Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari uchun materiallar va uskunalar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə65/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari uchun materiallar va uskunalar
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari pedagogik o‘ylangan moddiy jihozlanishni: maxsus uskunalar, asboblar va tasviriy materiallari talab qilinadi. Mashg‘ulot o‘tkazish uchun sharoit yaratuvchi barcha predmetlar taxtalar, molbertlar, tagliklar va hakozolar; asboblar: tasviriy jarayonida kerak bo‘ladigan qalamlar, mo‘yqalamlar, qaychilar va boshqa narsalar: tasvir yaratishda ishlatiladigan tasviriy materiallari – jihozlash uskunalariga kiradi. Mudira tarbiyachi-metodist bilan birgalikda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazish va bolalar ijodiyotini o‘stirish uchun olingan borcha kerakli narsalarini ko‘rib chiqadi, material hamda uskunalardan qanday foydalanilayotganligini, bolalarda ularga nisbatan ehtiyotkorona munosabat tarbiyalanayotganligini tekshirib chiqadi. Tasviriy faoliyatning har xil turlari turlicha jihozlanadi.
Rasm – predmetli, mazmunli, dekorativ, o‘ylangan fikr bo‘yicha solish mashg‘ulotlari uchun doskalar; bolalar chizgan rasmlarni namoyish qilish uchun uchta reykali doskalar; natura uchun taglik; stolga qo‘yiladigan doskalar-yig‘ma molbertlar (katta guruhlar uchun) va boshqalar kerak bo‘ladi.
Bolalarning ko‘rish faoliyatini saqlash maqsadida katta guruhlarda sathi qiya turadigan individual taxtalardan foydalanish maqbuldir, chunki bunday taxtalar nurning ko‘zga burchak ostida emas, balki perpendikulyar yo‘nalishda tushishni ta’minlaydi.
Q alamlar. Rasm solish uchun bolalarga rangli qalamlar to‘plami kerak: kichik guruhda beshta qalamdan (qizil, ko‘k, yashil, sariq, va qora); o‘rta guruhda-oltita qalamdan (qizil, ko‘k, yashil, sariq, qora va jigar rang) foydalaniladi; katta guruhlarda yuqorida aytilganlardan tashqari-qizg‘ish, binafsha rang, to‘q qizil, pushti zangori, och yashil ranglar qo‘shiladi. Kichik guruhlarda qalamlar dumaloq bo‘lishi kerak. Katta guruhlarning bolalariga yumshoq grafitli qalamlar tavsiya qilinadi. Qalamni ishlatishga tayyorlashda yog‘och qatlami 25-30 mm olinib, grafiti 8-10 mm ochiladi (rangli qalamlarning yog‘ochi kamroq olinishi kerak, chunki ularning o‘zaklari yo‘g‘onroq, qattiqroq bosganda uvalanib, sinib ketadi).

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin