Mavzu: bola rivojlanishida muhitning tasiri



Yüklə 0,74 Mb.
tarix05.06.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#124888
BORONOVA IJT MUS TAL 4

Mavzu:bola rivojlanishida muhitning tasiri.


REJA:
1.BOLA RIVOJLANISHIDA OMILLARNING TASIRI.
2.BOLA RIVOJLANISHIDA OLIMLARNING FIKRI.

Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta’sirlar hamda ichki kuchlar ta’sirida sodir bo’ladi. Tashqi omillarga insonni o’rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdеk bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar kiradi. Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o’yin, mеhnat, o’quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tеngdoshlar, bеgona kishilar va b. bilan). Bunda u o’ziga xos bo’lgan faollikni namoyon etadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam bеradi.

Bola tug’ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o’zlashtirib olishi mumkin. Bu o’z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bili shva o’zlashtirishda еtakchi vazifani bajaradi.

Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni hamda insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat dеganda bolalar gеnеtik dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning ota-onadan bolaga turli xil o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi.

Bolaning shakllanishi haqida G'arb faylasuflarining fikrlari. Biologik yo'nalish – bu yo'nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy – biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan o'tgan tug'ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qo'yishadi. Yo'nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi. Preformizm yo'nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha, bo'lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo'ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini butunlay inkor etishidi. Bixeviorizm yo'nalishi – bu oqimga amerikalik pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi. 


Bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar hamda tarbiyaning shaxs kamolotiga ta’siri haqida bayon etilgan. Hozirgi shiddad bilan rivojlanib kelayotgan mamlakatimizning qay darajada yuksalishi, o’sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim tarbiyasiga bevosita bog’liq hisoblanadi. Shaxsning kamolga yetishida nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya muhim ahamiyatga ega. Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo'lib, u barcha tug'ma va egallangan miqdor va sifat o’zgarishlarini o'z ichiga oladi.

Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: “Bola tug'ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi” degan fikrni ilgari suradi.

  • Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: “Bola tug'ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi” degan fikrni ilgari suradi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin