Yakka tadbirkorlik
|
•Yaxshi kasbiy sifatlarga ega odamga o’ziga zarur ish haqi bilan ta’minlash, ishga joylashish muammosini hal qilish imkonini beradi;
• Oson va arzon ro’yxatdan o’tkaziladi;
• Davlat boshqaruvi kam;
• Ko’p miqdordagi buxgalteriya hujjatlarini yuritish talab etilmaydi;
• 3 kishigacha ishchilarni yollab ishlatish imkoniyati mavjud;
• Moslashuvchanlik, tezkor qaror qabul qilish imkoniyati.
|
•Xo’jalik sub’ektining mavjudlik vaqti jismoniy shaxs umri bilan cheklangan;
• Biznes miqyosi cheklanganligi uchun boshlang’ich sarmoyani to’plash qiyin;
• “Rasmiy” biznes vakillaridan hech kim bunday ishga jiddiy ravishda sarmoya kiritishni hohlamaydi;
• Kredit resurslarini olish cheklangan;
• Agar siz qarzga pul olsangiz, sizning mulkingiz xavf ostida qoladi;
• Tadbirkorlikning barcha muammolarini bajarish qiyin; dam olish kuni, kasallik varaqasi, ijtimoiy to’lovlar bilan bog’liq muammolar.
|