Mavzu: Bolalarni savod o’rgatishga tayyorlash



Yüklə 9,29 Kb.
səhifə2/4
tarix09.06.2023
ölçüsü9,29 Kb.
#127646
1   2   3   4
Mavzu Bolalarni savod o’rgatishga tayyorlash-fayllar.org

Savodga o‘rgatishning tayyorgarlik davri vazifalari sentyabr, oktyabr oylarida rejalashtiriladi. Tayyorlov guruhida nutq, o‘qish va savodga tayyorlash yo‘nalishining savodga o‘rgatish bo‘limining 2- bosqichi - asosiy davrida (oktyabr- may) quyidagi ishlar olib boriladi:


  • 1. Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish

  • 2.Kesma harflar yordamida tovush-harf tahlil va sintezi bo‘yicha mashqlarni bajarishga o‘rgatib borish;

  • 3. Bo‘g‘in o‘qish;

  • 4,Kesma harflar yordamida bo‘g‘in va so‘zlarni tuzish va ularni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish.

    Tayyorlov guruhlarida yil davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi va ketma - ketlikda olib borilishi kerak.


    • Tayyorlov guruhlarida yil davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi va ketma - ketlikda olib borilishi kerak.

    • a/ Gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish;

    • b/ ma’lum tovushlarni o‘rnini aniqlash (so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida);

    • v/ so‘zda tovushlar ketma-ketligini va sonini aniqlash;

    • g/ tovushlardan bo‘g‘inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish;

    • d/ tovushlarni eshitishda farqlashga o‘rgatish;

    Kichik yoshdagi o’quvchini o’qishga o’rgatishda quyidagilar kuzatiladi:


    • Bola o’qish paytida bitta harfni ko’radi, uni bilish uchun oldingi ko’z oldiga keltirilgan rasmlarni yo boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq o’qituvchi aytishga yo’l qo’ymaydi, ikkinchi harfni eslab qo’shguncha birinchisi esdan ko’tariladi, yoki ularni qo’shib bo’g’in, bo’g’indan so’z hosil qilguncha o’qish jarayoni sustlashadi.

    • Ko’pincha bola o’qiyotgan qatorni yo’qotib qo’yadi, harfni, bo’g’inni, so’zni qayta o’qishga to’g’ri keladi. O’quvchining diqqati kengaygan sari bo’g’in va so’zni butunicha idrok eta boshlaydi.

    • O’qishni endi o’rganayotgan bola o’qiyotgan matn mazmunini o’zlashtirmaydi, chunki so’zni qanday o’qishga kuch beradi-da, so’z ma’nosiga e’tibor bermaydi. Darslikdagi rasmlar, o’qituvchining savollari, ko’rgazmali qurollar ongli o’qishlarini ta’minlaydi.

    • Tajribasiz kitobxon so’zni birinchi bo’g’iniga yoki rasmga qarab topadi. Bu xato o’qishga olib keladi. Bu xatoning oldini olish uchun so’z bo’g’inlab o’qitiladi, so’zni bo’g’in-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf tomondan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi.

    Yüklə 9,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin