Bolalar psixologiyasi fanining prinsiplari
Sababiylik
Sinchkovlik va muntazamlik
Ob’ektivlik
Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir sub’ektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadqiqotni bevaqt tugatish xollariga yo`l qo`ymaslik kerak. Aks holda ob’ektivlik prinsipi buzilgan bo`ladi.
Qolaversa mazkur fan sohasi o‘zining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari va qoidalariga tayangan holda belgilaydi. Bolalarpsixologiyasiquyidagiprinsiplargarioyaqiladi.
1. Dialektik materializm ta’limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, nutq, hayol kabi bilish jarayonlarida
Shuningdek, shaxsning xususiyatlari vakolatlarida, diqqat, his-tuyg‘u va harakter hislatlarida, qiziqish va ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi.
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarimsharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik xodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi. Bosh miya po‘stlog‘ida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari I.P.Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi hamda o‘zaro induksiyasi qonunlari zamirida ro‘y beradi. Bu qonunlar turli yo‘sindagi muvaqqat bog‘lanishlar, assotsiatsiyalar qanday yuz berayotganini, qanday shart-sharoitlarda tormozlanishini (qo‘zg‘alishini), muvaqqat bog‘lanishlarning yo‘qolayotgani yoki paydo bo‘layotganini tushuntirish imkonini beradi. Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashish mehanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanzmlari ta’sirida hosil bo‘ladi. Yuqoridagi ta’limotga ko‘ra har ikkala mexanzm hayvonlarning tashqi olamga munosabatini aks ettiradi. Shuning uchun psixik faoliyat voqelikni aks ettirishda, oliy nerv faoliyatining tashqi olamini timsollar sifatida ifodalanishidan iborat.
3. Psixikani tadqiq etish insonning butun (Ontogenezidagi) ongli faoliyatini – uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdir. Odamzotning ongliligi uning turli-tuman faoliyatida (o‘yin, mehnat, o‘qishda), xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilari, tarbiya asosiy omillar hisoblanadi.
Inson o‘zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarini o‘zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan o‘zgaradi. Ontegenezda uning his-tuyg‘ulari, harakateri, qobiliyati, tafakkuri, extiyojlari. e’tiqodlari, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari. tilaklari, hoxishlari pozitsiyasi ham asta-sekin o‘zgarib boradi.
4. Insonning bilish faoliyati (jarayonlari) rivojlanishi unga o‘zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to‘g‘riroq, to‘laroq va aniqroq aks ettrish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlar, murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi.
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo‘ladi. Tarixiy materializm ta’limoticha, insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan to‘zumning moddiy asosigina emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, e’tiqodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir.
6. Insonning borliqni (voqelikni) aksettirish - faoljarayondir. ma’lumki, inson zotining rivojlanishi ob’ektiv borliqqa (voqelikka) va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashkil qiladigan amaliy faoliyati, masalan, o‘yini, ko‘zatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi hamda qiziqishining barqarolashuvi, iqtidorining takomillashuvi va boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |