Mavzu: Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek kompozitorlari ijodidan foydalanish mundarija kirish


Magistirlik dissertatsiya ishimizning dolzarbligi



Yüklə 38,51 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2022
ölçüsü38,51 Kb.
#77661
1   2   3
Mavzu2

Magistirlik dissertatsiya ishimizning dolzarbligi. O’tmishimizga bir nazar tashlar ekanmiz, musiqa san’ati naqadar qadimiy san’at ekanligini, uni avlodu-ajdodlarimiz hayotida oltin xazina bo’lib jahonga nom taratgan olimu-fozillar, mutafakkiru-allomalar, o’z davrining eng ilg’or kishilari hayotida, ularning o’lmas ijodi, izlanish va qarashlarida alohida bir nur taratib turuvchi o’rin tutganligini ko’ramiz. O’rta asrlarda o’z ilmlari, kashfiyotlari bilan Sharqni jahonga tanitgan Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Umar Xayyom, Kavkabiy, Changiy kabi ajdodlarimiz qatorida musiqiy san’atimiz solnomalarini davom ettirgan ko’plab sa’natkorlar, bastakorlar, hofizlarimiz Abdulaziz hofiz, K.Jabborov, J.Sutonov, F.Sodiqov, T.Jalilov, N.Hasanov, I.Ikromov, G’.Toshmatov, M.Muratozoyev, Yu.Rajabiy, F.Mamadaliyev, M.Muhamedovlar qatori Mo’tal Burxonov kabi davrimiz san’atkorlari va kompazitorlar, bastakorlarning nomlarini sharaf bilan tilga olish, ularning hayoti va ijodini o’rganish, ular yaratgan noyob asarlarni kelgusi yosh avlodga o’rgatish hamda bolalar musiqa va san’at maktab o’quvchi - yoshlarning ongiga singdirish bugungi kunda dolzarbligi bilan qimmatlidir. Shu nuqtai-nazardan magistirlik dissertatsiya ishimizning mavzusini “Bolalar musiqa va san’at maktablarida o’zbek kompozitorlari ijodidan faydalanish metodlari” – deb nomladik.
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi: Bolalar musiqa va san’at maktablarida o’zbek kompozitorlari ijodidan unumli faydalanish, ular yaratgan kuy va qo’shiqlarni, ularning hayoti va ijodiyotini o’rganish, yig’ilgan materiallar asosida o’quvchilarga bilim berish va ko’nikma xosil qilish, umumlashtirish magistirlik disertatsiyay ishimizning maqsadi qilib belgiladik.
Magistirlik disertatsiyay ishimizning obyekti: Bolalar musiqa va san’at maktab o’quvchilarida o’zbek kompozitorlari ijodidan unumli faydalanish metodlarini o’rganish jarayoni.
Magistirlik disertatsiyay ishimizning predmeti: Bolalar musiqa va san’at maktablari o’quvchilarida o’zbek kompozitorlari ijodidan unumli faydalanish metodlarini hayoti va ijodiyotini o’rganishning mazmuni, shakl va uslublarini ishlab chiqish.
Magistirlik disertatsiyay ishimizning vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bolalar musiqa va san’at maktablarida o’zbek kompozitorlari ijodidan unumli faydalanish metodlarini hayoti va ijodiyotini nazariy o’rganish va taxlil qilish.
2. Ularning yozgan va kuylagan asarlariga ta’rif va tavsif berish.
3. Oliy va o’rta maxsus va xalq talimi tizimidagi oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida, Bolalar musiqa va san’at maktablarida o’zbek kompozitorlari ijodidan unumli faydalanish va o’quvchilariga bilim berish orqali tizimli o’rganib borish.
4. O’zbek kompozitorlari tomonidan yaratilgan madxiya, kuy va qo’shiqlar, simfoniya, ariya, cantata, polifonik asarlar, opera asarlarni o’quvchi-yoshlar qalbiga singdirib borish, shu bilan birga mustaqilligimizni tarannum etish, tadbirlarda madhiyani eshitish, insonlarda iftixor tuygusini tarkib toptirish, musiqiy asarlarni o’rganish va havas kabi his-tuyg’ularni shakllantirish disertatsiya ishimizning asosiy vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Magistirlik disertatsiya ishimizning ilmiy farazi:
- agar O’zbekiston bastakorlari va kompazitori hayoti va ijodiyotini bolalar musiqa va san’at maktablarida chuqur o’rganilsa;
- ularning yaratgan musiqa asarlari, kuylash va ijro etish uchun yozilgan qo’shiqlari,
- Bolalar musiqa va san’at maktablarida o’zbek kompozitorlari ijodidan unumli faydalanish metodlari musiqiy talim yo’nalishidagi Oliy va o’rta maxsus talim tizimida fanning dasturiy o’quv rejasiga mavzu sifatida kiritilsa;
- o’zbek kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqa asarlari: kuy va qo’shiqlar, ariyalar, aratoriya, simfoniya, opera, uvertyuralar, mumtoz kuy va qo’shiqlari bolalar musiqa va san’at maktablaridagi to’garaklarda, maktab o’quv jarayonida o’quvchilar tomonidan ijro etilib kuylanib borilsa, yoshlarda xalq bastakorlari va kompazitorlar ijodini o’rganib borish ishlarining qiymati, ularning ongida shakllanishi hamda kasbiy va ma’naviy tarbiyalanganlik darajasi ortib boradi deb hisoblayman.
Magistirlik disertatsiya ishimizning metodlari: O’zbekiston xalq kompazitorlari va bastakorlarning hayoti va ijodiyotini o’rganish, yaratgan kuy va qo’shiqlari, zabardas Mustaqillikga bag’ishlangan musiqiy asarlarni, ularning hayoti va ijodiga taalluqli adabiyotlarni to’plash. Shu orqali yig’ilgan materiallarni tahlil qilish, cholg’u asboblarida ijro etish, kuylash, umumtashtirish, tinglash, kuzatish, ijodiy mashq qilish, suhbat, tushuntirish, xikoya kabi pedagogik metodlaridan foydalanish, targ’ib qilish dissertatsiya ishimizning metodlarini tashkil etadi.
Magistirlik disertatsiyay ishimizning metodologik asosini Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning asarlari, san’atimizning rivoji uchun chiqarilgan farmonlar va qarorlar, sohaga oid olimlar, musiqashunoslar, pedagogik va amaliyotchilarning fikr va mulohazalari, O’zbekiston kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqiy asarlar, mutaxassislarning risola, maqola va adabiyotlarida bildirgan xulosalari hisoblanadi.
Magistirlik disertatsiyay ishimizning tarkibiy qismi: Kirish, uch bob, oltita paragrif, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalaridan iborat.

Yüklə 38,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin