Mavzu: Bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy pedagogik shart-sharoitlari Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 86,53 Kb.
səhifə3/6
tarix26.09.2023
ölçüsü86,53 Kb.
#149107
1   2   3   4   5   6
Bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy pedagogik shart-sharoitlari

Nutq va tilning ahamiyati. Bola hayotining barcha ko‘rinishlarida til rivojlanishining ahamiyatini oshirish mushkul. Hayotiy qobiliyat kaliti sifatida aloqa va tilning asosiy roli haqida ishonchli dalillar keltirish mumkin. Rasmiy ta’lim va maktab hayotining dastlabki yillarida ta’sirli verbal va noverbal aloqaga asoslangan til mahorati o‘rganish va rivojlanishga zamin bo‘lgan. Til va boshqa muhim qobiliyatlarning o‘sishi o‘qishga tayyorgarlik, savodxonlik va hisobkitobni o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, hozir aloqa va til rivojining qiyinchiligi butun umr ta’sirining dalilidir.Til mahorati muvaffaqiyatli ta’limning eng yaxshi bashoratchisi: boshlang‘ich maktabning dastlabki 2 yilida tilning rivojlanishi bolaning xarakteristikasini oldindan aytib beradi. Aks holatda til o‘rganishdagi qiyinchiliklar o‘quv muvaffaqiyatsizligi bilan bog‘liq: nutqi va tilida muammosi bor bolalar maktabga ilk qadam qo‘yganda eng katta qiyinchiliklar ularning savod chiqarishi bilan bog‘liq. Tili yaxshi rivojlanmagan bolalarda 5 yoshda 7 yoshdagiga nisbatan muvaffaqiyatsiz ta’lim ehtimoli katta development» USA 2014 y.)

  1. Maktabgacha ta’lim me’yoriy hujjatlari asosida bolalarni tarbiyalash.

Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarish sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy kadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holda tayyorlangan dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolar tarbiyalashni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlydi. Maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalarini ruyobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
• malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
• maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;
• bolalarni maktabga oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
• zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
• maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun turli usullardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya xizmati ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;
• maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo‘yadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomda maktabgacha ta’limga alohida urg‘u berilib, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim, bola 6–7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi:
• bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash;
• bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash;
• bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;
• bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlash kabilarni o‘z oldiga maqsad qilib belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining yasli va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar guruhlariga bir xil yoshdagi, shuningdek, turli yoshdagi bolalar qabul qilinishi mumkin.
Guruhlardagi bolalar soni quyidagicha belgilanadi:
• 1 yoshdan 2 yoshgacha – 10 ta.
• 2 yoshdan 3 yoshgacha – 15 ta.
• 3 yoshdan 6–7 yoshgacha – 20 ta.
• Turli yoshdagi guruhlarda 15 ta.


  1. Yüklə 86,53 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin