Mavzu: bola hayotida kun tartibi va uning ahamiyati



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə8/14
tarix19.12.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#186702
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Sobirova Sharifa

Badaning boʻyi

Stol

Stul



Stol va stul orasidagi uzunlik

Poldan uzunligi

Eni

Uzunligi

Poldan
oʻrindiqqacha boʻlgan balandlik

Chuqurligi

Eni

Suyanchiqdan oʻrindiqqacha




35-99

43

45-
50

24

24

21

49

24

19

100-109

47

45-
50

27

27

23

49

26

20

110-109

52

45-
50

32

32

27

49

29

20

120-129

57

45-
50

27

27

27

49

38

22

130-139

62

45-
50

27

27

27

49

31

24

Agar mashgʻulotda odatiy stol mavjud boʻlsa, u yogʻochdan tayyorlangan boʻlishi, qiyaligi 12 -15 darajada boʻlishi kerak. Bunday stol oʻtirishi va koʻzini tasviriy faoliyat bilan shugʻullanishida chorchashidan saqlaydi.


Kun tartibida bolani oʻz toʻlovi asosida oʻyin va mashgʻulot uchun boʻsh vaqt ajratish kerak. Boʻsh vaqtda bolalar radio dastur eshitishlari mumkin va haftasiga 3 martadan ortiq boʻlmagan bolalar uchun televizion dasturlarni koʻrishlari mumkin.
Bola 5-6 yoshda 2000 kaloriya sutkada qabul qilishi kerak. Ovqatlanish 4 maxal, aniq bir vaqtda boʻlishi shart. Hayvon oqsilida va bolani ovqatlanishdagi oqsil umumiy tarkibini 60% ga toʻgʻri keladi. 1 sutkada yogʻdan foydalanish 11g oʻsimliklar yogʻini tashkil etadi. Asosiy energiya manbai –uglevodlardir. Uglevodlar non, kartoshkada mavjud. Bir sutkada qabul qilingan uglevod 60g toza shakar va 10 -15 g qandolat mahsulotiga toʻgʻri keladi. Non ozodalik bilan toʻgʻralgan, torelkalar chiroyli joylashtirilgan boʻlishi kerak, oshxonadagi barcha gigiyenik talablarni bajarilishi uni kun tartibini toʻgʻri tashkil etilishi katta maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashni yengillashtiradi.
6 yoshli bolali taxminiy kun tartibi



Tartibli laxzalar

Vaqt

Uyqudan turish, ertalabki badantarbiya, yuvinish

8:00-8:45

Nonushta

8:45-9:15

Sayr

9:15-10:00

Mashgʻulot

10:00-11:00

Sayr, oʻyin va koʻngil ochish toza havoda

11:00-12:45

Tushlik va kundalik uyquga tayyorgarlik

12:45-13:00

Kunduzgi uyqu

13:00-15:00

Mashgʻulot

15:00-16:30

Sayr va toza havodagi oʻyin

16:30-18:00

Tinch oʻyin

18:00-20:00

Kechki uyquga tayyorgarlik, yuvinish, tishini tozalash

20:00-20:30

Uyqu

20:30-8:00

Burchak hosil qilgan holda bukilib, oyoq tagi polga yoki oyoq qoʻyshchga tiralib turadi. Bolani yoza boshlashdan oldin qoʻlini tirsagidan stol chetiga erkin qoʻyib ketin yelkasini stolga chetidan taxminan 450 burchak hosil boʻladigan qilib echib oʻtirishga odatlantirish zarur.


Bunda oʻng qoʻl daftar ustida turadi, chap qoʻl esa daftarni uchidan salgina ushlab turadi. Koʻzdan kito yoki daftargacha boʻlgan oraliq 30 -35 smga teng boʻlishi kerak. Daftarning pastki chap burchagi oʻquvchining koʻkrak oʻrtasi
qarshisiga toʻgʻri keladigan qilib qoʻyilishi kerak.
Uy vazifalarini bajarayotganda ham ish bilan dam olishni almashtirib turish: har bir vazifani bajarib boʻlgan 10 -15 minut tanaffus qilish zarur.
Ota –onalarning bolaga, uning oʻqishiga doim e’tibor berishlari, oʻquv mabduriyatlarini bajarishi bilan qiziqishlari, maktab va oʻqituvchining oʻquvchiga qoʻyiladigan talab va qoidalariga maslahat va topshiriqlariga jiddiy munosabatda boʻlishlari bolani muvaffaqiyatli oʻqitish va tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.


    1. Bola asab tizimining alohida xususiyatlari


Ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalarning toʻlaqonli jismoniy tarbiyasini amalga oshirishda bola markaziy asab tizimi rivojlanishining yoshga oid qonuniyatlarini oʻrganish alohida ahamiyatga ega. Bu pedagogik ta’sir etish shakllarni tanlashga va ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga yordam beradi.
Olimlarni aniqlashicha, bola oʻzining tugʻma qobiliyati va asab tizimi xususiyatlari bilan dunyoga keladi. Biroq, ular bola psixik rivojlanishining organik zamini boʻlib, bu rivoshlanishning xarakter va darajasini belgilamaydi. Shuningdek, har bir bola oʻzining asab-ruhiy rivojlanishi uchun ishonchli asosni tashkil etuvchi katta potensial psixofiziologik imkoniyatlarga ega boʻlishi isbotlangan. Shunday qilib, bir tomondan organik zaminni va ikkinchi tomondan potensial imkoniyatlarni hisobga olgan holda, eng qulay pedagogik sharoit yaratish, maqsadga yoʻnaltirilgan tarbiya va ta’lim sharoitida bola organizmi va psixikasga bevosita ta’sir etish imkonini beradigan jismoniy tarbiya jarayonini toʻgʻri tashkil etish lozim. Bolaning tugʻma asab tizimi xususiyatlari va uning shakllanishidagi tashqi ta’sirning yetakchi rolini hisobga olgan holda toʻgʻri tartib (yaxshi uyqu, mashgʻulotlar hajmini aniq belgilash, faol harakat faoliyati, ochiq havoda boʻlishga belgilangan vaqt) va uning ogʻishmay bajarilishini ta’minlash muhimdir. Bunda ijobiy emotsional vaziyat – bolalarning oʻzaro va kattalarning bolalar bilan bir maromda vazmin, doʻstona munosabatlari alohida ahamiyatga ega. Fiziolog N.I. Krosnagorskiy fikricha: “Kattalarning namu- na boʻlishi,
atrof-muhit va butun sharoit oliy asab tizimining rivojlanishida muhim omillar
sanaladi. Norozilik, hayajonli, janjalli vaziyatda bolalar injiqliklarining turli shakllari kelib chiqadi, bolaga har tomonlama vazmin muomala qilish esa qat’iy, tugallangan xarakter shakllanishining yaxshigina vositasidir”.
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarning tipologik xusu-siyatlariga individual tartibda yondashish, tartib uchun optimal sharoit, chiniqish, faol harakat faoliyati, bolaning emotsional ijobiy holatini amalga oshirish maqsadida hisobga olinadi.
Tarbiyachining kundalik turmush jarayonidagi shaxsiy kuzatishlari juda muhimdir. Mavjud tahlil qilish tarbiyachiga zarur xulosalar chiqarishga va bolaning emotsional holatini saqlab turishga, xilma-xil faol faoliyatni rivojlantirishga, ijodiy maylini namoyon qilish yoʻllarini belgilashga yordam beradi.
Jismoniy tarbiya bola shaxsining har tomonlama rivojlani- shiga ta’sir etishning amaliy vositalari va metodlariga ega. Faol harakat faotiyati jarayonida bola axloqiy-irodaviy sifatlarni namoyon etishni mashq qiladi: oʻyinda qoʻlga tushish xavfiga qaramasdan botirlik bilan harakat qiladi, oʻrtogʻini qoʻllashga, umumiy ishni hamma bilan birgalikda bajarishga intiladi, (masalan, oʻz vaqtida yugurib kelib, barcha bolalar bilan safga tizilishi) va boshqalar. Bunday harakat birnecha bor takrorlangach, bola uni zarurat sifatida anglaydi, tarbiyachi va tengdoshlarining ragʻbatlantiruvchi bahosi bolada ma’naviy qoniqish tuygʻusi, emotsional koʻtarinkilik, bundan keyin ham shunday harakat qilish istagini uygʻotadi. Yetakchi rollarni tortinchoq bola ijro etishi va tarbiyachining topshirigʻiga koʻra biror mashqni qanday bajarishni barcha bolalarga koʻrsatish va tushuntirish, uni asta-sekin uyatchanlikdan qutqaradi, xotira- sini charxlaydi, mashgʻulotlarga qiziqishni uygʻotadi. Bola an- cha xushmuomala, tashabbuskor, xushchaqchaq boʻla boradi. Yengiltak, biroq oʻziga bino qoʻygan bolalar mashgʻulotlar va oʻyinlar jarayonida asta-sekin umumiy talablarga boʻysunadigan, ancha vazmin, uyushgan, oʻzgalarga yon beradigan, qiziqarli topshiriqlar (oʻyinda boshlovchi boʻlish, sevimli rolni oʻynash, mashqlarni tushuntirish va namoyish qilish h.k.)ni bajarishda navbatga rioya qiladigan boʻla boradilar.
Chiniqishga oid tadbirlar asab tizimini mustahkamlaydi va uning faoliyatini yaxshilaydi; jismoniy mashqlar, jumladan harakatli oʻyinlar faol harakat faoliyati uchun sharoit yaratadi va emotsional koʻtarinkilik, gʻayrat uygʻotadi, qon aylanishi, yurak faoliyati va miyaning qon bilan ta’minlanishini kuchaytiradi, organizmni umumiy sogʻlomlashtirishga yordam beradi.
Bolada ijodiy tashabbusning tizimli rivojlanishini jismoniy tarbiyaning ajralmas qismi deb hisoblash lozim. Bu tashabbusning namoyon boʻlishiga harakatli oʻyinlar va jismoniy mashqlardagi harakat faoliyati yordam beradi. Bu harakat shakllarida (bolalarga) beriladigan ijodiy topshiriqlar tasavvur va tafakkurning rivojlanishini, assosiatsiya va biror narsa oʻylab topish istagining tugʻilishini, soʻng oʻz niyatini amalda qoʻllashga intilishni kuchaytiradi. (L.M. Korovina, E.Y. Stepanenkova).
“Inson salomatligi haqida gʻamxoʻrlik, ayniqsa bola salo- matligi haqida gʻamxoʻrlik, – deb yozgan edi V.A. Suxom- linskiy, – bu faqatgina sanitariya- gigiyena me’yor va qoida- lari kompleksi, tartib, ovqatlanish, mehnat qilish, dam olishga qoʻyiladigan talablar yigʻindisigina emas. Bu avvalo, barcha jismoniy va ma’naviy kuchlarning garmonik toʻkisligi haqida- gi gʻamxoʻrlikdir va garmoniyaning gulchambari – ijod zavqi, quvonchi hisoblanadi”.
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda gigiyenik omillar, tabiatning tabiiy kuchlari va jismoniy mashqlar va boshqalardan foydalaniladi. Har xil faoliyat turlariga kiruvchi (qoʻl mehnati, musiqa asboblarini chalish, loy yoki plastilindan narsa yasash, qurish-yasash, rasm chizish, kiyinish, yuvinish va boshqalar) xilma-xil harakatlar bolaning jismoniy rivojlanishiga ta’sir etadi. Toʻlaqonli jismoniy tarbiyaga barcha vositalar, umumiy qoʻllanilganda erishiladi, chunki ularning har biri kishi organizmiga turlicha ta’sir qiladi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin