Evolyutsion taraqqiyot jarayonida inson tinch holati va harakatlanishida
bu haqida o’ylamasdan ham muvozanatni saqlashni o’rgandi.
Muvozanatni yo’qotish hissi odamlarda turli darajadagi vahima paydo
bo’lishiga olib keladi. Ularning tasavvurida
atrofdagi olam barqaror
bo’lishdan to’xtaydi, atrofdagi borliqning aylanishi, tebranishi va
qimirlashi tuyg’usi hosil bo’ladi. Boshi
aylanayotgan odam goh u
tomonga, goh bu tomonga ketib qoladi, hatto yiqilib tushishi mumkin, u
o’zining boshidagi aylanish hissini yenga olmaydi. Bosh aylanishi bilan
og’rigan bemorlar oyoqlarida zaiflik, «atrof muhitda suzib yurish» va
nazoratsiz yiqilishlar hissi haqida gapirishadi.
Vestibulyar
apparatlarning
buzilishi:
muvozanatni
saqlash
qiyinchiliklari, bosh aylanishi. Ishtahaning buzilishi (ortiqcha yoki kam
ovqatlanish, ochlik hissi mavjudligi, lekin ovqat paytida tez toyib qolish).
Uyqu buzilishi (uyqusizlik): uxlab qolish qiyinligi, erta uygonish, tunda
uygonib ketishlar, uyqudan keyin
tetiklik tuygusi yetishmasligi,
qorqinchli tushlar korish.
UYQUSIZLIK MUAMMOSI — UYQU BUZILISHINING
SABABLARI, UY SHAROITIDA YORDAM CHORALARI
Uyda uyqusizlik bilan kurashish uchun nima qilish kerak? Uyqusizlik va
uyqu buzilishining boshqa turlari deyarli butun dunyo miqyosdagi
muammodir. Kimdir «uyqusizlikdan qiynalmoqda» deb, biz nafaqat uyqu
davomiyligi qisqaligini, balki uxlab qolish qiyinligi va tez-tez uyg’onib
ketishni
nazarda tutamiz, bu esa hordiq chiqarishga yo’l qo’ymaydi va
ertalablari charchoqlik hissi bilan uyg’onishga olib keladi. Tungi
uyqusizlik deyarli har bir kishi uchun tanish,
alohida muammo sifatida
bolalarning kunduzi uxlamasligi ham qaraladi, u bolaning o’ziga xos
xususiyati yoki asab tizimi buzilishining alomati bo’lishi mumkin. Agar
uyqusizlik odamni vaqti-vaqti bilan bezovta qilib tursa,
u holda dori-
darmonlar bilan davolash masalasiga ehtiyoj yo’q. Uyqusizlikdan aziyat
chekishga olib keladigan sabablarni, shuningdek kechalari uxlay olmasa
nima qilish kerakligi va uy sharoitida uyqusizlikni yengish uchun
mutaxassis maslahatlarini ko’rib chiqamiz.
Jismoniy
ogriqni
psixologik
boshdan
kechirish
(psixalgiya),
ipoxondriyagacha olib boradigan oz sogligiga haddan ortiq gamxorlik.
Vegetativ buzilishlar: kop terlash,
yurak urishi, arterial bosimning
ozgarishlari, meda faoliyatining buzilishi, yotal, tez-tez siyish, axlatning
suyuqligi. Bazan libido va erektsiyaning pasayishi.bosh aylanishi
uyqusizlik yotal.
Dostları ilə paylaş: