2.
Qisqa muddatli kredit. Banklar va boshqa kredit beruvchilar, bu kabi kreditlar
maxsus maqsadlar-muddatli kreditlar ehtiyoj sifatida kelgusi mavsumda sotish
uchun beriladi. Bu kabi kredit uchun qarz bir yilga etmasdan uziladi.
3.
Uzoq muddatli kredit. Bu zayomlar bir yildan
ortiq muddatga korxonani
kengaytirish yoki takomillashtirish uchun beriladi.
4.
Aktsiyanerlar kapitalda
investorning qatnashishi. Bu kabi resurslar
qaytarilmaydi. Siz vositalarni olasiz va foydaning bir qismini investorga berasiz.
Boshqacha qilib aytganda, siz o'z korxonangizning bir qismini sotasiz.
Iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida bo'lgani
kabi tadbirkorlik
sohasida ham kadrlarning o'rni beqiyosdir. Shu sababli tadbirkorlik faoliyatida
ham kadrlar ta'minotini va ularning strategiyasini
ishlab chiqish muhim
ahamiyatga ega.
Kadrlar siyosati va boshqarish san'ati bu xalq xo'jaligida eng yaxshi
boshqaruv kadrlarini uzoq muddatga tayyorlashdir. Kadrlar siyosati korxonalarda,
firmalarda, korporatsiyalarda mutaxassislarni
qayta tayyorlash, uzoq muddatli
dasturlarda ishlab chiqariladi. Masalan, yangi biznes
usullarida tadbirkorlik
faoliyati sohalari bilan shug'ullanuvchi kadrlar kerak bo'ladi, shuningdek
Tadbirkorlik
asoslari, marketing, bank faoliyati sohalaridja
ishlashni biladigan
mutaxassislar zarur bo'ladi.
Katta korxonalarda kadrlar siyosatini shakllantirishda birinchi navbatda
kadrlar
xizmati rahbarlari, oliy, muntazam va funktsional rahbarlar ishtirok etadi,
ammo, yakuniy qarorni bosh direktor yoki direstorlar majlisi boshchiligidagi oliy
menejerlar korpusi qabul qiladi.
Xususiy tadbikorlikda kadrlar ta'minoti va strategiyasi bilan tadbikorning
o'zi shug'ullanadi.
Dostları ilə paylaş: