Mavzu: Bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lish faoliyatining xarakteristikasi va vazifalari


Bolalar cholg‘u asboblarida ijro etish faoliyati



Yüklə 29,14 Kb.
səhifə3/6
tarix15.11.2022
ölçüsü29,14 Kb.
#69262
1   2   3   4   5   6
Mavzu

Bolalar cholg‘u asboblarida ijro etish faoliyati
Musiqa mashg‘ulotlarida bu faoliyat turi eng qiziqarli jarayonlardan biridir. Bu faoliyat bolalarni ijodkorlikka undaydi. Bolalar cholg‘u asboblarida jonli tovushli o‘yinchoqlar sifatida har bir bolani qiziqtiradi. CHapak va bolalar cholg‘u asboblarida ritmik jo‘r bo‘lish, musiqaning xarakter va obrazlarni chuqurroq his etishda, ularga mos emotsional tuyg‘ular hosil qilish, ayniqsa, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muxim ahamiyat kasb etadi. Musiqa mashg‘ulotlarida bolalar cholg‘u asboblaridan foydalanish ijobiy natijalar berish bilan birga bolalarning mashg‘ulotga intiluvchanligi, qiziqishi va musiqiy o‘quvini (xotirasi, ritmni his qilish tuyg‘usini, nutqini) o‘stiradi. Bu borada ko‘plab pedagogik olimlar metodik qo‘llanmalar yaratganlar. Ilmiy ishlar va tadqiqotlar olib borganlar. Misol qilib, N.A.Vetluginananing «Musiqiy alifbo», N.G.Kononova «Obuchenie doshkolnikov igrы na detskix muzыkalnыx instrumentax» kitoblarini ta’kiblab o‘tish mumkin. Undan tashqari Mustaqillikka erishilgandan so‘ng o‘zbek xalq cholg‘ularida ijroga katta e’tibor qaratildi. Va aynan bolalar yoshiga mos keladigan o‘zbek xalq cholg‘ulari yasatildi. Bu asboblarning kattalar ijro etadigan asboblardan farqi — bu asboblar shakl jihatdan kichkina. Bolalarning qo‘liga to‘g‘ri keladi, ya’ni ijro vaqtida bolalarga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Endi bu asarlarni hayotga tadbiq etish uchun ma’lum bir o‘quv qo‘llanma talab etilardi. Bu borada O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi professor-o‘qituvchisi A.Leviev «O‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik» nomli kitobini hayotga tadbiq etdi. Bu kitobning o‘ziga xosligi shundaki, birinchidan, o‘zbek kompozitorlarining bolalar uchun yozgan qo‘shiqlaridan foydalanilgan. Bu bolalarda tanish bo‘lgan qo‘shiqlarni cholg‘ularda ijro etib kuylashlariga katta turtki bo‘ladi. Ikkinchidan, aynan o‘zbek xalq kuylaridan namunalar keltirilganligidir. Bu bog‘cha bolalarida yoshligidan o‘zbek xalq kuylarida mehr-muhabbat hissini, ularga hurmatini uyg‘otadi. Bolalar o‘zlari o‘zbek xalq kuylarini cholg‘uda ijro etishsa, anchagacha eslarida qoladi. Uchinchidan, bu cholg‘ular tafsifi, uni ijro etish malakalari va ko‘nikmalari batafsil yoritib beriladi. Lekin bu kitobning murakkab jihati — bolalarda mashg‘uloti jarayonida qo‘llash qiyinchilik tug‘diradi. Bu masalani bartaraf etish uchun mashg‘ulotdan tashqari vaqtda qo‘llash kerak. YOd bo‘lgan kuy va qo‘shiqlada bayram ertaliklardan va tantanalarda bolalar ijro etishsa o‘zlarini kichkina sozandalar deb his qiladilar. Turli tantanalarda ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar anchagacha xotirada muxrlanib qoladi. Bolalar cholg‘u asboblarda jo‘r bo‘lishda, avval, bolalar chapak chalib, ritmik jo‘r bo‘ladilar.
Musiqa rahbari bolalar kuy ritmini to‘g‘ri his etib ijro etishlari uchun, bolalarga stol ustida terib qo‘yilgan cholg‘u asboblarida chalib, musiqaga jo‘r bo‘lishi xaqida batafsil so‘zlab berishi lozim. So‘ng biror cholg‘uda kuyni o‘zi ijro etib chapak bilan jo‘r bo‘lishini ko‘rsatadi. Keyin barchani kuyga chapak chalib, jo‘r bo‘lishni taklif etadi va ijro jarayonini diqqat bilan kuzatib, bolalar cholg‘u asboblarini tarqatish uchun ilg‘or va zehnli bolalardan birini tayinlaydi (birinchi marta ilg‘or bolalarni tanlashdan maqsad kuy chiroyli va to‘g‘ri bo‘lib ijro etilsa keyin qolgan bolalar ham o‘z tengdoshlari ijro etganlaridek chalishadi). Birinchi ijrodagi yutuq va kamchiliklarni bartaraf qilish uchun yana bir takrorlab chiroyli, to‘g‘ri ijro etilishi kerak. So‘ngra musiqa raxbari ijro etmagan bolalarga cholg‘uasboblarida jo‘r bo‘lishni taklif etadi. SHu tarzda guruhdagi barcha bolalar galma-gal cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lishga undab, ularning qiziqishini oshiradi. CHolg‘ularda chalishga hamma intiladi, albatta. SHuning uchun berilgan asarni bolalar xato qilmay musiqani his etishga va xotirada saqlashga harakat qiladilar. Keyinchalik ijrochilik turlari murakkablashtiriladi. Ayni shu holda guruhni 2 jamoaga bo‘lib, 1-jamoa chapak chalib, 2-jamoa esa ovozda uchul berish bilan yoki cholg‘u asbobida xam jo‘r bo‘lishlari mumkin. Bu usulning yana bir foydali tomoni shundaki, bolalarda jamoa bo‘lib kuylash malakalarini, ko‘povozli kuylashning ilk malakalarini rivojlantiradi. Ijro etishning yana bir turi — bolalar doyrada usulni aniq va tekis chalib turadi. «Bum»ga 1-jamoa bolalari, «bak»ka esa 2-jamoa bolalari jo‘r bo‘lishadi. Buni iloji bo‘lsa magnitofon tasmasiga yoki yozuvga yozib olib bajarisa ham bo‘ladi. SHuningdek, kuyni dinamik belgilari va ifoda vositalarini ko‘rsatib turish uchun kartochkalardan foydalansa ham bo‘ladi. Bunday mashg‘ulotlar — qiziqarli o‘tadi, bolalar bilim va ko‘nikmalari mustahkamlanadi va musiqiy qobiliyatlari har tomonlama rivojlanishni ta’minlaidi. Musiqa mashg‘ulotlarida bolalar cholg‘u asboblarini qo‘llashi, tarbiyachidan katta mas’uliyat, ijodkorlik va topqirlikni talab etadi. Bolalar musiqa cholg‘ulari xarakteristikasi Bolalar musiqiy o‘yinchoqlari va musiqiy cholg‘ularda tovush hosil bo‘lishi va tovush sifatiga ko‘ra ma’lum guruhlarga bo‘linadi. Bolalar musiqa cholg‘ulari asosan ikkita guruhga, ya’ni tovush balandligiga ega bo‘lgan (melodik) hamda urib chalinadigan (melodik bulmagan) cholg‘ularga bo‘linadi. 1. Urib chalinadigan (melodik bo‘lmagan) ritmik cholg‘ular: doyra, nog‘orachalar, kayrok, klaves, bloklar, tamburin, baraban, marokas, uchburchak, rumba, yog‘och koshiklar, tarelkalar. SHu cholg‘ularning ba’zilarining tavsifini keltiramiz: Klaves – palisandr daraxtidan tayyorlangan ikkita tayoqcha, bir biriga urib ovoz chiqariladi. Ularni ushlaganda (bosh va ko‘rsatkich barmoqlar yordamida) yog‘och uchalri bush bulishi kerak. Baraban – ikki tarafi teri bilan koplangan temir silindr. Tovush yog‘och tayoqchalar yordamida markaziga urish orqali hosil kilinadi. Marakas – ikkita plastmass shar, ularning ichida toshchalar harakatlanadi. Bu cholg‘uning tovushi og‘irroq bo‘lgani uchun bolani tez charchatadi. SHuning uchun extiyot bo‘lib foydalanish zarur. Qo‘lda ushlab, mayin harakat bilan silkitib tovush hosil qilinadi. Uchburchaklar – chalish paytida osib qo‘yiladi yoki chap qo‘lda tasmachasidan ushlab turiladi va o‘ng qo‘lda metall tayyoqcha bilan uriladi.

Tez tempda tayoqchani uchburchakning ichki ikki yoniga urib «tremalo» ijro etish mumkin. «Nozik», «yaltiroq», qisqa tovushga ega. Tarelkalar – barabanchaga mustahkamlanadi yoki chap qo‘lda ushlab turiladi. Ikkita yog‘och tayyoqcha bilan barobar yoki alohida-alohida chalish mumkin. 2. Melodik cholg‘ular: tovush balandligiga ega bo‘lgan metallofon, ksilofon, metallofon va ksilofon alt (S1-S2), metallofon va ksilofon soprano (S2-S3), ko‘ng‘iroqchalardan iborat: Bu cholg‘ularning asosiy sozlanish tonalligi – Do major. Almashtiriladigan plastinkalar yaqin tonalliklarda ijro etish imkoniyatini beradi. Eng pastki tovush doimo tonika bo‘ladi. Ijro paytida cholg‘ular o‘quvchining bel qismi balandligida bulishi lozim. Tayoqchalarni bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasida engil ushlash kerak. Bunda qo‘llar tirsakdan bilaklargacha erkin holatda bulishiga e’tibor tortiladi. Avval bolalarga tovushni ikki qo‘l bilan hosil qilish taklif qilinadi. Bunda ikkala qo‘lning balandligi bir xil bo‘lishi lozim. Har bir cholg‘uning o‘z tayoqchalari bor: - ksilofonda – qattiq probkali tayoqchalar bilan chalinadi. - metallofonda rezina tayoqchalar bilan ijro etiladi. - ko‘ng‘iroqchalarda – yog‘och tayoqchalar bilan ijro etiladi. Bulardan tashqari cholg‘ularning boshqa turlari ham mavjud. Tovushsiz cholg‘ular.


Bularga musiqiy cholg‘ularni ifodalaydigan o‘yinchoqlar kiradi. Masalan, tovushsiz fortepiano, royal va boshqalar. Bular bolalarga o‘yinni qiziqtirish uchun xizmat qiladi. Musiqiy o‘yinlar esa ijodiy va musiqiy eshituvni rivojlantiradi. Tovush balandligi aniq bo‘lmagan cholg‘ular — baraban, shaqildoq, uchburchak, qog‘ora, safoyil, quticha, kastaneta. Faqat bir tovushni beruvchi o‘yinchoq — cholg‘ular. (bular ritmni chalish uchun qulay bo‘ladi) — surnaycha, nay, rojki, sverel va boshqalar. Ma’lum bir kuynigina ijro eta oladigan cholg‘u o‘yinchoqlar. Masalan musiqiy shkatulka, musiqiy quticha. Bularni chalish mexanik tus oladi. Xromatik va diatonik tovushqatorli o‘yinchoq-cholg‘ular — metallofon, pianino, royal, klarnet, saksofon, lab garmoni, bayan va boshqalar. Urma zarbli cholg‘ular. YOg‘och qoshiqlar. Bu cholg‘u bolalar bog‘chalarining ansambllarida, musiqa mashg‘ulotlarida va bayram tantanalarida ijro etiladi. Bu cholg‘u bolalarning rimtik hissini rivojlantiradi. Uchburchak — ansambl, orkestr va qo‘shiklarda jo‘r bo‘ladi. Tovush asbobga engil urilishi bilan hosil bo‘ladi. Musiqiy bolg‘acha — ikki tomonlama plasmassadan yasalgan bolg‘asimon cholg‘u. Bolg‘a dasta va havo to‘ldirilgan tovushchiqaradigan asosdan tashkil topgan. Bu o‘yinchoq — cholg‘u kichik guruh bolalarida kata qiziqish uyg‘otadi. Undan tashqarii o‘rta guruh bolalarida ritmni his qilishga o‘rgatadi. Qo‘ng‘iroqlar. Bu cholg‘ular shakl jihatidan kata-kichik bo‘ladi. Bu bolalarda musiqiy eshituv qobiliyatini rivojlantiradi. Turli shakldagilari turli balandlikka egadir. Masalan kattaligi jihatidan turli bo‘lgan uchta qo‘ng‘iroqlarni qo‘llashdan maqsad bolalar tovushlarni yuqori va pastlarini farqlay oladilar. Orkestrlarda katta qo‘ng‘iroqlar mavjud. Bu ayrim kuylarda pastki tovushni alohida ijro etish uchun belgilangan. Metallofon. Bu asbob yog‘och tayoqchala rva tayoqchalarga ulargan metal plastinkalardan iborat. Musiqiy zina — etti bosqichdan tashkil topgan tovushqatorni eslatadigan zina. Zinaning asosi yog‘och yoki metall. Bu cholg‘u ikkita tayoqcha bilan ijro etiladi. Bu bolalarda notalarning joylashuvi va yuqoriga yo‘nalishini ko‘rsatib beradi. Bu cholg‘uda ijro etish katta va maktabga taiyorlov guruh bolalariga mo‘ljallangan. Urma klavishli cholg‘ular. Pianino, royal. Bu cholg‘ular katta va maktabga tayyorlov guruh bolalariga mo‘ljallangan. Bu asboblarni mashg‘ulot davomida va mashg‘ulotdan tashqari vaqtda ham foydalanish mumkin. Mashg‘ulot davomida musiqiy didaktik o‘yinlar jarayonida tadbiq etilsa, bolaning mashg‘ulotga qiziqishi oshadi. Damli cholg‘ularga klarnet, saksofon kabilar kiradi. Ularda ijro etishni individual tarzda o‘zlashtiriladi.



Yüklə 29,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin