’laman?” hamda “pul mablalarini yo’qotish xavfi qanday?”.
Iqtisodchi olimlar va tadbirkorlar tajribasi tahlili biznes rejaning ushbu qismiga yetarli ahamiyat berilmayotganligini ko’rsatadi.
Biznes rejaning qisqa tavsifining mazmuni quyidagi masalalarga javob berishdan iborat bo’ladi:
Biznes:

  • biznes faoliyatini shakllantirish va uni rivojlanish tarixi;

  • biznes faoliyat maqsadining qisqacha tavsifi;

  • aksiyalarni taqsimlanishi va rahbarlarning strategik qarorlarni qabul qilishda

ma’suliyati.
Mahsulot:
- mahsulotni nima mukammal qiladi hamda uni farq qiluvchi xususiyatlari xususan raqobatchi mahsulotdan farq qiluvchi jihatlari.
Bozor:

  • mavjud bozor sig’imi;

  • taqsimlash kanallari;

  • o’sish prognozi;

  • ehtimol qilinayotgan bozor ulushi.

Rahbar va personallar:

  • yaratiladigan ish o’rinlarining soni;

  • mutaxassis va xizmatchilarning malaka darajasi;

  • mazkur biznes faoliyatidagi mavjud tajribalarning qisqacha tavsifi.

Moliyalashtirish:

  • talab qilinadigan moliyaviy mablalarning aniq maqsadi;

-daromad va sof foyda prognozi;
-kutilayotgan foyda prognozi.
Qisqacha xulosalar
Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatning rejalashtirish biznes rejaga asoslanadi.
Biznes reja - korxona faoliyatining texnik-iqtisodiy asoslash. Rejani tuzish jarayoni, uni tuzishgacha olib boriladigan tahlil shaxsiy biznesni aniq faoliyatda tasavvur etish imkoniyatini beradi.
Raqamlar, grafiklar, yangi tovar (xizmat)lar namunalari xujjatlari bilan ifodalangan yetkazishning eng qulay usuli bo’lib hisoblanadi. Biznes reja xissadorlarni aktsiyalarni sotib olishga va ishni moliyalashtirishga qiziqtirish, shuningdek mablag’larni investitsiyalashning istiqbolligini isbotlash uchun ham xizmat qiladi.
Biznes reja amaldagi firmalar bilan birga yangitdan tashkil etilayotgan firmalar uchun ham tuziladi. Agar biznes reja yangi korxona uchun tuzilayotgan bo’lsa, u holda xalqaro iqtisodiy amaliyotda umumiy holda qabul qilingan uslubiyatga asoslanish talab etiladi. Faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda firma faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qilgandan so’ngina reja tuziladi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Biznes reja maqsadi va vazifalari mohiyati nimalar bilan ifodalanadi?

  2. Biznes reja qanday funksiyalarni bajaradi?

  3. Biznes rejaga qanday talablar qo’yiladi?

  4. Biznes reja tuzilmasi qanday bo’limlardan tashkil to’adi?

  5. Biznes reja rezyumesi qanday maqsadda tuziladi?

Test savollari:

  1. «Biznes-reja» - ?

  1. Tadbirkorlik faoliyatining barcha asosiy tomonlari ifodalanadigan hujjat;

  2. Ishlab chiqarish strategiyasini ifodalaydigan hujjat;

  3. Tovarlarni tarqatish taktikasini ifodalaydigan hujjat;

  4. Narxlar sohasidagi strategiyani belgilaydigan hujjat.

  1. «Rezyume» bo‘limining asosiy maksadi - ?

  1. Korxona j oylashgan o‘ rnini belgilashda;

  2. Mahsulot va xizmat turini aniqlashda;

  3. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot istmolchilarini aniqlash;

  4. Ish taklifining qisqa mazmunini berilishi.

  1. Maqsad - bu ...

  1. Korxona imidji va tovar markazi;

  2. Foydani maksimallashtirish;

  3. Ob’ekt faoliyati xaqidagi tushuncha;

  4. Ob’ektning kelgusidagi istalgan holati.

  1. Yirik korxonalar uchun biznes reja necha bo’limdan iborat bo’ladi - ?

]| ^ 2
]| ^ 2
]| ^ 3
]| ^ 4
]| ^ 5
]| ^ 6
]| ^ 7
]| ^ 8
]| ^ 9
]| ^ 10
]| ^ 11
]| ^ 12
]| ^ 13
=ч 14
]| ^ 17
]| ^ 17
]| ^ 18
]| ^ 19
]| ^ 20
]| ^ 21
]| ^ 22
]| ^ 23
]| ^ 24
]| ^ 25
]| ^ 26
]| ^ 27
]| ^ 28
=ч 29
IBOB. BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES 39
1.1.Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va uning belgilari 39
1.2.Kichik biznesning bozor iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni 41
1.1-jadval 42
1.3.Biznes reja - kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining asosi sifatida 44
Test savollari: 46
2.2.Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari 50
2.3.Rejalashtirish tamoyilari 54
2.1- jadval 55
Test savollari: 59
3.2.Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish usullari 63
Test savollari: 65
IVBOB. REJALASHTIRISHNING NORMATIV ASOSLARI 68
4.1.Normalashtirish tushunchasi va uning asoslari 68
VBOB. KORXONA FAOLIYATIDA BIZNES REJALASHTIRISH 185
5.1.Korxona rejalashtirishning ob’ekti sifatida 185
5.1-chizma. Korxonalarning mulkchilik shakllari bo’yicha taqsimlanishi6 185
5.2-chizma. Ro’yxatdan o’tgan korxona va tashkilotlarning mulkchilik shakllari bo’yicha taqsimlanishi.7 187
5.2.Strategik rejalashtirish mohiyati va vazifalari 81
5.3.Strategiya turlari va strategik jarayon bosqichlari 83
5.4- chizma. Himoyalanuvchi strategiya. 85
5.5-chizma. Strategiyani ishlab chiqish bosqichlari. 85
5.1- jadval. 87
5.6-chizma. Ishlab chiqarish potensialini strategik rejalashtirish. 87
Test savollari: 88
VIBOB. KORXONANING BIZNES REJASI 89
6.1.Biznes rejaning mohiyati, maqsadi va vazifalari 89
6.2.Biznes rejaga qo’yiladigan talablar va uni tayyorlash bosqichlari 90
6.3.Biznes reja tuzilmasi va tarkibi 91
6.4.Rezyumeni yoritish tartibi 95
Nazorat uchun savollar: 96
Test savollari: 96
7.1- chizma. Tadbirkorlik faoHyati sohasini aniqlashning asosiy omiHari. 101
7.2- chizma. Biznesning asosiy shakllarini qisqacha tavsifi. 101
7.3- chizma. Raqobatbardoshlikni ta’minlash strategiyasi. 105
VIIIBOB. MARKETING REJASI 111
8.1.Marketing rejasining tarkibi 111
8.1- jadval. 112
Bozorni aniqlash chegaralari. 112
8.2- jadval. 112
8.3- jadval. 113
Raqobatchi korxonalar tahlili. 113
8.4- jadval. 113
8.5- jadval. 116
8.2.Mahsulotga narx belgilash 116
Qisqacha xulosalar 121
IXBOB. ISHLAB CHIQARISH REJASI 123
9.1.Ishlab chiqarish rejasining mazmuni, tarkibi, vazifasi 123
9.2.Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirish 124
9.3.Ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlar tizimi 125
9.1-jadval. 128
Nazorat uchun savollar: 130
Test savollari: 130
XBOB. ISHLAB CHIQARISH QUVVATINI REJALASHTIRISH 135
10.1.Ishlab chiqarish quvvati to’g’risida tushuncha va uning turlari 135
10.1- jadval. 138
10.2- jadval. 139
10.3.Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish ko’rsatkichlari 140
Qisqacha xulosalar 143
Test savollari: 143
11.1- jadval. 149
11.2- jadval. 149
11.3- jadval. 150
11.2.Korxonaning kadrlar siyosati va xodimlarni boshqarish 150
Qisqacha xulosalar 152
Nazorat uchun savollar: 152

  1. Biznes rejaning qaysi bo’limi boshqa bo’limlarni shakllantirish uchun asos bo’lib hizmat qiladi - ?

  1. Ishlab chiqarish rejasi;

  2. Biznesni ifodalash;

  3. Marketing rejasi;

  4. Moliyaviy reja.

  1. Material resurslarga bo’lgan talab biznes rejaning qaysi bo’limida aks ettiriladi?

  1. Ishlab chiqarish rejasi;

  2. Xarajatlar rejasi;

  3. Marketing rejasi;

  4. Moliyaviy reja.

  1. Biznes reja qaysi funksiyalarni bajaradi?

  1. Korxona taktikasini amalga oshirish, pul oqimlarini boshqarish;

  2. Korxona strategiyasini amalga oshirish, mablag’larni jalb qilish;

  3. Rivojlanish yo’nalishlarini son va sifatda tasvirlash;

  4. Harakatlar dasturini shakllantirish va yo’naltirish.

  1. Biznes rejaning mazmuni va sifati qaysi omillarga bog’liq?

  1. Korxona o’lchamlariga;

  2. Biznes reja tuzuvchilarning malakasiga va tajribasiga;

  3. Tarkibiy qismlarning to’liqlik darajasiga;

  4. Barcha javoblar to’g’ri.

  1. Mehnatga haq to’lash xarajat hisoblash biznes rajaning qaysi bo’limida amalga oshiriladi?

  1. Tashkiliy reja;

  2. Hodimlar rejasi;

  3. Xaraj atlar rej asi;

  4. Moliyaviy reja.

  1. BOB. KORXONA VA MAHSULOT TAVSIFI

Tayanch so’z va iboralar: korxona tavsifi, biznes faoliyati tavsifi, mahsulot tavsifi, mahsulotning afzalliklari va ustunligi, raqobat ustunligi.

  1. Korxona tavsifi

Har qanday tadbirkorlik loyihasining yoki biznes rejaning birinchi bo’limi biznes sohasini tavsiflashdan boshlanadi. Biznes sohasi avvalo mamlakat hududini va tarmoqni aniq bayon etishdan boshlanadi. Bu bo’lim bilan boliq ma’lumotlar asosida potentsial investor ushbu loyihaning mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy va xo’jalik munosabatlari tizimiga muvofiq kelishi, hududning investitsion jozibadorligi hamda biznes sohasining istiqbolligi haqidagi aniq tasavvurga ega bo’ladi.
Tanlangan tarmoq va biznes sohasi bo’yicha faoliyatni amalga oshirish qarori avvalo tadbirkor uchun muhimdir. Biznes faoliyat amalga oshiriladigan mazkur soha jiddiy iqtisodiy muammolar keltirmasligiga tadbirkor ishonch hosil qilishi zarur. Tanlangan tarmoqdagi rivojlanish tendentsiyalarini to’liq hisobga olmaslik tadbirkorlik loyihasini samarali amalga oshirish imkoniyatlarini cheklaydi.
Biznes sohasi tegishli bo’lgan tarmoqning mamlakat iqtisodiyoti va mehnat taqsimotidagi o’rnini, uning eks’ort salohiyati, boshqa tarmoqlar bilan ishlab chiqarish hamda texnik aloqalariga tegishli ma’lumotlarni bilish ham tadbirkor uchun foydali hisoblanadi.
Tarmoqning joriy holati hamda rivojlanish istiqbollari tahlili quyidagi tavsiflarni ham o’z ichiga oladi:

  • tarmoqning xom-ashyo manbai;

  • korxonaning bozor sig’imi va bozordagi o’rni;

  • potentsial mijozlar va ularning imkoniyatlari;

  • ishlab chiqarishning hududiy tuzilmasi;

  • asosiy fondlar va ularning tuzilmasi;

  • investitsion shart-sharoitlar.

Biznes sohasining investitsion jozibadorligi tahlili 3 bosqichdan iborat:

  1. Tanlangan tarmoqning rivojlanish bosqichlarini aniqlash;

  2. Tarmoqning raqobatbardoshligini o’rganish;

  3. Tarmoqning investitsion jozibadorligini belgilovchi omillarni o’rganish.

Ayrim tadbirkorlar uchun biror bir tarmoqda faoliyat yuritishi uchun iqtisodiy
muammolar yoki cheklovlar vujudga keladi. Bu cheklovlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • boshlanich kapitalning yuqori darajasi;

  • qo’yilmalarning qo’lanish muddatining uzoqligi;

  • foyda olishdagi noaniqlik.

Shuningdek, bozor kon’yunkturasini muntazam e’tiborga olish zarur. Chunki har qanday tadbirkorlik faoliyati tsikllik xarakterga ega, ya’ni faoliyat bozorga kirish, o’sish, yetuklik, to’yinish va pasayish bosqichlaridan o’tadi.






  1. - chizma. Tadbirkorlik faoHyati sohasini aniqlashning asosiy omiHari.

Bundan tashqari, iqtisodiy vaziyatlar vaqt bo’yicha emas balki makon bo’yicha ham ya’ni, hudud va tumanlar bo’yicha farqlanadi. Tadbirkorlik faoliyati tanlovi biznesning quyidagi shakllari asosida amalga oshiriladi (7.2-chizma).

Biznes
turi

Asosiy
funktsiyalari

Tashkiliy
shakllari

Ishlab chiqarish

Tovarlarni ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish

Korxonalar, firmalar, kompaniyalar

Tijorat

Tovarlar oldi-sotdisi, xizmat ko’rsatish

Sotuv tashkilotlari, tovar birjalari

Moliyaviy

Qimmatbaho qoozlar oldi-sotdisi, investitsiyalash

Banklar, fond birjalari, moliyaviy kompaniyalar

Vositachilik

Xizmatlar ko’rsatish

Tijorat tashkilotlari

Sug’urta

Sug’urtalash

Sug’urta kompaniyalari







  1. - chizma. Biznesning asosiy shakllarini qisqacha tavsifi.

Biznesda yutuqga erishish uchun o’z faoliyatiga muvofiq keluvchi, imkoniyatlarini ishga soluvchi bozorni hususan, raqobatchilar tomonidan yetarli foydalanilmagan yoki e’tibor qaratilmagan, butun faoliyatining quyilish nuqtasi hisoblangan “Bozor uyasi” ni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu “uya” tanlangan iste’molchilarga qaratiladi. “Bozor uya” si - bu, mavjud va tan olingan talablar va jamiyatning to’liq tan olinmagan muammolarini hal etish va qondirishning noan’anaviy usullari bilan o’zaro muvofiqlashtirishdir.
Korxona joylashgan hududning geografik va iqtisodiy, tarixiy ma’lumotlaridan tashqari ustav kapitalining miqdori, kapitalning ta’sischilar orasida taqsimlanishi bilan birgalikda quyidagilarni ham havola etish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  1. Soliq to’lovchining identifikatsion raqami;

  2. Korxonaning to’liq nomi;

  3. Korxona ro’yhatga olingan sana va guvohnoma raqami;

  4. Korxonaning manzili, telefon raqami va faks;

  5. Korxona bo’ ysinuvchi tashkilot;

  6. Korxonaning asosiy faoliyat turi;

  7. Korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli;

  8. Korxonaning mulkchilik shakli;

  9. O’zbekiston Respublikasining yagona Davlat reg’estriga kiritilganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma;

  10. Bank rekvizitlari;

  11. Korxonani nazorat qiladigan soliq ins’ektsiyasining manzili;

  12. Korxonaning tashkiliy strukturasi;

  13. Korxona rahbarlarining familiyasi va ismi, telefon raqamlari;

  14. Korxona faoliyati natijalariga ma’sul menejerlar tavsifi.

Zaruriy ma’lumotlar quyidagi tartibda jamlanadi:

  1. 1, 2, 4, 6, 7, 8-punktlar korxonaning ta’sis hujjatlari asosida to’ldiriladi.

  2. 3-punkt korxonani ro’yhatdan o’tkazgan mahalliy Davlat organlari tomonidan berilgan guvohnoma asosida to’ldiriladi.

  3. 9-punkt Moliya Vazirligi tomonidan yagona Davlat reg’estriga kiritilganligi haqidagi ma’lumotnoma asosida to’ldiriladi.

  4. 10-punktda korxonaning bankdagi hisob raqami hamda korxonaga xizmat ko’rsatuvchi bank manzili keltiriladi.

  5. 12-punkt chizma ko’rinishida havola etiladi.

  6. 13-punktda korxonaning barcha rahbarlari to’g’risida to’liq ma’lumotnoma havola etiladi.

Bunda quyidagilarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  • familiya va ismi;

  • telefon raqami va faksi;

  • yoshi;

  • ma’lumoti va tajribasi (bazaviy ma’lumot haqida dip’lom havola etgan oliygoh nomi ko’rsatilishi shart);

  • avvalgi ish joylaridagi lavozimi hamda ishlagan davri;

  • mazkur korxonada ishlash davri.

Shuningdek, ta’sischilar tarkibidagi eng yirik ulushni qo’shgan shaxslarni yoki aktsionerlarni ko’rsatilishi ham talab etiladi. Korxona to’g’risidagi ma’lumotlarning aniq bo’lishi qiziquvchilarning yoki investorlarning ishonchini va uning bozordagi barqaror o’rni haqidagi fikrlarni mustahkamligini ta’minlashi lozim.
Biznes rejaning muhim qismlaridan bin korxona ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan tovar va xizmatlar tavsiflanadigan bo’limdir. Biznesning asosini tashkil etadigan yoki firma tarixida yangi saxifa ochadigan tovar va xizmatlarni qanday tanlash kerak? Mustahkam xo’jalik aloqalariga ega bo’lmagan iqtisodiyot sharoitida mahalliy hom ashyo materiallarga asoslangan mahsulot va tovarlarni tanlagan tadbirkor muvaffaqiyat qozonadi. Lekin ushbu xo’jalik strategiyasi universal hisoblanmaydi. Ayniqsa jahon bozorlarida raqobatlashishni maqsad qilib mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar uchun foydali hisoblanmaydi.
Nisbatan chuqurroq yondashuv - qat’iy, barqaror raqobatbardoshlikni ta’minlash hisoblanadi. Lekin amalda bu nimani ifodalaydi? Raqobatbardoshlik nima bilan belgilanadi va qanday omillarga bog’liq bo’ladi? Gardvard universiteti professori Maykl Porter asarlarida rivojlantirilgan raqobatbardoshlikning zamonaviy nazariyasi raqobatda ustunlikning 2 turini ajratadi:

  • nisbatan past xarajatlar

  • ixtisoslashuv.

Nisbatan past xarajjatlar deganda ishlab chiqarishga xarajatlarning raqobatchilarga nisbatan minimal miqdori emas, balki firmaning raqobatchilarga nisbatan samaraliroq tarzda tovar ishlab chiqarish va sotishga erishiladigan qobiliyati tushuniladi. Ya’ni raqobatda ustunlikka erishish uchun tovar bilan bog’liq barcha o’eratsiyalar (konstruktorlik loyihalashdan iste’molchiga sotishgacha) tsiklini qisqa muddatlarda kam xarajatlar bilan tashkil etish imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Xaqiqatda ham, agar siz yuqori talabni keltirib chiqaruvchi yangilikni o’ylab to’gan bo’lsangiz,lekin ishlab chiqarishni talab darajasida tashkil etmasangiz xarajatlar va natijada narh ham yuqori bo’ladi va xaridorlar sizdan voz kechadilar. Agar siz yangi mahsulotingizni yuqori darajada yaratib uni ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan bo’lsangiz, lekin tovaringizni sotadigan sotuvchilarni to’la olmasangiz ham sizni muvafaqiyatsizlik kutadi.
Bunday holatda o’quvsiz savdogarlar o’zlarining yuqori xarajatlarini qo’lash maqsadida yuqori savdo chegirmasini talab qiladilar yoki tovar narxini oshib ketishiga olib keladigan ustamalarni belgilaydilar. Bu esa mahsulotning konstruktsiyasini takomillashtirish va ishlab chiqarish texnologiyasi samaradorligini oshirish xisobiga erishilgan iqtisodning yo’qotilishiga olib keladi.
Raqobat ustunligining yana bir turi ixtisoslashuv hisoblanadi. Bunda ixtisoslashuv deganda ma’lum bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish emas, balki xaridorlarning alohida extiyoj va talablarini qondirish va buning hisobiga mukofotli narh belgilash qobiliyati tushuniladi. Boshqacha aytganda, raqobatda ustunlikka erishish uchun, xaridorlarga yuqori sifatli bilan ajralib turuvchi yoki xaridorlarni qiziqtiradigan xususisiyatlarga ega bo’lgan tovarlar taklif etish orqali raqobatchilar orasida ajrab turish san’atini egallashingiz zarur.
Bunda siz raqobatbardoshlik strategiyasini ishlab chiqishda raqobatda ustunlikning faqat bir turiga tayanishingiz mumkin. Har 2 ustunlikdan bir vaqtda foydalanish sizni muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin. Raqobatbardoshlikni
ta’minlash strategiyasini tanlashdan avval tovarlar nomenklaturasi kengligini ifodalovchi “raqobat dia’azoni” tushunchasini kiritish talab etiladi. Shundan so’nggina raqobatbardoshlik strategiyasining barcha asosiy turlarini yagona strategiyaga birlashtirishga xizmat qiluvchi jadvalni tuzish mumkin bo’ladi.





Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin