AIM.UZ
O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMLI JDPI PЕDAGOGIKA FAKULTЕTI
PSIXOLOGIYA KAFЕDRASI
FANIDAN
Jizzax 2008 yil
Annotatsiya
Mazkur ma’ruza matnlari (Bolalar psixologiyasi) pеdagogika institutlarining «Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish» yo’nalishi 4-kurs bakalavr yo`nalishlariga mo`ljallangan.
Ma’ruza matni ta’lim to`g`risidagi Qonun, DTStalablaridan kеlib chiqqan holda tayyorlandi. Ma’ruza matnlarni kadrlar tayyorlashning barcha bosqichlarida uning samaradorligini oshirish psixologiyaga oid bilimlarning salmog`iga bog`liq, shu sababli ma’ruza matnlarida talabalarning psixologiya fanidan egallashi lozim bo`lgan malaka va ko`nikmalarni shakillantirishga asosiy e’tibor qaratilgan.
Bolalar ruhiy rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini o`rganish; turli yosh davrlarda (chaqaloqlik, go`daklik, ilk bolalik, bog`cha yosh davri, kichik maktab yoshi davri) psixik rivojlanish xususiyatlari, shuningdеk bog`cha yosh davrdagi bog`cha faoliyati xususiyatlari xakidagi bilimlarni egallash, tarixan shakllangan inson-qobiliyatlarini egallash va ruyobga chiqarish, qobiliyat rivoji va shaxs shakllanishi uchun psixologik yangilanishlar, bog`cha yosh davridagilarning bilish, jarayonlarining rivojlanish xususiyatlari, maktabdagi ta’limda psixologik tayyorgarlik.
Tuzuvchilar:
kaf.mud.dots. Yo.R.Alimqulov
Katta o`qituvchi: Sh.Kamolova
O`qituvchi: Rajabov O
Taqrizchilar: dots.Shodiеv X.T
Dots.Abdurasulov R
Prof.Inatov X
Ma’ruzalar matni Psixologiya kafеdrasining
27 avgust 2008 yil yig`ilishida muhokama qilinib ma’qullangan.
Mavzu:Bolalar psixologiyasi predmedi.
Reja
1.Bolalar psixologiyasi predmeti.
2.Bolalar psixologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
3.Bolalar psixologiyasi tarixi.
Umumiy psixologiya fanining bir qancha sohalari bo’lib,ulardan biri-bolalar psixologiyasi va pedagogic psixologiyadir.Shuning uchun bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyadan ajralib chiqqan.Bolalar psixologiyasi mustaqil fan sifatida bolaning tug’ilgan paytidan boshlab voyaga etguncha bo’lgan davridagi psixik taraqqiyotni o’rganadi.Bundan tashqari,bolalar psixologiyasi muayyan yoshdagi bolalarga xos umumiy psixologik xususiyatlarnigina emas,balki har bir bolaning shaxsiga xos bo’lgan individual xususiyatlarni ham o’rganadi.Shuning uchun maktabtagi ta’lim-tarbiya ishlari asoslanadigan fanlar orasida bolalar psixologiyasi alohida o’rinda turadi.
Bolalar psixikasining taraqqiyotini ilmiy kuzatishga dastlab mashxur tabiatshonoslardan Charl’z Darvin yo’l ochdi.Charl’z Darvin bola psixikasining taraqqiyotini kuzatishga doir o’zining kundalik xotira tipidagi asarini nash etgan edi.Psixikaning eng yuksak bosqichi bo’lmish ong masalasiga kelsak,ong uzoq evolitsion taraqqiyot natijasi sifatida faqat insongagina xosdir.Ong ijtimoiy-tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishi hamda til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatda bo’lishi natijasidir.Demak,ongning birinchi xarakteristikasi unig turli bilimlar yig’indisidan iborat ekanligidir.Ongning ikkinchi xarakteristikasi odamning o’z-o’zini anglash protsessida namoyon bo’ldi.Odam tirik mavjudodlar tarixida birinchi bo’lib ob’ektiv olamdan ajralib chiqdi va o’zini tevarak-atrofdagi muhitga qarama-qarshi qilib qo’ydi.Ma’lumki,odam har doim biror bir faoliyatda bo’ladi.Har qanday faoliyatning esa o’z maqsati va motivlari bo’ladi.Faoliyatda kirishishdan oldin maqsad va motivlarni belgilash ongning uchinchi xarakteristikasi hisoblanadi.Bolalar psixologiyasi turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyot qonuniyatlarini ilmiy ravishda ochib berishi kerak.Bolalar psixologiyasi I.P.Pavlovning oily nerv faoliyati haqidagi ta’limoti asosida turli yoshdagi bolalar psixik proseslari va xususiyatlarining nerv-fiziologik asoslarini o’rganishi kerak.Ana shu asosiy vazifalari bilan bir qatorda bolalar psixologiyasi yana bir necha muxim masalalar bilan xam shug’ullanadi.Masalan,bolalar psixologiyasi-bolalar psixik taraqqiyotiga aktiv ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab beradi.Bolalar psixologiyasi bu vazifalarni hal qilar ekan,buning bilan u tarbiyachilarning va ota-onalarning ta’lim-tarbiya yuzasidan olib boradigan ishlarini ilmuy asosda tashkil qilishga yordam beradi.
Bolalar psixologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Bolalar psixologiyasi bir qancha fanlar bilan uzviy aloqada bo’lib,bu fanlar qo’lga kiritayotgan faktlardan,qonuniyatlar hamda kashfiyotlardan keng foydalanadi.Bolalar psixologiyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi,yo’l-yo’riqlari va vazifalariga doir fikrlarni pedagogika fanidan oladi.Lekin shuning bilan birga bolalar psixologiyasi pedagogika faniga ham yaqindan yordam beradi.Bolalar psixologiyasi bir qator biologic fanlar bilan,birinchi navbatda,bolalar anatomiyasi hamda fiziologiyasi bilan bo’g’liqdir.Bu fanlar bolaning yoshi ulg’ayishi bilan yuzaga keladigan anatomic va fiziologik o’zgarishlar haqida ma’lumot beradi hamda psixik taraqqiyot yo’lini ilmiy tushunishga yordam beradi.Bolalar psixologiyasi bolalar gigienasi,bolalardagi kasalliklarni o’rganuvchi pediatriya va bolalar psixopatalogiyasi bilan ham bog’liqdir.Bu fanlar bolalar psixik tarqaqqiyotining normal borayotganligini chuqurroq bilish va normal taraqqiyotdan burilish sabablarini anglash imkoniyatini beradi.Bolalar psixologiyasi bolalar adabiyoti bilan ham ma’lum darajada aloqadordir. Bolalar psixologiyasi bolalarning shaxsiy xususiyatlarini o’rganishda tushuntirishda bolalar adabiyotidan, xususan, avtobiografik asarlardan keng foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: |