Mavzu: bola shaxsi, vazifalari reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 143,5 Kb.
səhifə1/7
tarix16.05.2023
ölçüsü143,5 Kb.
#114034
  1   2   3   4   5   6   7
BOLA SHAXSI, VAZIFALARI.


MAVZU: BOLA SHAXSI, VAZIFALARI
REJA:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
1. Bola shaxsi va uning vazifalari
2. Bola shaxsini rivojlanishiga samarali ta’sir etish yo’llari.
3. Bola shaxsini rivojlantirishda uning individual va yosh xususiyatlarini hisobga olish.
4. Bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Sog`lom avlod tarbiyasi oson ish emas, u har bir inson, har bir oila, butun jamiyatdan jiddiy e'tibor va uzluksiz mehnat talab qiladi. Agar ota-bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl-nasab, yetti pushtining tozaligiga, avlodning sog`ligiga juda katta e'tibor berganini ko`ramiz. Sog`lom bolaniig tug`ilishi, eng avvalo, onaning sog`ligiga bog`liq”, deb ta'kidlaydi.
Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o`rab olgan muhit ta'sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti faoliyati davomida muhit unga yo ijobiy yo salbiy ta'sir ko’rsatishi, rivojlayaish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo`q qilishi mumkin.
Muhit – bu shaxsga ta'sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar kompleksidir. Bular: tabiiy muhit (gyeografik, ekologik) ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat) oila muhiti va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya'ni shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun yaralgan imkoniyatlari muhim rol o`ynaydi. Mustaqil O`zbekistonimizda ta'lim tizimini islohotlar, kadrlar tayyorlash milliy dasturini qabul qilinishi barkamol avlodni yaratishdagi qadamlardir. Shaxs rivojlanishmga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta'sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqyealarning to`g`ri ijobiy ta'sirini amalga oshirish imkoni tug`iladi. Muhit beraolmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, xatto tarbiya tufayli shaxsda tug`ma kamchiliklarni ham o`zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta'siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo`lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uniig rivojlanishiga asos bo`ladi. Pedagogik jihatdan to`g`ri uyushtirilgan har qanday faoliyat xoh o`yin, mehnat, o`qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko`rsatadi. Shaxs ulg`aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o`zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa fasl turlari ham o`zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida o`yin, o`quvchi hayotda o`qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.
Bolaning shaxs sifatida shakllanishi ko’p jihatdan biz kattalarning bolaga berayotgan ta’lim-tarbiyamizga bog’liq ekan bu mavzuni atroflicha o’rganish maqsadida kurs ishi mavzusini “Bola shaxsi vazifalari” deb nomladik.

Yüklə 143,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin