Mavzu: bola shaxsi, vazifalari reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Bola shaxsini rivojlantirishda uning individual va yosh xususiyatlarini hisobga olish



Yüklə 143,5 Kb.
səhifə4/7
tarix16.05.2023
ölçüsü143,5 Kb.
#114034
1   2   3   4   5   6   7
BOLA SHAXSI, VAZIFALARI.

Bola shaxsini rivojlantirishda uning individual va yosh xususiyatlarini hisobga olish

Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o`zaro bog`liqligi muhim muammolardan bo`lib, u ko`p munozaralarga sabab bo`ladi. Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko`plab ichki va tashqi ta'sirlar va omillar orqali ro`yobga chiqadi.
Inson hayot ekan, butun umri davomida o`sib, rivojlanib, o`zgarib boradi. Bolalik, o`smirlik va o`spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko`zga tashlanadi.
Ma'lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uniig shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog`liqdir. Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsiy ma'lum ijtimoiy tuzumniig mahsuli deb tushunishimiz lozim.
Ma'lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga buysunadi.
Shaxsning, ayniqsa bolaning jismoniy rivojlanishi, sog`ligi biologik omilga bolg`liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo`lgan irsiyatning, ya'ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e'tibor bermoqda. Har bir bola insonlarga xos tug`ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan, odam bolasi tug`ilgandan so`ng unda shaxs bo`lib shakllanishi, yetuk inson bo`lib voyaga yetishi imkoniyati mavjud bo`ladi. Bola o`zining avlod-ajdodlaridan ko`pgina biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, hatto ayrim kasalliklar ham nasldan naslga o`tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga kam ta'sir ko`rsagadi. Shunday ekan, sog`lom ota-onadan sog`lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.
Tarbiya shaxsni rivojlanishini ta'minlashi uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o`zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatan rivojlantirunchi omil bo`lmog`i uchun tarbiyalanunchi jamiyatning tarbiya oldiga qo`ygan talablarini, shaxsning o`ziga xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning yetakchilikni e'tirof etish bilan birga ularniig o`zaro bir-biriga ta'sirini tan oladi.
Bolalarni o`qitish va tarbiyalashning muvaffaqiyati pedagoglarning har xil yoshdagi bolalar o`rtasidagi tafovutlarni qay darajada hisobga olishiga bog`liqdir. Shunday ekan, tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh davrlari bilan xususiyatlarini hisobga olmoqlari lozim. Shuning uchun xarakteri, xulq-atvori, umuman jismoniy va manaviy taraqqiiyotini o`rganish, shuni ko`rsatadiki, bu jarayon murakkab va ziddiyatlidir. Shu sababli rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, balki bunda sakrashlar, notekisliklar ham sodir bo`ladi.
Shunday ekan tarbiyachilar bolaning yoshi oshgan sari uning etiyojlarida, intilish va qiziqishlarida qanday sifat o`zgarishlari sodir bo`layotganini muntazam kuzatib bori lozim.
Rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta'kidlaganidek, pedagogika fanining eng muhim vazifasi shaxs rivojlanishini har jihatdan o`rganishdir va o`qituvchining ishda muvaffaqiyat qozonish sharti o`z o`quvilarining xislat va xususiyatlarini bilishidir.
Kishi tug`ilgan kunidan boshlab sotsial mavjudot bo`lib qoladi. Uning xarakteri, xulq-atvori, shaxsi barcha ijtimoiy omillar yig`indisi ya'ni tevarak–atrofdagi odamlarniig unga munosabati, namuna ko`rsatishlari, mafkuralari, o`z faoliyatida hosil qilgan tajribasi ta'sirida shakllanadi. Albatga, ijtimoiy omillar inson shaxsining har tomonlama shakllanishi samarali ta'sir ko`rsatadi. Pedagog bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe'l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta'sir ko`rsatishini bilishi lozim.
Xullas, irsiyat deganda bolagan ota‑ona, yaqin qarindoshlari, ya'ni nasldan-naslga o`tadigan biologik xususiyat va o`xshashliklar tushuniladi. Odob, axloq xulqiy sifatlar esa-barcha ruhiy ta'siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat rivojlanishiga ta'sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo`la olmaydi.
Jamiyatning bola ongiga ta'siri asosan ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Bola dastlab oilada, atrofidagi kishilar bilan muloqotda, maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktabda ta'lim‑tarbiya oladi. Bundan tashqari ijtimoiy faoliyatda shaxsning o`zi ham faol ishtirok etadi. Ya'ni ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya-shaxsning o`zi faol ishtirok etsagina uning tug`ma layoqatini uyg`otadi, iste'dod, qobiliyatlarini o`stira oladi. Agar kishi o`z ishini sevsa, intilsa, uning shu sohadagi iste'dodi tezroq va kuchliroq ro`yobga chiqa boshlaydi. Qobiliyat va iste'dodning ro`yobga chiqishida faqat qiziqish emas, shaxsning o`z ustida ishlashi ham muhim ahamiyatga ega.
Masalan, mashhur grek notig`i Demosfyen duduq, ovozi xasta, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi edi. U doimo bir yelkasini uchirib turardi. Lekin u o`z ustida tinmay mashq qiladi, ishlaydi. U kamchiliklarini yo`qotish uchun iroda va qat'iyat bilan ishga kirishadi og`ziga mayda toshlar solib, so`zlarni talaffuz qiladi, dengiz bo`yida nutq so`zladi, qoyalarga chiqib, baland ovoz bilan she'r o`qidi, oyna oldida turib, yuz xarakatlarini bir maromga keltirdi. Uy shiftiga qilichni osib qo`yib, yelkasini har uchirganda, qilich sanchilardi. Demosfyen haftalab uydan chiqmay notiqlikni o`rgandi. Uydan chiqmaslik uchun sochining yarmini qirdirib tashllagan edi.Bu harakatlari keyinchalik uni buyuk notiq bo’lib tarixda qolishiga sabab bo’ldi.
Bolalarning o`sishi, rivojlanishi, ruhiy jihatdan taraqqiyot etishi turli yosh davrlarida turlicha bo`ladi. Tibbiyot, bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, psixologiyasi, pedagogika fanlari yutuqlari va tavsiyasiga ko`ra maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh davrlarini quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin:

  1. Go`daklik davri–chaqaloq davri (tug`ilgan 1 yoshgacha bo`lgan davr).

  2. Yasli davri (1-3 yosh).

  3. Maktabgacha tarbiya yoshi (3-7 yoshgacha).

Ma'lum bir yosh davriga xos bo`lgan anatomik, fiziologik va ruhiy xususiyatlar yosh xusustlari deb ataladi.
1. Go`daklik davri.
Yangi tug`ilgan bola jismoniy jihatdan tez o`sadi, asab tizimi tez takomillashadi. Bola tug`ilganda faqat ta'mni sezadi, issiq-sovuqni sezadi. 3 oylik bo`lganda buyumlarni fahmlaydi, yaqin qishilarni ko`rsa xursand bo`ladi, ayrim tovushlar chiqaradi.
6-8 oylik bo`lganda buyumlarning rangi va shaklini farqlaydi. Sog`lom bola 11-12 oyligida kishilarni taniyda, ayrim so`zlarni talaffuz qiladi, nutqi o`sadi.
2. Yasli davri. (1-3 yosh)
Bu davr jismoniy o`sish, yo`lga kirish-yurish davri deb ham ataladi. O`ynay boshlaydi. 2 yoshdan ancha murakkab o`yinlarni qiziqib kuzatadi. Bolalar o`yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog`laydilar, tasavvur, fikrlash jarayoni kuchayadi, nutqi o`sadi. Gap tuzadi, talaffuz qiladi. Kattalarning yuri-turishi va odobi bolalar ruhiyatiga ta'sir qiladi.
3. Maktabgacha tarbiya yoshi (3-7 yoshgacha)
Bu davr bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o`sishi, dunyoni bilish, atrof-muhittga o`z munosabatini bildirish istagi kuchayib borayotgan davr. Shuning uchun ham ota-ona, tarbiyachilar bolalarning to`g`ri o`sishlari, aqliy, ahloqiy, estetik jihatdan tarbiyalashga jiddiy e'tibor berishlari lozim:
a) sog`ligi haqida, tartib va gigiyena talablariga,
b) o`yin mashg`ulotlari, so`z, musiqa, ekskurtsiya, badiiy va jismoniy tarbiya;
v) o`zini tuta bilish, do`stlik, birodarlikni o`rniga qo`yish;
Bu davrda bolalarning bo`yi har yili o`rtacha 6 sm, og`irligi esa 1-2 kg o`sadi. O`yinlar rang-barang va maqsadga muvofiq bo`lishi kerak.
4. Maktab yoshidagi kichik o`quvchilar.
Agar bolaning sog`ligi, qobiliyati, aqliy rivojlanish darajasi talabga javob bersa, 6-7 yoshdan maktabga bergan ma'qul. Endi o`yin faoliyatining o`rnini tizimli majburiy o`qish faoliyati egallaydi. Bu yoshda bolalar nisbatan tekis o`sadilar. O`g`il va qiz bolalar tashqi ko`rinishdan bir-birlaridan farq qilmaydilar. Bo`yicha o`rtacha 120 sm, og`irgili 25 kg atrofida bo`ladi. Suyaklari qotmagan, suyak va muskullari tez o`sadi. Bosh miya og`irligi kattalarnikiga teng bo`lsa ham, tuzilishi farq qiladi. Yurak urishi minutiga 90-92 martaga to`g`ri keladi. Ularda ixtiyorsiz diqqat, mexanik xotira bo`ladi. Umuman olgan, o`qituvchi-tarbiyachilar bolalarning barcha yosh davrlari, jismoniy va ruhiy taraqqiyotidagi o`zgarishlar, ularning o`ziga xos xususiyatlari to`g`risida yetarli ma'lumotga ega bo`lishlari kerak. Bu ularga bolalarga pedagogik ta'sir ko`rsatishda asqotadi. Biz yosh avlodni to`g`ri, Vatan uchun fidoyi, yaroqli inson qilib tarbiyalashmiz kerak.
O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi tarbiya jarayoni va uning milliy shakllarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi.
Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o`z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya etika, estetika, fiziologiya, psixologiya fanlari ma'lumotlaridan foydalaniladi. Tarbiya nazariyasi pedagogikasining boshqa bo`limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta'lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog`langandir.
Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo`lgan va muayyaan qonuniyalarda namoyon bo`ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi.
Tarbiya jarayonida kishini turli qobiliyatlari rivojlanadi, g`oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi.
2. O`zbekiston Respublikasi “Ta'lim to`g`risida”gi qonuni oila davlat oldidagi mas'uliyatini anglab yetadigan har tomonlama yetuk shaxsni shakllantiruvchi, intellektual va ilmiy kuchlarni taraqqiyot ettirishda yuksak madaniyatlarni belgilab berdi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XIII-sessiyasida Ta'lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish, intellektual va ma'naviy kuchlarni mustahkamlash muhim ahamiyatga molikligi qayd etib o`tildi.
Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo`lgan insonni emas, balki ijodkor, o`z iste'dodi bilan ajralib turuvchi, ishbilarmon insonni tarbiyalash zamon talabidir.
Har tomonlama yetuk insonni tarbiyalash uchun o`quvchilarga har tomonlama tarbiyaviy ta'sir o`tkazish talab etiladi. Bugungi kun yoshlari ham jismoniy, ham ma'naviy, ruhiy, ham aqliy jihatdan barkamol bo`lib o`sishlari lozim. Buning uchun ularga fuqarolik tarbiyasi, huquqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya beri va ularda ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirish, vatanga, xalqiga muhabbat hissini uyg`otish komil insonga xos axloqiy sifatlarni tarkib toptirish, mehnatga mustaqil hayotga layoqatli qilib tarbiyalash ta'lim tarbiya muassasalarining va pedagoglarning kasbiy va fuqarolik burchidir.
Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni ko`rsatadiki, faqat ma'naviyat-ma'rifat keng quloch yoygai, ilm-urfon taraqqiy ettan mamlakatdagina adolatli jamiyat qurish za unda bir-biriga mehr–oqibatli, kamolotli insonlar shakllanishi mumkin. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, yaratunchilik ishiga, ezgulikka intilishi kuchli bo`ladi. Bunday jamiyat fuqolarida sog`lom fiqr, aql-idrok har doim ustuvor bo`ladi. qayta qurish, oshkoralik za milliy mafkura siyosati mahsulidan baxramand bo`lgan Respublikamiz xalqi chuqur bilim va yuksak tafakkurga asoslangan ana vijdon adolatli, huquqiy jamiyat qurish yo`lidan dadil olga bormoqda. Prezidentimie o`zining “O`zbekiston - kelajagi buyuk davlat» asarida bunday deydi: «Biz shunchaki demokratik davlat emas, balki adolatparvar demokratik davlat qurishga intilayapmiz. Adolatga intilish xalqimiz ma'naviy-ruhiy dunyosiga xos eng muhim hususiyatdir. Adolatparvarlik g`oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib keladi, ijtimoiy ko`maklashuv mexanizmida o`z aksini topishi kerak”.


  1. Yüklə 143,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin