Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə14/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Rasmlardan foydalanish. Rasmlar asosan bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini aniqlash uchun va tasviriy usullarini, vositalarini tushuntirish uchun xizmat qiladi. Pedagog va psixologlarning tashviqotlari shuni ko‘rsatadiki, 2 yoshdagi bolalar rasmni predmet tasviri sifatida tushunib yetadilar. Lekin rasmdagi personajlarning o‘rtasidagi bog‘liqlikni, ya’ni harakatlarni tushunish kechroq, 4-5 yoshlarda yuzaga keladi. Masalan: 2 yoshli bola rasmdagi hayvonlarn «turibdi» deydi, 4-5 yoshligisi esa «gapiryapti», «yuryapti», «kelyapti» va hokazo deydi.
Bolalarning kuzatishlari ko‘pincha qisqa muddatli bo‘ladi (masalan: shahar sharoitida hayvonlarni kuzatish). Shuning uchun rasmlardan foydalanish qayta idrok qilishga va keyingi tasvir uchun harakterli bo‘lgan eng asosiysini aniqlashga yordam beradi. Rasmlar ana shunday sharoitlarda kerak bo‘ladi: kerakli predmet qo‘l ostida yo‘q paytida, yoki bo‘lmasa tekislikda tasvirning ayrim usullari bilan tanishtirish uchun xizmat qiladi. Masalan: tarbiyachi bolalarga uzoqlashgan predmetni tushuntirish uchun rasmni ko‘rsatadi. Hayotda bolalar shu uzoqdagi predmetlarni bir chiziqda joylashgan deb idrok qilsalar, rasmda tarbiyachi uzoqlashganini ko‘rsatib, tushuntirib beradi, 6 yoshdan boshlab shu maqsad bilan rasmdan foydalanish mumkin. Rasmni ko‘ra turib, bola yerni bir chiziq bilan emas, balki keng yer bo‘lagi bilan chizishni, uzoqlashayotgan predmetlar yuqoriroqda, yaqindagilari pastroqda va qog‘oz chetiga joylashishini tushunib yetadi. Rasm mashg‘ulot davomida bolalar oldida qoldirilsa, bolalar tushunib yetmay nus’ha ko‘chirishga o‘rganib qoladilar. Bu yoshda esa bolalar nus’ha ko‘chirish bilan emas, balki ijod bilan rasm chizishlari kerak. Ba’zida mashg‘ulot davomida bolalarga ayrim detallarni aniqlab olish uchun rasmni ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Keyin esa rasm olib qo‘yiladi, chunki bolalar nus’ha ko‘chira boshlaydilar.
Tarbiyachi tomonidan ishlash usulini ko‘rsatib berish.
Maktabgacha ta’lim muassasida ta’lim jarayonida bolalar o‘rganishi kerak bo‘lgan tasviriy ko‘nikma va malakalarni o‘lchamini aniqlab beradi. Keng bo‘lmagan doiradagi malakalarni o‘lchamini aniqlab beradi. Keng bo‘lmagan doiradagi malakaga ega bo‘lgan bola turli xil predmetlarni tasvirlay oladi. Masalan: uyni chizish uchun, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklini chizishni bilish, ya’ni chiziqlarni to‘g‘ri burchak ostida birlashtirishni bilish kerak. Ana shu chizish usullari mashina, poezd va boshqa to‘g‘ri to‘rtburchakli predmetlarni chizishda qo‘llaniladi. Tarbiyachi tasvirlash vositalarini ko‘rsatib berishi ko‘rgazmali amaliy usul bo‘lib, bu usul bolalarni kerakli shaklni aniq tajriba asosida ongli ravishda chizishga o‘rgatadi.

Har ikkala turida ham ko‘rsatma og‘zaki tushuntirish yo‘li bilan olib boriladi. Imo-ishora bilan predmetning qog‘ozda joylashishi tushuntiriladi. Qo‘lning yoki qalamchaning qog‘oz bo‘ylab harakatni, xatto 3-4 yoshli bolalar uchun yetarli bo‘ladi. Imo-ishora orqali bola xotirasidagi qiyin bo‘lmagan predmetning asosiy shaklini yoki uning alohida qismlarini eslaydi.


Bolalar biror predmet yoki hodisani tarbiyachining qaysi harakat ishorasi orqali idrok qilgan bo‘lsalar, xuddi shu harakat-ishorani tarbiyachi mashg‘ulotda qaytarsa, bolalar ko‘rganlari bilan chizmoqchi bo‘lganlari o‘rtasida aloqadorlikni ongli ravishda sezadilar. Masalan: uy qurilishini bolalar kuzatayotganlarida tarbiyachi qurilayotgan uyning korpus chiziqlarini tepaga qarab qurilayotganligini harakatlari bilan ko‘rsatadi, xuddi shu harakatlarni mashg‘ulot boshida qaytarar ekan, bolalar xotirasidagi ko‘rganlarini qayta esga tushiradi. Ishora bilan bola xotirasidagi predmet shaklini eslashga, hamda chizish mobaynida bolaning qo‘l harakatlarining yo‘nalishi aniqlanadi. Bolaning yoshi qancha kichik bo‘lsa, uni chizishga o‘rgatishda shunchalik qo‘l harakatlarini ishorasini ko‘rsatish muhim rol o‘ynaydi.
Kichik guruhdagi bolaning harakatlari yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa va bola o‘z harakatlarini boshqara olmasa, tarbiyachi bolaning qo‘lini ushlab, birgalikda harakat bilan chizadi. Bunday ish usuli shu harakatlarini o‘zi his qilishi uchun qo‘llaniladi. Agarda predmetning shakli murakkab bo‘lmasa, ishora bilan butun predmetni chizish mumkin. Masalan: koptok, kitob yoki olma shaklining detallarini, archa shoxining joylashishi, qush bo‘ynining qiyaligi. Tarbiyachining ko‘rsatma berishi mashg‘ulotda qanday topshiriq berilishiga bog‘liq. Agarda mashg‘ulotda predmet shaklini to‘g‘ri harakatlari bilan chizib ko‘rsatadi. Bu asosan kichik guruhda o‘tkaziladi. Masalan: bolalarga yumaloq shakldagi predmetlarni chizishni o‘rgatish uchun tarbiyachi koptok yoki olmani, o‘z harakatlarini tushuntirgan holda chizib ko‘rsatadi. Agar predmetni tasvirlayotganda uning detallarini aniq ketma-ketlikda chizish kerak bo‘lsa, tarbiyachi predmetni boshidan yakuniga qadar chizib ko‘rsatadi. Faqat bunda bolarning diqqatini jalb qilish uchun tarbiyachi bolalarga «Endi nimani chizish kerak?» degan savolni beradi.
Katta guruhdagi bolalar ko‘pincha qisman ko‘rsatmalar berish o‘rinli bo‘ladi. Bolalar hali chizishni bilmaydigan predmetning biror detalini yoki alohida elementini chizishda ko‘rsatmalar beriladi. Masalan: 4-5 yoshli bolalar daraxtning tanasini uchburchak shaklida, keng asos bilan chizadilar. Bu ko‘pincha tarbiyachining og‘zaki tushuntirishidan kelib chiqadigan kamchilikdir. «Daraxtning tanasini yuqori qismida tor, quyi qismida esa keng bo‘ladi». Og‘zaki aytib berish bilan birga qo‘l harakatlari bilan chizib ko‘rsatish lozim. Katta guruhda esa «Chiroyli uy» mavzusida bolalar rasm chizayotganlarida, tarbiyachi doskada uyning oyna-eshiklari turli xil shaklda bo‘lishini ko‘rsatib beradi. Bunday ko‘rsatma bolaning rasmini umimiy chizmada hech qanday chegaralamaydi. Malakalarni mustahkamlash uchun qaytarilayotgan mashqlarda, so‘ng ulardan mustaqil ravishda foydalanishda ko‘rsatma faqatgina individual ravishda, ma’lum bir ko‘nikmaga ega bo‘lmagan bolalarga beriladi. Doimiy ravishda ko‘rsatma berish bolalarning passivlashishiga, hamda fikrlash jarayonilarini tormozlanishiga olib keladi. Chunki bolalar tarbiyachining ko‘rsatmasini va yordamini kutib, o‘rganib qoladilar. Tarbiyachining ko‘rsatmasi yangi texnik usullarni tushuntirishdagina kerak.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin