Mashg‘ulotning tashkil etilishini, materiallar va ko‘rgazmali qurollarning sifatini, bolalar hamda tarbiyachilarning tayyorgarliklari (ish usullarini ko‘rsata bilish)ni baholash;
Navbatchilarning mashg‘ulotga tayyorlanishdagi roli, navbatchilar ishining o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish bilan biriktirilishi;
Tarbiyachi tushuntirishlarining to‘g‘riligi va tushunarliligi;
O‘qitishning mashg‘ulot turlarida foydalanilgan usullarining muvofiqligi (masalan, dekorativ rasm solishda, grafik tasvir ko‘rinishidagi namunadan, predmetlida-naturani tahlili qilish, uni tasviriy usullarini ko‘rsatish va boshqalardan foydalaniladi) dastur vazifalarining harakteriga (yangi yoki takrorlanayotgan mazmun), bolalarning yoshiga (masalan, kichik guruh bolalarini o‘qitishda yetakchi usul bu ko‘rsatish, katta guruhlarda esa o‘qitishning ko‘rgazmali usullari bilan birga aniq og‘zaki instruksiyalar, ishni qaysi usulda va qanday izchillikda bajarish lozimligini mustaqil aniqlash topshiriqlari katta ahamiyat kasb etadi) bog‘liq.
Mashg‘ulotning bosqichlar bo‘yicha umumiy davomiyligi, agar shunday bo‘lgan bo‘lsa, kechikishning sabablari. Bolalarning mashg‘ulotda o‘zini tutishi: uyushganlik, intizomiylik, qiziqish, ularda vaqt, ish tezligi, hissiyotning mavjudligi. Bolalarning ishlarini ko‘rib chiqish: olingan ko‘rsatmalarga muvofiq ishlay bilish, texnik va tasviriy ko‘nikma hamda malakalar, qo‘yilgan vazifani xal etishga ijodiy yondoshish, ishning puxta yoki naridan beri bajarilganligi.
Mudira tarbiyachi bilan birga har bir bolaning mazkur mashg‘ulotda bajargan ishini ko‘rib chiqadi va tahlil qiladi. Ayrim xollarda (ishning sifati ko‘pchilik bolalarnikidan past bo‘lsa) bolaning oldingi mashg‘ulotlarda bajargan ishlari ko‘rib chiqiladi. Bu o‘rinda quyidagilar qayd etiladi:
1. Ishning taklif etilgan mavzu va ko‘rsatmalarga muvofiq kelish kelmasligi, bola o‘z ishini tugatgan-tugatmaganligi;
2. Tasvirlangan va asl predmet (natura, namuna) o‘rtasida o‘xshashlikning bor yo‘qligi;
3. Predmetning qaysi belgilari: harakterli yo kam ahamiyatli yoki har ikkalasi ham tasvirlanganligi;
4. Predmetning tuzilishi (qismlarining joylanishi) to‘g‘ri berilgan berilmaganligi;
5. Predmet qismlarining lozim joylaridagi farqlar berilgan-berilmaganligi. Bola predmetning rangini tug‘ri (o‘xshash) bera olgan yoki bera olmaganligi. Bolaning kuzatuvchanligi, tasavvurining mahsuli haqida nimalar dalolat berayotganligi. Bolaning o‘zi tasvirlayotgan narsaga munosabati nimalarda namoyon bo‘lganligi (rasmga rangli qilib bo‘yoq berishda, bichimdan foydalanishda, obrazlar dinamikasida);
6. Bolaning qog‘oz sahifalarini qanday to‘ldirganligi, bolada predmetlarning haqqoniy va ma’naviy aloqalarga muvofiq keluvchi fazoviy joylashuv haqida tasavvurning bor-yo‘qligi (yonida, oraliqda, oldinda, orqasida, yuqorida, pastda va shu kabilar);
7. Bola tavsiya etilgan mavzuning mazmunini mustaqil bera olgan-olmaganligi (bu savolga javob berish uchun guruhdagi barcha bolalarning rasmlarini qiyoslash lozim bo‘ladi).
8. Texnik malaka va ko‘nikmalarning sifati (predmet kontur to‘g‘ri tasvirlanganmi, rasm tartibli qilib bo‘yalganmi, bola mayda detallarni tasvirda mo‘yqalamning ingichka uchidan foydalana oladimi yoki yo‘qmi, loy va plastilindan narsalar yasashda predmetning formasini to‘g‘ri belgilanganmi, yuza qismi tekislanganmi, qismlar oralig‘i mustahkam qilib biriktirilganmi, g‘adir-budur elementlari yo‘qmi, predmetning konturi to‘g‘ri qirqilganmi, predmetning qismlari to‘g‘ri yelimlanganmi).
9 . Mashg‘ulotning umumiy bahosi, ijobiy tamonlari va nuqsonlari, mazkur mashg‘ulotning metodikasiga qanday o‘zgarishlar kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.