Epidemiologiyasi. Kasallikning kechishida aniq mavsumiylik yo‘q. Ornitoz pnevmoniya chaqiruvchisi - Chlamydia psitacci, kasallik manbai qushlar (kaptar, popugay, o‘rdak, tovuqlar).
Xlamidioz – asosan chaqaloqlarning patologiyasi bo‘lib, unga intranatal zararlanish xos, bola asosan onaning tug‘ruq yo‘li orqali zararlanadi. Kattalarda jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan infeksiya turiga kiradi.
CHaqiruvchisiChlamydia trachomatis. CHaqaloqlarda o‘tish yo‘li havo-tomchi, aspiratsion yo‘l hisoblanadi. O‘pkaning pastki va o‘rta qismlari zararlanadi. Qo‘zg‘atuvchi himoya bareridan alveolagacha etib boradi, seroz shishni chaqiradi, o‘pkaning boshqa sohalariga tarqaladi.
Klinikasi. Inkubatsion davri – 10 kun. Kasallik boshida umum intoksikatsion sindrom belgilari kuzatiladi: lanjlik, bezgak (tana xarorati 39°S dan ortiq), qattiq bosh og‘rishi, bradikardiya, yurak tonlarining bo‘g‘iqlashishi, mushaklardagi og‘riq va angina. Oradan 1-3 kun o‘tgach nafas a’zolari shikastlanishi belgilari paydo bo‘ladi: quruq yo‘tal, biqindagi va ko‘krak qafasidagi og‘riq. O‘pka tovushining lokal to‘mtoqlashishi, mayda pufakchali nam xirillashlar. Lekin bu belgilar intoksikatsiyaning kuchayishiga olib kelmaydi. Kasallik klinikasi grippga o‘xshaydi. Uzoq vaqt davom etadi. YUqori tana harorati 2 haftagacha kuzatiladi, astenizatsiya belgilari 2-3 oygacha saqlanadi. Oqibati yaxshi tugaydi. CHaqaloqlar xlamidioz bilan zararlanganda 1-2 hafta oxirida bir tomonlama kon’yunktivit paydo bo‘ladi. Jarayon sekin kechadi va 1-2 haftadan so‘ng ko‘zdan shilliq-yiring ajraladi. SHu davrda pnevmoniya ham boshlanishi mumkin.Pnevmoniya hansirash va ko‘kyo‘talsimon yo‘tal bilan kechadi, ammo tana xarorati ko‘tarilmaydi va intoksikatsiya belgilari kuzatilmaydi.
Diagnostikasibalg‘am va ko‘zdagi ajralmani mikroskopiyasiga, shuningdek 2-3-haftada maxsus antitanalar titrining ortishiga asoslangan.
Paraklinik belgilar:Umumiy qon tahlilida: ECHT ortishi, leykopeniya, limfotsitoz, ba’zan eozinofiliya. Immunogrammasida immunoglobulin G oshadi