Bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar Prezidentimiz o`zining uzoqni ko`ra oladigan dono siyosati tufayli Reslublikamizni turg`unlikdan, ma'naviy za iqtisodiy, qaramlikdan ozod qilib, yagona mustaqil jamiyat qura oldi. Bu jamiyatning asosini nima tashkil qiladi? Uning kuchi qayerda?
O`z mustaqil yo`lini tanlagan Reslublikamizda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan milliy mafkura asosida quyidagi besh tamoyil yotadi:
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi.
2. qonunniig ustuvorligi.
3. Davlat bosh islohoti.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat.
5. Islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.
Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat qariyalar, nogironlarga ko`rsatilayotgan g`amxo`rlikda, yoshlarning bilim olishlari uchun doimiy ravishda ko`rilayotgan chora-tadbirdarda o`z aksini topmoqda.
Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek: «Xalq ochlikka, yo`qchilikka, qimmatchilikka chidashi mumkin, ammo adolatsizlikka chiday olmaydi”.
qomusimizda, har bir fuqaro dinidan, irqidan, millitidan, kelib chiqishidan, amalidan qat'iy nazar qonun oldida barobardir”, deyiladi.
Respublikamizda amalga kiritilgan va ishlab chiqilayotgan qonunlarda quyidagi kafolatlar ta'minlangan:
- aholi turli tabaqalarining o`zaro uyg`un bo`lishni ta'minlangan;
- barchaning tengligini, farovonligini himoya qilish bilan birga bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqga qarab har bir inson o`z ulushini olishga imkon yaratilgan.
Yurtboshiimiz haqiqat, adolat kabi insoniyat abadul-abad intilgan sifatlarni o`z timsollarida ko`rsatib berayotgan chinakam rahbar sifatida tobora xalqning, qalbiga singib bormoqda. U istagan adolat dunyosi istiqloldan so`ng yurtimiz uzra bosh ko`tardi. Mustaqillik bizga ma'rifiy, madaniy, adolatli va insonparvar jamiyat qurish imkonkyatini berdi. Endi bu jamiyatga har bir inson o`z o`rni, mavqyeiga yarasha vijdonan hissa qo`shmog`i lozim. Biz pedagoglar, ota-onalar, tarbiyachilar ham talaba yoshlarda adolatparvarlik, vatanparvarlik, teran aql-idroklilik kabi ma'naviy sifatlarni tarbiyalashda o`z mehnatimizni ayamasligimiz, butuv kuch-quvvatimizni ishga solishimiz kerak.
Buning uchun eng avvalo inson fazilatlariniig o`zaro munosabatlarini va o`rnini aniqlab olmog`imiz lozim. Insonniig ma'naviyati uning odobi, xulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Ma'naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o`z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib kelali. Fazilatlar insonning ijobiy sifatlari majmuidan iborat.
Sifat alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalonchi axloqiy kategoriyadir.
Fazilat - alohida shaxs, el, elat, xalq ulusga taalluqli bo`lgan ijobiy axloqiy sifatlar majmui.
O`qib-uqqan chuqur ma'naviyatli, adolatli va adolatsizlikning farqiga tushungan inson qaysi yo`ldan borayotganligini tushunib yetadi. Yurtiga nisbatan mehr, g`urur paydo bo`ladi. Natijada u ham Vatanining ravnaqiga munosib farzand sifatida o`z hissiyotini qo`shadi. Ajdodlarimiz yashab o`tgan, meni o`z bag`riga olib ulg`aytirayotgan Vatan uchun men nima qila oldim, meni go`dakdigimdan yedirib-ichirgan ota-onam, ona zamin, onlari tomirimda jo`sh urayotgan ajdodlarimiz sha'niga munosib ishlar qilayapmanmi?- degan savollarni o`z vijdoni oldiga ko`ndalang qo`yadi.
Biz pedagoglar va ota-onalarning burchi farzandarimizni va talabalarimizni Vatanga muhabbatli, imonli, e'tiqodli, adodatparvar qilib tarbiyalash, shakllantirishdan iboratdir. Bunday fazilatlarni o`zida kasb etgan yoshlarimiz, qanday vaziyatda bo`lmasin, hamma vaqt o`ziga to`g`ri yo`l tanlay oladi.
O`zlariniig chuqur bilimlari va adolatli xatt-harakatlarini ko`nikmaga aylantirgan bunday nufuzli talaba yoshlarimiz mustaqil jamiyatimizga tamal toshini qo`yguvchi fidoyi insonlar bo`lib yetishishlari muqarrardir.
Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamoloti darajasi odob, axloq, madaniyat, manaviyat elementlarining unda qanchalik mujassamlashganligi bilan belgilanadi. Shu o`rinda bu kategoriyalarniig mohiyati ustida to`xtalib o`tish joizdir.
Odob - har bir insonning o`zi bir inson yoki jamoa bilan bo`lgan muloqotida hamda yurish turishida o`zini tuga bilishidir.
Xulq - odobniyag ichki tuyik ko`nikmaga aylangan ko`rinishi.
Axloq - jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma'qullangan xulq-odob normalari majmui.
Madaniyat – “jamiyatning va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida foydalangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi».
Ma'naviyat - inson ongini aks ettiruqchi barcha ijobiy, ruhiy, intellektual fazilatlar majmuasi.
Mushohada qilish aqlning peshlanishiga olib keladi. Aql ongni sayqallaydi. Ong esa moddiy va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson sekin-asta takomillashib, komillikka erishib boradi.
Yuqoridagi fikrlardan, chizgilardan ko`rinib turibdiki, inson ma'naviyatli bo`lishi uchun juda ko`p insoniylik bilimlari sarchashmasidan baxramand bo`lishi, o`z ustida tinmay izlanishi va hayotni kuzatib, undan saboq chiqarib borishi lozim.
Hayotni kuzatar ekanmiz, har bir insonning jismoniy, intellektual va ma'naviy jihatdan yagona bo`lishini, unga har tomonlama aynan bo`lgan ikkinchi bir insonning yo`qligini va tarixda ham bo`lmaganligini ko`ramiz, tabiatning jassosligiga, betakrorligiga tasannolar o`qiymiz. Insonlar bir-birlariga aynan bo`lmasalar-da, ular bir jamiyatda yashab, o`zaro hamkorlikda hamjihatlik bilan bunyodkorlik, yaratunchilik bilan shug`ullanmoqdalar, ezgulik urug`ini sochmoqdalar, bu urug`larning hosilidan bahramand bo`lib yashamoqdalar. Bunday insonlar ham aqliy, ham axloqiy bilimlarni puxta egallagan, har narsaga qodir, yuzidan nur balqiydigan, tilidan bol tomadigan, xushxulq xushfye'l insonlardir. Ular jamiyatning, xalqning sevimli farzandlaridir. Shu bois ularga havas qilsa, taklif qilsa, ulardan namuna olsa arziydi.
Abdulla Avloniy o`zining “Turkiy guliston yoxud axloq» asarida ana shunday insonlar hakida bunday deydi: “Yaxshi fazilatlarni o`ziga kasb qilib olgan insonlar yaxshi insonlar deyilur. Avloniy yaxshi insonlar deganda odamlarga yaxshilik qila oladigan, kamtar, sahiy, mehnatkash, mehr-shafqatli, bilimdon, o`zgalar uchun qayg`uradigan, mard insonlarni ko`zda tutsa, «Yomon insonlar deb, yomonlik fazilatlari yaxshi fazilatlaridan ustun turadigan insonlarga aytiladi, deydi. Muallif yomon insonlar deganda xasis, baxil, birovlarning yutug`ini ko`ra olmaydigan hasadgo`y, faqat o`zim deydigan xudbin kishilarni nazarda tutadi. Avloniy kishilarni o`zida yaxshi fazyalatlarni to`llagan, el nazariga tushgan, yaxshilikka intiluvchi, o`zini tarbiyalab borishga o`rgangan insonlar bo`lishga undaydi.
Moziyga bir nazar tashlaylik. Erkaklarimizdan ularga xos marddik, jasurlik, g`urur kabi xislatlar meros bo`lib kelayotgan bo`lsa, momolarimizdan or-nomus, iffatlilik, nazokatlilik, sharm-hayo, shirinzabonlik kabi xislatlar asrlardan-asrlarga meros bo`lib o`tib kelmoqda. Demakki, bu xususiyatlar elimiz, yurtimiz, millatimizning qondosh va jondosh ajralmas bir ma'naviy qiyofasidir. Endilikda zamondosh yigit-qizlarimiz yurish-turishlari, xatti-harakatlari, kiyinishlari bilan o`zlarini qanchalik o`ta taraqqiylashgan shahar fuqarolari kabi ko`rsatmasinlar, baribir ular qalban shu ma'naviy merosning egasidirlar.
Merosiy manbalarimizning yana biri Abu Rayhon Beruniyniig “Hindiston” asaridir. Alloma bu asarida qizlarga shunday murojaat qiladi: qizim, sen o`rgangan uyingdan ketib, notanish bir xonadonga kelin bo`lib tushmoqdasan... Ering osmon bo`lsa, sen yer bo`l, Osmon o`zining shifoli yomg`iri bilan yerni ko`kartirganidek ering kam o`z mehri bilan seni asrab avaylaydi Eringning ko`ziga pala-partish ko`rinma, o`zingga oro ber, suv va surma hamisha hamrohing bo`lsin. Ering kuchi yetmagan narsalarni olib ber deb xarxasha qilavyerishni man qilaman...
Abu Rayhon Beruniy bu fikrlarini xuddi bugun qizlarimiz va ayollarimizning quloqlariga shivirlayotgakdek, nazarimizda. Beruniyning ijodiga razm solsak, ul zoti sharifning nihoyatda ko`p mutolaa qilganini, izlanganini, o`ziga nisbatan nihoyatda talabchan bo`lganligining guvohi bo`lamiz. Beruniy faqat hayitlardagina dam olganlar. Ular hayitning birinchi kuni xastalarni, ko`ngil yakinlarini, yoshi ulug`larni ziyorat qilganlar. Ikkinchi kuni marhumlar xonadoniga tashrif buyurib, ularni yod aylaganlar. Uchinchi kuni esa keyingi hayitga yetgulik ozuqa va kiyimbosh, kerakli uy-ro`zgor buyumlari, asboblarini xarid qilish uchun vaqt ajratganlar.
Beruniy 76 yoshda xastalanib yotib qoladi. Anchadan beri to`shakka mixlanib qolgan Beruniyning holidan shogirdlari kirib-chiqib, dam-badam xabar olib turadilar. Shunday kunlarning birida Beruniydan hol so`rash uchun qozi Valvalujiy tashrif buyuradi. Beruniy qozining meros taqsimotiga yangi sharhlar kiritganini eshitgan, lekin qozi bilan bu hakda bamaylixotir suhbatlasha olmagan edi, o`sha sharhni qozidan aytib berishini iltimos qiladi. qozi: “Ma'qul, ammo sal kuch yig`ib olganingizdan so`ng bafurja gallasharmiz»,-deydi. Beruniy: “Ey qozi, men shu meros taqsimoti haqidagi sharhingizni bilmay bu dunyodan ko`z yumib ketganimdan ko`ra bilib, xotirjam ketganim afzal emasmi”-deyli. Noiloj qolgan qozi meros taqsimoti sharhini bayon qiladi. Beruniy bor vujudi bilan ko`zi yumilgan holda tinglar, ayrim joylariki ma'qullar, ayrim joylariga o`z fikrini va takliflarini bildirar edi. So`zini tugatgan Valnalujiy Beruniyning og`ir nafas olishiga qarab, bugun shu suhbat shart emasmidi, ul zotni toliqtiri qo`ydim, deb hijolat bo`ladi va ketishga ruxsat so`raydi. U hali mahalla boshidagi uyiga yetib ham kelmagan ediki, Beruniyniig hovlisidan yig`i ovozi eshitiladi. Valvalujiy orqasiga qaytadi. Davr ilmiga tashna, fan fidoyisi Beruniydan shu tarzda judo bo`lgan edi. Ul tabarruk zot o`zidan bir qancha noyob asarlar oldirdikk, mana nyecha asrlardan buyon uning avlodlari bu bebaho manbalardan o`zlari uchun boy ma'naviy ozuqa olib kelmoqdalar. Ularning adolatli, oqil fikrlari hanuzgacha ma'naviy dunyomizni ma'sha kabi yoritib kelmoqda.
Ul zot ulkan kashfiyotlar, chuqur bilim egasi bo`lishlariga qaramasdan o`zining hech narsa bilmasligini, bundan ham ko`proq bilish mumkinligini aytib, o`ziga nisbatan norozilik bildirmoqda. Bundan ham ortiq kamtarlik va bundan ham ortiq o`ziga talabchanlik bo`lmasa kerak. Beruniyning bu fikrlari tolibi ilm yo`li uchun katta hayotiy saboq, vaqtniig har bir daqiqasi katta takrorlanmas ekanligini tushunish, uni bexuda sarflamaslik, qadriga yetishning amaliy namunasidir.
Talabalarda kamtarlik, ilmga intilish, o`ziga nisbatan talabchanlik, tabiat tomonidan berilgan umr kabi betakror imtiyozdan unumli foydadanish kabi xislatlarni tarbiyalashda Beruniyning yuqortsaagi kabi ma'naviy merosidan ijodiy foydalanib borish katga samara beradi.
Inson qadri umrida qancha yil yashagani bilan emas, balki bu fursatdan qanday foydalanganligi, el va jamiyat manfaati yo`lida nima ishlar qilganligi bilan o`lchanadi. Bir asr umr ko`rib, nom-nishonsiz o`tganlar ham bor, oz umr ko`rib, abadiy nom qoldirganlar ham bor. Insonlar el nazarida uy-joy, molu mulklari bilan yashamaydilar, balki xalq uchun qilgan sharafli ishlari bilan barhayot yashaydi. Tarixga nazar solsak, nyecha-nyecha asrlar davomida shohlar, boylar, darvyeshlar, xullas qancha-qancha insonlar bu hayotdan o`tishgan. Ammo xalqi uchun, uning ma'naviy kamoloti yo`lida riyozat chekkan Forobiy, al-Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Lutfiy, Alisher Navoiy, Binoiy, Koshifiy kabi allomalarimie insoniyat kamolotining yo`lchi yulduzlari bo`lganliklari uchun mana nyecha asrlar o`tibdiki, biz bilan yonma-yon yashayotgandek ishimizga, o`ylarimizga, orzularimiega hamkor, hamnafas, ruhi-poklari xotiramizda abadiydir.
Yaxshi fazilatlar qalbtsda makon qurgan va ularni hayoti davomida yanada sayqallab, takomillashtirib borgan inson kamolotga erishib boravyeradi. Aqliy, axloqiy, huquqiy va kasbiy bilimlari sarchashmasini to`latib, kamolotga intila borgan inson jamiyatda quyosh kabi nur sochib turadi. quyosh o`z nuri bilan ham isitib, ham shifo berganidek, komil inson ham yurtiga, Vataniga faqat yaxshilik keltiradi, unga ma'naviy ozuqa va ezgulik beradi. Insonning tarbiyalangailigini qanday baholash mumkin? Uning mezoni nimadan iborat?
Inson komilligining mezoni uning o`qib-uqqanligi, aqliy va axloqiy bilimlari saviyasi va ularni hayotda qo`llay bilish ko`nikmasini hosil qilganligi bilan belgilanadi.
Ongi bilimlar ummoniga aylangan, o`kib-uqqan tolibi ili ahllarimizning tafakkuri boy, til-zaboni shirin, kamtar bo`lib, qo`llagan bilim zahiralarmdan o`zgalarni ham baxramaka eta bilmoqlari zarur. Shunday insonlar borki, aqliy bilimi chuqur, ammo axloqiy bilimi sayoz. Aksincha axloqiy bilimi yetarli, lekin aqliy bilimi qoniqarli emas. Agar inson aqliy va axloqiy bilimlarini puxta egallab, uni chuqur tafakkur qo`lsa va til dasturxoniga solib, uni xaridorlariga chiroyli qilib, mehrli uzata olsa-ayni muddao. Jamiyatimizning ravnaqi shundan, yoshlarimiz kamoloti shundandir.
Respublika Oliy Majdisining 12-sessiyasida Prezidentimiz tomonidan «Kuch-bilim va tafakkurda” degan teran bir fikr ilgari surildi. Tafakkur-insonning bugun hayotiy va ijodiy faoliyatini idora qiluvchi ongiy kamolot o`lchovidir. Unga faqat bilim olish, hayotni kuzatish, uni o`qish va ukish, yaxshi va yomonni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish orqali erishiladi. Tafakkur aql tarozisi bo`lgan til orqali namoyon bo`ladi. Sizning so`zlagan so`zingiz, aytgan fikringiz tafakkuringizning, aql-idrokingizning, ongingizning oyinasidir.
Haqiqatda ham odobli, ilmli, madaniyatli inson bilan suhbatdashganimizda ularning ovozi ohangidagi munglilik, samimiylik, inson dilini yorituvchi yoqimli sehr o`ziga maftun qilib ko`ydi. Ularning suhbatidan ma'naviy kuch-quvvat olamiz, charchoqlarimiz chiqadi, qalbimiz yayraydi. Demak inson bunday darajaga yetishish uchun kundalik hayot mashaqqatlarini sabr-toqat bilan yengib, ko`p o`qishi, hayotni kuzatib undan saboq ila bilishi zarur. Mehnat qilish, mashaqqat, riyozat chekish, hayotni o`qib, undan oqilona saboq chiqara olish evaziga insonning ongi, tafakkuri sayqallanib boradi.
So`z mulkiniig sultoni Mir Alisher Navoiy o`zining “Mabub ul-qulub” asarida bunday yozadi: Urug`ni qara. Oldin uning hamma yog`i loyga, changga belandi. So`ng u yerga qadalgandan keyin qattiq yerni yorib, qiyinchiliklarga sabr-toqat bilan qidab, yuzaga-yerga chiqadi. U zabardast daraxt bo`ladi, meva tugadi, qancha-qancha odamlarning hojatini chiqaradi. Har qanday ishning, har qanday yutuqning qiyinchmligi bo`ladi. Unga sabr-toqat qilgan inson keyin rohat-farog`atda yashaydi”.
Ibn Sino o`zining “Xindiston» asarida: “Kamtarlik-bu xudbin ishlar bilan shug`ullanishdan to`xtatuvchi kuch, - deydi. Ha, xalqimiz: “Kamtarga kamol-manmanga zavol», deb mashaqqatli hayot saboqlarining xulosasini bizga meros qilib qoldirgan.
Haqiqatdan, hayotni kuzatsangiz, ko`p o`qigan, hayotni ko`p kuzatgan, teran ma'naviyatli insonlar fahm-farosatli, har bir narsaga jiddiy qaraydigan, mulohazali, oqil insonlar bo`ladilar. Bunday insonlar teran, sokin daryoga o`xshaydi: ular shovin-suronsiz oqadi. Ammo bilimi sayoz, hayot saboqlaridan yetarli xulosa chiqara olmagan, o`qib-uqmagan, hammaning aqli mening cho`ktagimda deb o`ylaydigan, salga o`zining yo`q aqllini peshlayvyeradigan kimsalar esa shaldirab oqayotgan jilgaga o`xshaydi-suvi kam-u, vahimasi bir jahon. Bunday odamlarda manmanlik kasali doimo xuruj qilib turadi.
Manmanlik - bu o`z kamchiligini va o`zgalarni tan olmaslik, o`zgalar fikri bilan hisoblashmaslik, takabburlik, xudbinlikdir. Manmanlik illati u makon qurgan kishilarni sog`lom fikr yuritishdan, o`zini takomillashtirib borishdan mahrum etadi. Natijada bunday odamlarda jaholat illati, ya'ni bilimsizlik paydo bo`ladi.
Kamtarlik va manmanlik bir-biriga qarama-qarshi ikki yo`ldir: ularning biri sizni kishilarga yaqinlashtiradi, ikkinchisi esa yiroqltashtiradi.
Bir insonning ikkinchi bir insonga intilishi, uni dil qumsab, sog`inishi zamirida muomala madaniyati yotadi. Jamiyatning rivojlangailigi, uning madaniyatlilik darajasi, ravnaqi ko`p jihatdaidan unda yashaydigan kishilarning muomala madaniyati bilan belgilanadi. Aqli teran, fikri ummon, haqiqiy ma'naviyatli inson muomala jarayonida o`z fikrini tafakkur doshqozonida qaynatib, so`ng til dasturxoniga uzatadilar. Insonning til-zabonidan uning qanchalik fahm-farosatga ega ekanligini bilib olasiz.