SINFDAN TASHQARI O'QISH JARAYONIDA BOLALAR ADABIYOTIDAN FOYDALANISH.
Reja:
Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari.
O’quvchilarning sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish.
Sinfda va sinfdan tashqari o’qishning bog’liqligi.
Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari va mavzulari.
Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlik shakllari, xususiyatlari
Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi – o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlab oladigan muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalash. Maktablarda 1959 yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari o’qish darslari tashkil etilgan.
Sinfdan tashqari o’qish 1-2 sinfda haftada 1 marta, 3-4 sinfda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi. Bu darslarning asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish.
Metodikaning vazifasi sinfdan tashqari o’qish uchun o’qiladigan adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars strukturasi namunalarini ishlab chiqishdir.
Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:
1.O’zbek va chet el bolalar adabiyoti yozuvchilari asarlarini tanlash.
2.Kitob tanlashda o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashga xizmat qilishni ko’zda tutish.
3.Asar janri va mavzusini xilma-xilligiga e’tibor berish.
4.O’quvchilarning yoshi va saviyasiga muvofiqligini hisobga olish.
5.O’quvchilarning shaxsiy qiziqishini mustaqil o’qishni hisobga olish.
6.Mavsumiy tamoyilga amal qilish.
Sinfda o’qish – hayotga tayyorlash, STO’ hayotning o’zidir.
Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning asosiy shakli maxsus STO’ darslaridir, u erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassurot, badiiy obrazlarning idrok etishi, ijodi rivojlanadi, faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar rivojlanadi.
STO’ darslariga qo’yiladigan talablar:
har bir darsni kirish suhbati bilan boshlash;
har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar-asarlarni hisobga olish;
har bir darsda o’qish uchun yangi asarlar tavsiya qilish;
har bir darsda o’qilgan asar yuzasidan suhbat metodida tahlil ishlarini amalga oshirish;
o’qilgan asarlar yuzasidan ko’rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish, asar muallifi haqida ma’lumotlar to’plash, albomlar tayyorlash, kitobxonlik kundaligini yuritish;
har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbat uyushtirish.
Sinfdan tashqari o’qish darslarining muhim vazifalari:
asar o’qish asar tanlashda o’quvchida mustaqillikni tarbiyalash, buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish;
qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to’plangan ma’lumotlari o’qitish, “Tez aytish”, “Topishmoqlar topish”, “Ifodali o’qish”, “Maqollar aytish musobaqasi”, “Ertak to’qish”, “Bilimdonlar anjumani”, konkurslar tashkil qilish, muayyan mavzular bo’yicha savol-javoblar uyushtirish, o’qish tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur.
Sinfdan tashqari o’qishning yillik taqvim rejasini tuzish. Bunda N.N.Svetlovskaya ishlab chiqqan STO’ bosqichlariga rioya qilish. Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning yordamchi shakllariga:
1. Kitobni targ’ib qilish. Sinfdan tashqari o’qishga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilanib turadi. Ko’rgazmalar tashkil qilinadi, o’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.
2. YAkka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O’quvchi o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qigan kitoblar hisobga olinadi, shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota-onalar bilan suhbatlashiladi.
3. Sinfdan tashqari o’qish yuzasidan ommaviy ishlar: adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar ular uchun maxsus tayyorlaniladi.
4. Kutubxonaga yozilish. 1-sinf o’quvchilari o’qituvchining ruxsati bilan, tavsiyasi bilan kutubxonaga a’zo bo’ladi.
5. O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga olishda ularning kitobxonlik kundaligidan foydalanish.
1-sinf o’quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini yozadi. 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo’shib yozadilar. 3-4- sinfda o’qigan kitobiga taqriz yozadi, o’z mulohazalarini yozadi, ya’ni munosabat bildiradi.
“Haftiyak”ning keyingi ayrim suralari so’zni yaxlit “o’qish” usulida olib borilgan, aniqrog’i bola o’qimagan, eshitganini to’tiqush kabi yodlagan. Natijada bolalar maktabxonada o’qiganlarini o’zi o’qib yurgan kitobidan “o’qib bergan”, ammo ularning qo’liga maktabda o’qilmagan boshqa bir kitob berilsa, uni o’qiy olmagan; eski maktabda 6-10 yil muntazam o’qigan bolalarning juda ko’p deganda 4-5 foizigina o’qish va yozish ko’nikmasini hosil qilgan.
Turkistonda ochilgan rus-tuzem maktablari savod o’rgatishda ma’lum darajada ijobiy rol o’ynadi. Rus-tuzem maktablarining o’zbekcha sinflarida o’zbekcha xat-savod o’rgatish metodi 1900 yildan boshlab asta-sekin isloh qilindi. Hijo metodidan tovush metodiga o’tildi. 1900 yillardan rus-tuzem maktabi o’zbekcha sinflarining peshqadam muallimlari tovush metodi asosida tuzilgan tatarcha alifbedan foydalanganlar. Bu kitobning tili va mazmuni o’zbekcha sinflarga mos kelmasdi. 1902 yilda Saidrasul Saidazizovning tovush metodi talabiga muvofiq tuzilgan ona tili alifbesi “Ustodi avval” nashr etildi. “Ustodi avval” nashr qilingandan keyin o’zbekcha xat savod o’ragatishda Yangi davr boshlandi. Tovush metodi savod o’rgatishning eski usulidan tamomila farq qilib, o’qitishni osonlashtirdi, ta’limni bola tushunadigan, anglaydigan ta’limga, aktiv ta’limga aylantirdi.
“Ustodi avval” 3 bo’limdan iborat: 1- bo’lim, hozirgi atama bilan ataganimizda, alifbe davridir. Muallif bu bo’limda arab alfavitidagi harflarni alfavit tartibida emas, balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi oson-qiyinligini harflarning yozilishi sodda yoki murakkabligini e’tiborga olgan. Muallif har bir harfning yozuvda bir necha xil shaklda kelishi xat savod o’rgatishni qiyinlashtirishini hisobga olgan; alifbe davrining boshida deyarli har doim bir xil shaklda qo’llanadigan harflarni bergan. Shakli, yozilish o’rniga qarab turlicha bo’ladigan harflarning so’z boshida, so’z o’rtasida, so’z oxirida va alohida yozilish shaklini berib, ularga mos misollar keltirgan. Masalan, q harfini tanitish uchun qor, uyqu, oq so’zlarini, g’ harfini tanitish uchun g’or, uyg’oq, tog’ so’zlarini tanlagan. Avtor soddadan murakkabga tamoyiliga amal qilib, alifbe davrini asta-sekin murakkablashtira borgan. Kitobning alifbe qismiga asosan, o’zbek tilining lug’at sostavidagi harflardan tanlab olgan.
“Ustodi avval”ning 2-bo’limi alifbedan keyingi davrdir. Bu bo’limda hikoya, masal va 50 maqola berilgan. Ularning ayrimlarida bilim targ’ib qilinsa, boshqalari tarbiyaviy mazmunda.
S.Saidazizov kitobining 3-bo’limini “Alifboi qur’on” deb atagan va o’z oldiga bolalarga “Qur’on”ni tushunib olishga o’rgatishni maqsad qilib qo’ygan.
Umuman tovush metodi Markaziy Osiyoga ikki manbadan kelgan. Rus-tuzem maktablari ruscha sinflarida xat-savod tovush metodi bilan o’rgatilar edi. O’zbekcha sinf muallimlari tovush metodi oson va qulayligini amalda o’z ko’zlari bilan ko’rdilar va ular rus o’qituvchilariga taqlid qilib, asta-sekin tovush metodini o’z sinflariga tatbiq eta boshladilar.
2. XIX asrning oxiridan boshlab ichki Rossiyadan Markaziy maktabga kelgan tatar muallimlari tovush metodida xat-savod o’rgata boshlagan edilar, oradan ko’p o’tmay, bir qancha mahalliy muallimlar ham tatar muallimlariga taqlid qilib, Yangi maktablar ochdi-da, bolalarga xat-savodni tovush metodida o’rgata boshladi. Shunday qilib, O’rta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo metodining o’rnini ola boshladi. Ma’lumki, tovush metodi bilan xat-savod o’rgatishga Rossiyada K.D.Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini qat’iy himoya qilgan edi.
Tovush metodi bilan savod o’rgatilganda, so’zning eng kichik bo’lagi, ya’ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So’zning ma’nosi o’zgartira oluvchi har bir tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so’zda tovushlar almashishi, ortishi yoki kamayishi natijasida boshqa bir Yangi so’z hosil bo’lishi mumkinligi bolalar ongiga etkaziladi. Keyinggi yillarda ham xat-savod tovush metodida o’rgatilmoqda. Atoqli metodistlar (S.P.Redazubov, A.I.Voskresenskaya, K.Qosimova, Y.Abdullaev, O.Sharafiddinov) tovush metodida xat-savod o’rgatishni takomillashtirdilar.
Eski maktabda yozish chiziqsiz, tekis oq qog’ozga dastlab yo’g’onroq savag’ich qalamda o’rgatilgan; bolalar yozishni ozroq o’rganganlaridan keyin qamish qalamda ham yozishgan. Ularga ruchkada yozishga ruxsat etilmagan.
Yozishni o’rgatish alfavit tartibida harflarning alohida-alohida shaklini yozdirishdan boshlangan. Avval alifni yozish o’rgatilgan, keyin o’xshash shaklli harflar bandlarga bo’linib, o’xshash unsuri bo’lmaganlari esa ayrim-ayrim yozdirilgan. Ayrim domlalar ba’zi harflarning elementlarini yozishni ham alohida mashq qildirganlar.
Ayrim-ayrim harflarni nusxaga qarab alfavit tartibida katta-katta qilib yozish, mufradot (salhad) deyilgan; bunday yozish bir ikki yilga cho’zilgan. SHundan keyin harflarni bir-biriga qo’shib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni murakkabbot deyilgan. Harflarni bir-biriga qo’shib yozish mashqi bir necha bosqichga bo’linib, harf birikmalarining ma’no anglatish anglatmasligi umuman, e’tiborga olinmagan. Qanday qo’shilishi mashq qilinavergan. Ko’pgina eski maktablarda bunday mashq “abjad yozish” bilan tugallangan.
Murakkabbotdan keyin bayt, qit’a va ruboiylarni ko’chirib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni muqattaot deyilgan.
Bu mashqqa ham juda ko’p vaqt sarflangan: u ma’noli so’zlarni yozish bilan boshlanib, duoyi salom (insho) yozish bilan tugallangan.
YOzuvni o’rgatish va xusnixat mashq qildirishda “Mufradot” kitobidan foydalanilgan. Bu kitobchada har uchala mashq turi, ba’zi nashrlarda esa insho namunalari berilgan.
Eski maktablarda yozuvga o’rgatishning birdan bir yo’li ko’chirib yozuv-nusxa ko’chirish bo’lgan. Natijada bolada yozma nutq ko’nikmasi hosil qilinmgan. Bu mashq bolani juda zeriktirgan. Hech o’ylamasdan yozishga odatlantirilgan. Maktabxonada ijodiy ko’chirib yozuv mashqlarining, shuningdek, boshqa usullarning qo’llanmaganligi orqasida bola chiroyli ko’chirib yozish ko’nikmasini hosil qilgan bo’lsa ham, ammo o’z fikrini yozma ifoda qila olmagan, eng oddiy jumlalarni ham juda ko’p xato qilib zo’r-bazo’r yozgan.
1. O'quvchilarni har tomonlama etuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o'zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko'p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog'liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to'ldiradi. Ularning dunyoqarashi, to'g'ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog'lanishiga zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko'p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.
O'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko'p qirrali ishlarni o'quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo'lga qo'yish.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo'nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o'qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko'rsatish.
Umummaktab va maktablararo o'tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish.
O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasa-lari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko'rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma'muriy.
Bular ko'pincha o'zaro uzviy bog'langan holda namoyon bo'ladi. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator kishilarni kiritish mumkin:
Tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish.
Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash.
Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash.
Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
O'quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o'z mazmuniga ko'ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. Shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. O'quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib turli kishilar bilan muayan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. Shuning uchun ham o'quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo'lsa, ularning munosabatlari shunchalik munosabat doirasi keng va ma'naviy o'sishi samarali bo'ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o'quvchilar jamoadagi ishlarni o'rganadilar. Ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar. Ishlab chiqarish mehnatiga qo'shiladilar. Jamoatchilik fikriga bo'ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga otlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyatga quyidagilar kiradi:
Og'zaki ish usullari: majlislar, yig'inlar, ma'ruzalar, kutubxonalar, konferensiyalar, munozaralar, uchrashuvlar, gazetalar, radio va jurnallar.
Amaliy ish olib borish usullari turli joylarga sayyohatlarga, sport musobaqalari, tabiatshunoslar to'garaklari, shanbaliklar, yangi kitoblar ko'rgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogikadan butun qobiliyatlarni ishga solishga taqozo etadi. Sinf rahbarligi kursi bilan maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasi kursi bir-biriga bog'liq va uning davomiyligidir.
Yuqoridagi qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o'quvchilar turli qo'llanmalar, asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni o'rganadilar, o'z-o'zini tekshirish uchun turli ma'lumot va tayanch materiallarini jalb etish ko'nikmalarini egallaydilar.
2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishni rejalashtirish bolalarning yosh xususiyatlariga, maktabning joylashgan shart-sharoitlariga, ijodiy birlashmalariga, ilmiy markazlar bilan o'zaro aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor o'rinbosarining faoliyati, o'z ifodasini topgan xujjatlar ro'yxati, xalq ta'limi tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi.
«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasi xalq vazirligi tomonidan 1993 yilda tasdiqlangan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo'lgan barcha g'oyalar qaytadan ishlab chiqiladi.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o'qituvchining yo'naltiruvchi ta'siri ostidagi o'quvchilarning o'z-o'zini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida o'tkaziladigan mustaqil mashg'ulotlar etakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari ishda ta'limning moddiy bazasi: qo'shimcha va ma'lumotnoma adabiyotlari laboratoriya uskunalari, ko'rgazmali qo'llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko'zda tutiladi. Ular o'z ichiga quyidagilarni oladi:
darslik va qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlashning xilma-xil shakllarini olgan, nazariy bilimlarni o'zlashtirishni ta'minlovchi;
tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarni bajarishni, asboblarni loyihalashni, maketlar, modellar vahokazolarni tayyorlashni olgan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar sistemasi maqsadga muvofiqdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar metodikasi fani va bo'limiga sinf rahbarlarining ishlari, maktab ma'muriyatining tarbiyaviy ishlari kiritiladi. Bunda o'qituvchilarning o'quvchilar bilan muomilasi, adolatli bo'lishi, ta'sir ko'rsata olishi kerak.
O'quvchi yoshlarni hozirgi zamon ma'naviyati bilan ongini sug'orish, ya'ni singdirish kerak. O'quvchilarni qadriyatlarimiz asosida urf-an'analarimiz asosida tarbiyalash har bir o'qituvchining vazifasi.
O'quvchi atrofini o'rab turgan vositalar, yaxshi-yomon odatlar, o'kituvchilar, maktabning muhiti, o'quvchilar tarbiyasini to'g'ri, ongli ravishda o'rganish va qabul qilish. Sinfdan tashqari ishlarni to'la qamrab olgan to'garaklar bir necha xilda bo'lishi mumkin:
To'garak turlari:
Fan to'garaklari.
Mohir qo'llar.
Duradgorlik.
Sport musobaqalari.
Badiiy havaskorlik.
Ko'rib chiqilishi, asosiy e'tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to'plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma'naviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma'naviy an'analarga, urf-odatilari hamda qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi- shaxsning aqliy-axlooqiy tarbiyalashda erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda quyidagi pedagogik talablar mavjud:
Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining to'garak qatnashchilari ongida yuksak ma'naviy axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo'lishi kerak. To'garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning so'nggi yutuqlaridan xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish o'rin tutadi. To'garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bo'lishi, ular davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilish kerak. Maktabdan tashqari ta'lim o'qishlariga, hohishlariga asoslangan holda darsdan bo'sh vaqtlarda o'quv tarbiya jarayonini to'ldiradi va quyidagi yo'nalishlar bo'yicha to'garak qatnashchilariga talablar qo'yilishi kerak:
Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi;
Estetik ta'lim;
Sayyohli yo'nalishi bo'yicha to'garaklarga qatnashish.
Ekologik ta'lim yo'nalishi bo'yicha to'garaklar;
O'quvchilarni ma'naviy axloqiy yo'nalishi bo'yicha;
Xuquqiy ta'lim yo'nalishi bo'yicha;
Texnik ijodkorlik yo'nalishi bo'yicha;
Istiqlol bolalari va iste'dodli yoshlar;
Iqtisodiy ta'lim.
O'quvchilarning mustaqilligi turli darajada bo'lganida mustaqil tayyorgarlik amalga oshirilish mumkinligini hisobga olish muhimdir, albatta bu esa ular shaxsining shakllanishiga shubhasiz ta'sir ko'rsatadi. Ayrim o'quvchilarning ishdagi faol va mustaqil holati tarbiyachining aralashuvini talab etmaydi, chunki o'quvchilarning o'zlari oldilarida turgan vazifalarini va ularni hal etish yo'llarini ancha yaxshi tushunadilar.
Bolalar iarbiyachi yordamisiz ishlaydilar. Bu erda tarbiyachining aralashuvi maqbul emas. Chunki bunday holat bolalarning mehnatsevarligini, bilish ehtiyojlarini shakllantirishda eng kata imkoniyatga egadir.
O'quvchi mustaqil harakat qilib, lekin o'z ishini tarbiyalashning fikri va bahosiga bog'liq qilib qo'ygan paytda tobe mustaqil holat vujudga keladi. Ish qiziqish va ishtiyoq bilan bajarilsa ham mustaqil ishni bajarayotgan harakatlarida ishonchsizlik jihatlari mavjud bo'ladi.
3. Sinf rahbarining rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan o'quvchilar toifasida majburiy ijro etish holati paydo bo'ladi. Bunda o'quvchilar ishga unchalik qiziqish bildirmaydilar. Ular ko'pincha sinf rahbarining yordamini so'rab murojaat qiladilar, kuchli o'quvchilarning qo'llab-quvvatlashidan foydalanishga intiladilar, agar bunday qo'llab-quvvvatlash bo'lmasa, ishni davom ettirishga irodalarini ishga solmaydilar. Bunday o'quvchilarda tashqaridan majbur qilish vaqtida harakat qilish odati mustahkamlanadi. Agar bunday holat barqaror bo'lib qolsa, u o'quvchining faqat aqli emas, shu bilan birga ma'naviy rivojlanishiga ham to'sqinlik qilishi mumkin.
Maktabda va sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarni bir-biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o'quvchilarning bir-biriga bo'lgan muomala madaniyati ham shakllanadi. O'quvchi o'qituvchiga taqlid asosida yoki do'stlari orasida o'rgangan tarbiyasi muomilasiga ta'sir qilish mumkin. Uqituvchi o'quvchilar orasida muomala-madaniyatni shakllantirish uchun avvalambor o'quvchining o'ziga bo'lgan muomalasini etiborini o'rganishi kerak.
O'quvchi maktab qoidalariga rioya qilish bilan birga, o'qituvchi talabiga ham javob berishi lozim. O'qituvchi talablariga:
Darslarga to'liq qatnashish.
O'quv qurollari bilan ta'minlanganligi.
O'qituvchini diqqat bilan eshitish.
Topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish.
Tashkiliy ishlarga faol qatnashish.
Sinf intizomiga rioya qilish.
Tozalikka rioya qilish.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni nazoratsiz ijro etish holati rasmiy ijrochilik, ishtiyoq va havas bilan mehnat qilishni istamasligini yashirishga intilayotgan o'quvchilarda kuzatiladi. Bunday holatning uzoq vaqt mavjud bo'lishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi, aks holda o'quvchilarda ishiga nisbatan rasmiy munosabat jihatlari paydo bo'ladi, bu esa ularni mehnatdagi tashqi faollikni yo'qqa chiqaradi.
Sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarda o'quvchilarning hatti-harakatlari oldindan juda qattiq tartibga solib qo'yilganligi xususida e'tirozlar bildirilmoqda.
Mustaqillikni tarbiyalash vazifasi qo'yilmagan, bolaning har bir qadami pedagogning irodasiga bo'ysungan joylarida ana shunday holat mavjuddir. Xudi shuning uchun mustaqil tayyorgarlik samaradorligi, o'kuvchilarning mustaqilligini rivojlantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladigan o'qituvchi, sinf rahbari o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish vositalarini puxta o'ylab tanlaydilar, ularning ishlashi uchun oqilona shart-sharoit yaratishga intiladilar.
Maktab o'quvchilarining mustaqil tayyorgarligiga pedagogik rahbarlik shunday qurilish kerakki, u o'quvchilarni charchatib qo'ymasin, doim bir xil tusda bo'lmasin, yoki haddan tashqari oson, aqliy va irodaviy kuch-g'ayratini sarflashni talab qilmaydigan bo'lmasin.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil eti shva o'tkazishda tarbiyachi eng muhim vazifa o'quvchilarni o'quv vazifalarini hal etishga o'rgatishdan, buning uchun harakat usullarini to'g'ri tanlashdan, o'z hatti-harakatlariga rahbarlikni faoliyatini nazorat qilishdan, mustaqil ish ko'nikmalarini boshqa muhim xayotiy vaziyatlarga o'tkazishdan kelib chiqishdan lozim ekanligini nazarda tutish lozim. Bunda mustaqillik mazmuniga fikrlash faoliyatining mustaqilligi, intizom, uyushqoqlik va o'z-o'zini nazorat qilish kabi to'rt tarkibiy qismi kirishini hisobga olish muhimdir.
Mazkur jihatlarni shakllantirish ustidan nazoratni amalga oshirish sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik qilayotgan o'qituvchining muhim va murakkab vazifalaridan biridir. Buning uchun o'quvchi faoliyati natijalarini hisobga olishni va bu jarayonni tahlil etishni uyushtirish zarur. O'qituvchi sinf-dars faoliyati uchun xos bo'lgan shakllarni istisno etib, nazorat qilishning bir qancha usullarini qo'llashi mumkin. Eng kuchli va qobiliyatli o'quvchilarga homaki yozuv bilan ishlash xuquqi beriladi. Unda qoida ko'rsatiladi, bu qoidani tasdiqlovchi misollar keltiriladi, o'quv vazifasi qayd etiladi. Yozuv juda qisqa bo'ladi, lekin u o'quvchining fikrlashi qanday borganligini ko'rsatadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o'quvchilarni ayrim ko'nikmalarga o'rgatishni nazorat vositasi deb hisoblash kerak. O'z-o'zini tekshirish, o'zaro tekshirish usullariga o'rgatish o'qituvchining o'quvchilar bilan shunday aloqasini talab etadiki, bunda ularning fikrlash ishi jarayoni ravshan bo'ladi. O'quvchilarning o'zlari harakatni taklif etadilar vash u bilan pedagogga muayan ma'lumot beradilar. Sinf rahbari ishida o'quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning etakchi tamoyilidir. Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi yangi pedagogikada to'la ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kurslarida bayon etilgan jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo'yish, faollarni tarbiyalash, o'quv-mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sog'lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an'analarni yaratish va ko'paytirish.
Ta'riflangan bu qoidalar har qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish uchun qo'llanma hisoblanadi.
4. O'rta umumta'lim maktablarida sinfda va maktabdan tashqari ishlarda sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi.
Sinfda va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o'quvchilar xayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to'ldiradi. Ularning dunyoqarashi to'g'ri shakllanishiga va axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog'lanishag zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko'p qirralidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar ni rejalashtirish va amalga oshirish.
O'quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari ko'p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o'quvchilar, tashkilotlar, sinf faollari yordamida yo'lga ko'yish. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo'nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o'qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar o'quvchilar, tashkilotchilar sinf faollariga yordam ko'rsatish. Umummaktab va maktablararo tarbiyaviy tadbirlarga qatnashish. O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
Bu borada tashkilotchilar faolligini 3 ta asosiy tomonini ko'rish mumkin: tashkilotchilik, umumiy va ma'muriy.
Bular o'zaro uzviy bog'langan bo'ladi. Tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin:
1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish;
2. Tarbiyaviy ishlarni maqsad va vazifalarini aniqlash.
3. Tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni hamda shakl usullarini aniqlash.
4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni guruhlashtirish boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
Adabiyotlar ro'yxati.
I. А. Kаrimоv. Yuksаk mа`nаviyat еngilmаs kuch. T. Shаrq 2008.
2. I. А. Kаrimоv. Bаrkаmоl аvlоd O’zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri. T. 1997.
3. Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi T. 1997.
4. Оchilоv M. Оliy mаktаb pеdаgоgikаsi.T. 2008.
5. Оchilоv. M. Muаllim қаlb mе`mоri. T. 2003.
6. Munаvvаrоv. Pеdаgоgikа. T. O’qituvchi 1996.
Dostları ilə paylaş: |