Mavzu: bmt kodeksida korrupsiyaga munosabat



Yüklə 20,11 Kb.
səhifə2/2
tarix04.04.2023
ölçüsü20,11 Kb.
#92950
1   2
Mavzu bmt kodeksida korrupsiyaga munosabat

#breakthechain kampaniyasi tashkilotchilari kompleks jinoyat sanalgan korrupsiya ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mavjud ekaniga e’tibor qaratmoqdalar. Korrupsiyaga qarshi kurash barqaror rivojlantirish, xususan, qashshoqlikka barham berish, sayyoramizni himoya qilish va ijtimoiy tenglikni ta’minlash sohalarida maqsadga erishishning muhim tomoni hisoblanadi.
O‘zbekistonda BMTTD davlat sektorida korrupsiyaning oldini olish sohasida milliy hamkorlar bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor. Bu ustuvor jihatlar BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyotga ko‘mak dasturi (UNDAF)da O‘zbekiston Hukumati bilan birgalikda belgilanib, kelishib olingan.
Korrupsiya keng ma’noda mansabdor shaxslarning shaxsiy va guruhiy manfaatlari yo‘lida o‘z mansab vakolatlari va mavqeilarini suiiste’mol qilishida ifodalangan qilmishlardir.Korrupsiyaning sog‘lom ijtimoiy munosabatlarga tahdidi to‘g‘risida XX asrning so‘nggi choragida avvalo milliy darajada, so‘ngra esa xalqaro miqyosda ko‘proq gapira boshlandi. Uni nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy, psixologik va siyosiy tushuncha sifatida o‘rganila boshlandi.
Korrupsiyaviy qilmishlar — ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy omillar ta’sirida vujudga keluvchi va rivojlanuvchi o‘zining psixologik asoslariga ega bo‘lgan salbiy ijtimoiy fenomen.
O‘tgan asrning ikkinchi yarmida xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy taraqqiyotga intilishda aks etgan tarixiy jarayonlar shundan dalolat beradiki, mamlakatlarda amalga oshirilgan islohotlarning samaradorligi avvalo, hokimiyat tepasiga kelgan kuchlarning maqsadlariga, demokratik talablarga rioya etishiga, boshqarishning maqbul yo‘llarini tanlagan holda, korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bora olganligiga bog‘liq bo‘lgan. Bularning biror birida ijobiylik bo‘lmagan taqdirda, bu holat davlatlarning ijtimoiy taraqqiyot sari islohotlariga ham salbiy ta’sir etgan.

Transparency International (TI) xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan 1995 yildan buyon amalga oshirilib borayotgan davlatlarning korrupsiyalashganligi to‘g‘risidagi tadqiqotlar, so‘rovlarda aniqlangan davlatlarning korrupsiyalashganligi darajasi bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlari shundan dalolat beradiki korrupsiyalashmaganligi jihatdan ilgari o‘rinda turgan davlatlar asosan rivojlangan, demokratik davlatlar sanaladi. Korrupsiyalashganligi jihatdan yuqori o‘rinlarda turgan davlatlar esa asosan sobiq sotsialistik mamlakatlar va davlat boshqaruvida nodemokratik yo‘ldan borayotgan davlatlar bo‘lib, bularga Afrika va Osiyoning boshqaruvda diktatura, avtoritar rejim o‘rnatilgan davlatlari Gonduras, Kamerun, Nigeriya, Keniya, Tanzaniya, Paragvay, Uganda va MDHning ayrim davlatlari kiradi.


Korrupsiya ayrim davlatlarning qoloqlikda qolib ketishiga sabab bo‘lishi bilan birga, xalqaro munosabatlarga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda. Uning ijtimoiy xavfliligi, har qanday munosabatga buzg‘unchilik ta’siri xalqaro tashkilotlar faoliyatida ham kuzatiladi.
Korrupsiyaning nafaqat milliy jinoyatchilik balki transmilliy jinoyatchilik jinoyat ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar o‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab aytila boshlangan edi. 1998-1999 yillarda Yevropa komissiyasidagi bir qator shaxslarning o‘z mansab mavqeini suiiste’mol qilish, moliyaviy nayranglarda ayblanishi xalqaro jamoatchilikni korrupsiyadan yanada hushyorroq bo‘lishga undadi. 90-yillarda korrupsiyaviy qilmishlar xalqaro sport tashkilotlari faoliyatida ham yuz bergani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lsa kerak.


Keyingi o‘n yillikda qator xalqaro takshilotlar korrupsiyaga qarshi kurashda tashabbuskorlik ko‘rsatib, xalqaro hamjamiyatni bu illatni oldini olishda hamkorlikka da’vat etib kelmoqda.


Korrupsiyaga qarshi kurashga o‘zlarining faoliyatida alohida e’tibor berib kelayotgan quyidagi xalqaro tashkilotlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: BMT, Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, Transperensi Interneyshnl xalqaro nohukumat tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Amerika Davlatlari tashkiloti, Afrika Ittifoqi, Arab davlatlari Ligasi, Butunjahon bojxona tashkiloti singari xalqaro tashkilotlar. Ushbu tashkilotlar tomonidan korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashda hamkorlik qilish va boshqa davlatlarni, xalqaro biznes tashkilotlarini bu salbiy fenomenga qarshi kurashga jalb qilishga qaratilgan qator xalqaro hujjatlar qabul qilingan.


Korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro miqyosda qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurash va davlat xizmati sifatini ko‘tarish va davlat xizmatchilarining fuqarolar oldida mas’uliyatini oshirish va axloqiy jihatdan ko‘tarishga qaratilgan xalqaro hujjatlarga qo‘shilish, ularga amal qilish har qanday davlat uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda BMT darajasida qabul qilingan yuqoridagi mazmundagi bir qator hujjatlar mavjud.


Birlashgan Millatlar Tashkiloti korrupsiyaning mamlakatlarning milliy taraqqiyoti va barqarorligiga jiddiy xavf solishi mumkinligini hisobga olib va uning nafaqat milliy balki xalqaro hamjamiyatni tobora xavotirga solib borayotgan xalqaro illat deb e’tirof etuvchi qator hujjatlarni qabul qilgan. BMT doirasida Global korrupsiyaga qarshi kurash dasturi e’lon qilingan. Ushbu dastur milliy korrupsiyaga qarshi kurash dasturlarini amalga oshirishga yordam berish va mamlakatlarda korrupsiya tavakkalchiligini ko‘tarish, davlat xizmatchilarida sotilmaslik psixologiyasini shakllantirish, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan. Dasturda davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar sotib olishda va xalqaro iqtisodiy bitimlarda ochiqlik va hisobdorlik bo‘lishiga katta e’tibor berilgan. 1990 yilda BMT maxsus “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiya” deb nomlangan rezolyutsiyasini qabul qilgan. 1996 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurash” rezolyutsiyasida davlatlarni korrupsiyaning xalqaro aloqalarga bog‘liq bo‘lgan jihatlariga, ayniqsa korporativ tashkilotlarning xalqaro iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ro‘y beradigan noqonuniy bitimlarni jiddiy o‘rganib ko‘rishga chaqirgan. Bu to‘g‘risida BMTning «Xalqaro savdo operatsiyalarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risida»gi Deklaratsiyasi ham mavjud. BMT doirasida qabul qilingan 1996 yildagi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan Davlat mansabdor shaxslari axloqining xalqaro kodeksida davlat mansbdor shaxslari faoliyatining prinsiplari belgilab berilgan edi.


BMTning yuqorida qayd etilgan hujjatlarida korrupsiyaning xalqaro xarakteri va unga qarshi kurashning vositalari va metodlari haqida tavsiyaviy qoidalar o‘z aksini topgan. BMT tomonidan 2000 yilda qabul qilingan Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash Konvensiyasida korrupsiyaning tranmilliy xarakterdagi jinoyat ekanligi va unga qarshi kurashda Konvensiyaga qo‘shilgan mamlakatlarning majburiyatlari va korrupsiyaga qarshi kurashning keng qamrovli choralari o‘z aksini topgan.


BMT tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashga yo‘naltirilgan hujjatlar ichida 2003 yil dekabr oyida qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvetsiyasi muhim o‘rin tutadi. Mazkur hujjatni korrupsiyani qarshi kurashga qaratilgan xalqaro huquqning universal kodifikatsiyalashgan akti sifatida baholash mumkin. Konvensiyada korrupsiyaning milliy taraqqiyot va xalqaro munosabatlar barqarorligiga tahdid va demokratik institutlar va qadriyatlarni qo‘poruvchi illat sifatida baho berilgan. Konvensiyaning korrupsiyaga qarshi kurash choralari deb nomlangan bobida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashdagi siyosat va amaliyot masalalarida davlatlarning yondoshuvi, korrupsiya vujudga kelishi mumkin bo‘lgan sohalarda davlat ko‘rishi lozim bo‘lgan choralar, bunda davlat organlarining vazifalari va ular faoliyatining tashkil etilishi to‘g‘risidagi normalar mavjud.


Dunyoda tobora katta nufuzga ega bo‘lib borayotgan Yevropa Ittifoqi tashkiloti ham bir necha yildirki korrupsiyaga faol qarshi chiqish bilan birga, bu borada halqaro hamkorlikni mustahkamlashga ham harakat qilmoqda. U erishgan muhim yutuqlardan biri uning doirasida 1999 yilda Korrupsiyaga qarshi jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi va Korrupsiya uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Konvensiyalar qabul qilindi. Bu xalqaro hujjatlardan tashqari ushbu tashkilot doirasida ham qator amaliy chora-tadbirlarni ham amalga oshirmoqda.


Korrupsiyaga qarshi kurashda nohukumat xalqaro tashkilotlar ichida Transperensi Interneyshnl (Transparency International) mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar faoliyatida bu illatga qarshi kurash borasida qator tashkiliy ishlar amalga oshirib kelmoqda. Tashkilot 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shtab-kvartirasi Berlinda joylashgan. Tashkilotning asoschisi va raisi sobiq Jahon banki rahbariyatda faoliyat ko‘rsatgan Peter Aygen hisoblanadi. Peter Aygenning ilgari bunday yirik moliyaviy tashkilotda faoliyat yuritgani Transperensi Interneyshnlning dunyodagi mamlakatlarning korrupsiyalashganligi darajasini aniqlashda va korrupsiya fenomeniga qarshi chiqishiga o‘ziga xos turtki bo‘lgan deyish mumkin. Transperensi Interneyshnl tashkiloti ko‘pchilik tadqiqotchilar va xalqaro tashkilotlar rahbarlarining fikricha korrupsiya sohasida ancha obro‘li ekspert takshilot sanaladi. Tashkilot bir necha yildirki dunyodagi mamlakatlarning korrupsiyalashganligini monitoring qilib boradi. Monitoring natijalariga ko‘ra Transperensi Interneyshnl har yili korrupsiya indeksi deb nomlangan mamlakatlarning korrupsiyalashganligi darajasini aks ettiruvchi o‘ziga xos reytingni nashr etadi. Bundan tashqari Transperensi Interneyshnl korrupsiyaga qarshi kurash jabhasidagi ilg‘or tajribalarni keng yoyish bilan ham shug‘ullanadi. Ko‘pchilik ekspertlarning tan olishicha, ushbu tashkilot tomonidan e’lon qilinayotgan korrupsiya indeksi u yoki bu jamiyatning qanchalik «ifloslanganligini» aks ettiradi. Tashkilot biror bir mamlakatning korrupsiya indeksini aniqlash uchun, avvalo mamlakatdagi korrupsiyalashganlik haqida keng va ishonchli ma’lumotlar to‘playdi. Ma’lumotlar bir necha manbalardan olingandan so‘ng ular tahlil etiladi.


Jahon bankini dunyoda mamlakatlarning korrupsiyalashishiga qarshi yirik moliyaviy tashkilot sifatida baholash mumkin. Jahon banki mamlakatlar bilan aloqalarida ularning korrupsiyalashmaganligiga jiddiy e’tibor beradi. Unga kredit olish uchun murojaat etgan davlatlar korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borayotgan bo‘lsalar va olingan kredit pullarini maqsadga muvofiq ravishda ishlatish, mansabdor shaxslarning o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatmasligiga kafolat bera olsalar va bunga bankni ishontira olsalargina kredit olishga erishadi.
Yüklə 20,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin