Mavzu: bola hayotida kun tartibi va uning ahamiyati


Maktabgacha yoshdagi bolani rivojlanishida kun tartibining ahamiyati



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə6/14
tarix02.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#123643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
IBODULLAYEVA SARVINOZ

Maktabgacha yoshdagi bolani rivojlanishida kun tartibining ahamiyati


Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim –tarbiyasiga qoʻyiladigan Davlat talablari” orqali nazorat qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim –
tarbiya mazmunining asosiy yoʻnalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan minimal talablar berilgan boʻlib u davlat xujjati sifatida e’tirof etiladi.
Bolarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish “Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash” tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi.
“Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da mamlakatning ijtimoiy –iqtisodiy taraqqiyotini ta’limning asosiy omili boʻlgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berilgan sogʻlom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yoʻnalishidir.
Davlat talablari asosida tuzilgan “Bolajon” tayanch dasturiga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarning ota –onalari, tarbiyachilari, hamda oʻzlari uchun turli sohalar boʻyicha dasturlar, qoʻllanmalar, tavsiyalar va jismonan rivojlantirishga yordam beradigan turli tuman oʻyinlar va ta’lim tarbiya metodi yoritiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim –tarbiyasiga qoʻyiladigan Davlat talablarida belgilangan koʻrsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashga, mustaqil Oʻzbekistonning ravnaqi uchun barkamol inson boʻlib yetishishlariga zamin hozirlaydi. Bolani maktabga tayyorlashda oilani oʻrni juda kattadir. Bola tarbiyasida oilaning barcha a’zolaridan bolalarga nisbatan toʻgʻri munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak ma’suliyat hissini ham talab qiluvchi qiyin va murakkab ishdir.
Bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama jumladan ma’naviy axloqiy, aqliy estetik, jismonan va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi.
Ma’naviy tarbiyani bolaga oʻtmishda Vatan ravnaqi, el –yurt tinchligi va faravonligi yoʻlida kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, mustaqillik, qadriyat va an’analarimizni oʻrgatish orqali singdirish mumkin.
Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadigan, boshqa hyech qaysi tarbiya ob’kti oiladagidek yuqori natija bermaydi.
Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda ham oilaning muhim oʻrni bor. Oila davrasida qoʻshiqlar kulanishi, biror ertak yoki asarni oila davriasida oʻqish, birga spektakl va kino koʻrish va tahlil qilish va hokazolar bolani estetik tarbiyasini shakllantirishdagi jihatlardir.
Ota –onalar voyaga yetayotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga oʻta ma’suliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badan tarbiya mashqlarini bolalar bilan birgalikda bajarish, toʻgʻri va vataminlashgan ovqat berish, dam olishni, uyquni toʻgʻri tashkil etish, kun tartibiga rioya qilish, vaqtida shifokor nazoratidan oʻtkazishlari zarur.
Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saramjom – sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir. Bola hayotining kun tartibi, odatda sogʻlom bola kasalmand va zaif bolaga nisbatan maktab kun tartibiga va butun dars davomida oʻzida joʻsh oʻrib turgan gʻayratlarini tiyib jim oʻtirishga tezroq koʻrinadi. Bolani maktab kun tartibiga tayyorlashda, uning sogʻligini mustahkamlashda ertalab ma’lum vaqtda oʻrindan turish, ovqatlanish va uyquga yotishga aniq rioya qilinishi kerak.
Har bir oila mehnat faoliyatining harakteri, maishiy marosimi, bolalarning soni va shu kabilarga oʻz yashash sharoitini bolalarning soni va shu kabilarga oʻz yashash tartibini oʻrnatadi. Biroq bir narsani, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolaning nonushtasi va tushligi oʻrtasidagi oraliq 4 soatdan oshmasligini, tushlik vak kechki ovqat oʻrtasidagi oraliq –bir oz kattaroq (6 – 7 soat), buning orasida yengil ovqatlanish kechki choy boʻlishi kerakligini unutmaslik kerak. Bolaning bir sutkadagi uyqusi taxminan 11 soatni tashkil qilishi kerak. Bola tushlikdan soʻng 1 -
1.5 soat dam olishga odatlansin. Kechqurun u doimo bir vaqtda ya’ni 9 dan kechikmay uxlagani yotsin.Bola miriqib uxlasin desangiz,quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:bola uxlaydigan xonani yaxshilab shamollatish; bolani uxlashga
yotishdan oldin tishini tozalashga, yuz-qoʻlini, oyogʻini yuvishga odatlantirish bolaga oʻrinda nonushta qilishga aslo yoʻl qoʻymaslik.
Bolaning me’yorida rivojlanish uchun u toza xavoda koʻp harakat qilish kerak. Bola ochiq havoda qish oylarida 4 soatdan kam boʻlmasligi, yozda deyarli butun kunni ochiq havoda oʻtkazish lozim.
Bolaning kun tartibiga amal qilishi uchun asosan qat’iy nazorat lozim. Bola kun tartibini bajarashi majburiyligiga va hyech qanday va iltimoslar, ma’lum vaqtda ovqatlanmaslik hamda oʻynamaslikka sabab boʻla olmasligiga koʻnikishi kerak. Shu bilan birga kun tartibining zarurligi va uning foydasini doimo tushuntirib borish lozim. Masalan:

  • ertalabki badantarbiya mashqlarini yaxshi bajarding, endi kun boʻyi tetik yurasan;

  • barakalla, gullarni tozalab yaxshi qilibsan menga ancha yordaming tegdi;

  • oʻz vaqtida ovqatlansak, piyoz oʻsagan hamda kasalga chalinmaysan;

kun tartibining qimmat bola faoliyatining har xil turlarining almashinib turishini ta’minlashdir, bu esa yosh oʻsuvchi organizmni char chashdan saqlaydi, bolaning har tomonlama kamol topishiga imkon beradi. Masalan: bola rasm solishga qiziqib ketib, stoldan 40 minut davomida turmadi, lekin u faol harakat qilishi, chopishi kerak. Shuning uchun u oʻynab boʻlganidan keyingina unga tinch oʻyin yoki mashgʻulotni tavsiya qilish mumkin. Bola shunday tartibga rioya qilsa, u qay darajada boʻlmasin asta –sekin oʻz faoliyatini boshqarishga odatlanadi, bu uni kundalik va maktab kun tartibining asosiy qoidalariga osongina koʻnikishda katta ahamiyatga egadir.
5 -6 yoshli bolalar bilan ishlaydigan bogʻcha tarbiyachilar soʻrovlari shuni koʻsratdiki, koʻpchilik bolaning maktabga tayyorlashda jismoniy va aqliy rivojlanishni afzal qoʻyishmoqda. Ta’lim tarbiyaviy –ishni bolaning tafakkuri, nutqi va bilim jarayonlarini shakllantirishga yoʻnaltirilib, pedagoglar bolani tabiat va jamoat toʻgʻrisida asosiy bilimlar bilan boyitishadi.
Qanday qilib olimlar maktabgacha tayyorgarlikni aniqlashadi? Pedagogik va psixologik adabiyotlarda bolaning ta’lim va tarbyai jarayoniga qirib, uning
mazmuni muvaffaqiyatli oʻzlashtirib olishga yoʻl qoʻyadigan shaxsning umumiy rivojlanganligi deb koʻrsatilgan, aqliy va estetik rivojlanishida egallashi kerak boʻlgan sifat va jihatlarning yaxlit bir sistemasi deb koʻrsatilgan.
Maktabgacha tayyorgarlik darajasini bolaning aqliy, jismoniy vazifalarni bajara oladigan butun organizm va asab sistemasining ma’lum yetuklik saviyasini aniqlaydi. Shu bilan bir qatorda tevarak atrof haqida olingan oddiy bilimlar xulqning ijtimoiy va axloq –irodaviy sifatlarini shakllanish darajasi katta ahamiyatga ega.
7 yosh – bu bola yangi sharotiga tez oʻrganadigan va oʻqish jarayonida muvaffaqiyatli ishtirok etadigan davr hisoblanadi. Ya.A.Komenskiy bolaning yettinchi yili –bu bekorchilikda buzilib kengmaslik uchun maktabda oʻqishni boshlaydigan vaqt hisoblangan. Bolani ona maktabida 5 -6 yil ta’lim –tarbiya olishini, u yetarli va optimal muhlat deb hisoblagan.
Bolaning yoshi (7 yosh) mezonidan tashqari, uni sogʻligini umumiy holati va asosiy antronometrik koʻrsatkichlari jismoniy tayyorgarligini belgilashadi. Bunda boʻyoi (7 yoshga 110 smdan kam boʻlmasligi kerak) vazn (20kg), koʻkrak aylanasi (nafas chiqqanda 55 smdan kam boʻlmasligi kerak), tanadagi oʻzgarishlari suyaklarni oʻsishi. Bola mustaqil oʻzi kiyinishni, ovqat yeyishni, narsalarni toza va tartibli sayalashni oʻrganishi kerak. Bola kattalar mehnatini muhimligini tushunishi va hurmat qilish kerak.
Bogʻcha tarbiyachilari har bir bolani maktabga tayyorgarligini toʻgʻri aniqlashda yetarli pedagogik va texnologik bilim va tajribalarga ega boʻlishi kerak, bunda ular “maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim tarbiyachiga qoʻyiladigan davlat talablari” talablariga tayanishlari kerak. Agar maktabgacha davrda bola normal rivojlangan boʻlsa, uning jismoniy va aqliy rivojlanishiga hyech qanday kuchli ta’sirlar boʻlmagan boʻlsa, unda bola yetti yoshda ta’lim olish darajasiga yetadi. Ammo ba’zi oila va bogʻchada maktabga tayyor boʻlmagan bolalar ham uchraydi. Bunday bolalar mutaxassis nazoratida maxsus tekshiruvdan oʻtishadi va mutaxassis haqida xulosa chiqaradi. Bolaning maktabga tayyormaslik
xususiyatlaridan –bu oʻyin qarorligi mustaqil boʻla olmasligi va ijtimoiy rivojlanishining past darajasidir.
Tuman psixologik –pedagogik konsultatsiyalarida bolaning maktabga tayyorgarligini har tomonlama aniqlashadi. Ular ta’’lim –tarbiyadagi profilaktik va korreksion usullarni tavsiya etadilar.
Eng tanilgan va keng tarqalgan psixologik diagnostika vositalari:

  • A.Kernning maktabga tayyorgarlik testlari.

  • A.Effektning “Reversiv test”.

  • Maktabga tayyorgarlikni tekshiradigan Topningen tekshiruvi.

Testlarni mazmun jihatdan 2 guruhga boʻlish mumkin: oʻqish jarayonida ishtirok etadigan alohida psixologik tomonlarni shakllangan darajasini aniqlaydigan testlar; maktabga umumiy tayyorgarlikni tekshiradigan testlar.
Konsultasiya xodimlari bolani tekshiriuvini ota –onalar oldida oʻtkazadilar.
Soʻngra tekshiruvlar natijalari asosida qoʻyidagi choralarni maslahat beradilar:

  1. umum ta’lim maktabning 1 –sinfga yozish;

  2. oʻqishni 1 yilga qoldirish;

v) bosani bogʻchaga yoki maktab qoshidagi maxsus sinfga yozdirish;
g) bolani maxsus maktabga yozdirish.
Bolani qachon va qancha tayyorlash kerak? Deganda kattalar orasida ota – ona va tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1 sinfga bir yil qolganda tayyorlashni kuchaytirish kerak.
Maktab xayotiga bolani kim tayyorlashi kerak? Bogʻcha tarbiyachilari bolani maktabga tayyorlash butun bogʻcha davrida amalga oshishi kerakligini tushunishadi va dastur talablariga binoan shuni amalga oshiriladi.
Hozirgi zamon ota –onalar bolalani maktabga qanday tayyorlashmoqda. Biz shuni koʻrsatib utgan edikki, ota –onalarning maktabda yaxshi oʻqishning shartlaridan biri –shaxsning umumiy rivojlanishi deb hisoblanadi. Ammo, bolaning aqliy rivojlanishini eng asosiy deb bilishadi, shuning uchun mashgʻulotlarda bilim, nutq, xotirasini rivojlantirishga xarakat qiladilar.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin