O’XSHASHLIK NAZARIYASI — fizik hodisalarning o’xshash sharoitlarini miqdoriy jihatdan tadqiq qilish usullarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan ta’limot. Fizik o’xshashlik turdosh hodisalar orasidagi muvofiqlikni, ya’ni bir fizik hodisaning barcha miqdoriy ko’satkichlari mutanosib ravishda o’zgartirilishi natijasida hosil bo’lishini bildiradi. O’xshashlik nazariyasining asosiy vazifasi turli fizik hodisalarning o’xshashlik mezonlarini aniqlash va shu mezonlar yordamida hodisalarning o’zini o’rganishdir. Fizik hodisalar, jarayonlar va sistemalar o’xshashligi bir sistema holatini ifodalovchi o’zgaruvchi kattaliklarning vaqtning o’xshash paytlarida fazoning o’xshash nuqtalaridagi qiymatlari boshqa sistemaning xuddi shunday kattaliklariga mutanosib bo’lishiga asoslandi. Kattaliklarning har biriga tegishli mutanosiblik (Proportsionallik) koeffisienti o’xshashlikkoeffisienti deyiladi.
Fizik o’xshashlik geometriyada biz yaqqol va sodda ravishda ko’radigan geometrik o’xshashlikning umumlashmasidir. Geometrik o’xshashlikda o’xshash figuralar yoki jismlarning o’xshash geometrik elementlari orasida mutanosiblik (o’xshashlik) bo’ladi. Maydonning fizik o’xshashligida ikki sistemaning mos fizik parametrlari fazo va vaqtda o’xshash bo’ladi. Masalan, kinematik o’xshashlikda qaralayotgan ikki harakat uchun tezliklar maydonning o’xshashligi mavjud bo’ladi; dinamik o’xshashlikda esa ta’sir qilayotgan turli tabiatli kuchlar (og’irlik kuchlari, bosim kuchlari, yopishqoqlik kuchlari va shahri o’xshashlik) yoki kuchlar maydonining o’xshashligi amalda bo’ladi; mexanik o’xshashlik(masalan, ikki suyuqlik yoki gaz oqimining, ikki elastik sistemaning o’xshashligi) amalda bo’lishi uchun geometrik, kinematik, dinamik o’xshashlik mavjud bo’lishi kerak; elektrodinamik o’xshashlikda — tok, kuchla- nish, quvvat maydonlarining o’xshashligi bo’lishi kerak. Bu o’xshashliklar fizik o’xshashlikning xususiy ko’rinishidir.
Zaryadli zarrachalarning elektromagnit maydonlardagi harakati.Massasi m va zaryadli e zarrasi tekis kondensatorning elektr maydoniga v tezlikda uchib ketsin. Kondensatorning uzunligi x, maydon kuchi E. Elektr maydonida yuqoriga qarab, elektron egri traektoriya bo'ylab kondansatör orqali uchib o'tadi va dastlabki yo'nalishdan y ga og'ib, undan uchib chiqadi. Maydon kuchi ta'sirida F = eE = ma, zarracha vertikal bo'ylab tezlanish bilan harakat qiladi, shuning uchun. Doimiy tezlikda zarrachaning y o'qi bo'ylab harakatlanish vaqti. Keyin Va bu parabolaning tenglamasi. Bu. zaryadlangan zarracha elektr maydonida parabola bo'ylab harakatlanadi. Zaryadlangan zarrachalarning magnit maydondagi harakati.