Mavzu: Bola tarbiyasida mahalla va maktabning roli. Reja



Yüklə 47,04 Kb.
səhifə1/8
tarix20.02.2023
ölçüsü47,04 Kb.
#85164
  1   2   3   4   5   6   7   8
9.Bola tarbiyasida mahalla va maktabning roli.


Mavzu: Bola tarbiyasida mahalla va maktabning roli.


Reja:

I.
II.


Kirish.
Asosiy qism.


2.1. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" Kontseptsiyasining o’rni va ahamiyati.
2.2. Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati.
2.3. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.
2.4. Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari.

III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


MUNDARIJA:



I.
II.


Kirish……………………………………………………………2-4
Asosiy qism……………………………………………………..5-19


2.1. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" Kontseptsiyasining o’rni va ahamiyati………………………………….5-7
2.2. Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati……………………………………………………………………..8-10
2.3. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari……………….11-16
2.4. Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari…………………………..17-19

III. Xulosa…………………………………………………………20-21
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………22


KIRISH
Mavzuning dolzarblligi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish — davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. O’zbekistan
Respublikasi Prezidentining 1999 yil 3 sentabrdagi «Respublika ma’naviyat va
ma’rifat kengashini qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi Farmoni zamiridagi g’oyalar,
ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma’naviyatning ustuvorligini yana bir
karra tasdiqlaydi.
Boshqacha aytganda, biz o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bilayotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq, manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak.
Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq, ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir», — deb ta’kidladi
Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq, jismonan sog'lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi. Birgina o’tayotgan yillarning atalishida ham buning isbotini ko’rishimiz mumkin. 1997 yil — Inson manfaatlari yili: albatta jamiyatdagi fuqarolar manfaati himoya qilinmagan, ularning ehtiyojlari qondirilmagan davlat hech qachon qudratli bo’lolmaydi. SHu bois ham avvalo inson qadr-qimmati oliy darajaga ko’tarildi. 1998 yil — Oila yili: xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib, uni «Vatan ichra vatandir» deya ulug’lab kelgan. Unda ulg’aygan har bir farzand avvalo o’z oilasi aksini, ular birlashib esa mamlakat qiyofasini butun dunyoga tanitadi.
O’zbekistonda ro’y berayotgan bunday o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv
bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla,
o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq
etishni taqozo qiladi. Ayniqsa, sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro
xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi
uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari
o’z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa,
undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib
tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi
rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib
bo’lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p
qirrali bo’lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha
turar joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik
bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi. Yuqorida keltirilib o’tilgan
fikrlardan ma’lum bo’ladiki, shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning
hamkorlik usullarining xilma-xilligini ko’rsatadi va bu esa mavzuning dolzarbligini asoslaydi.



Yüklə 47,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin