1-variant Buxgalteriya hisobning mohiyati va asosiy vazifalari nimalardan iborat
Buxgalteriya balansi va uni tuzish tartibi
Korxona xomashyo va materiallarni FIFO usulida hisobga oladi va sentyabr oyi boshida shakar (xomashyo) ning qoldig'i mavjud emas. Korxonaga shakar xomashyosi 1-sentyabr kuni 4200 kg 12000 so'mdan va 5-sentyabr kuni 5000 kg 12500 so'mdan xarid qilib, olib kelibdi. Ushbu xomashyo 10-sentyabr kuni 7500 kg ishlab chiqarishga berilganda qanday qiymatda ombordan chiqim qilinishini hisoblang va ushbu hisoblashlarni yozing.
Shakar xomashyosining xarid qilinishi va ishlab chiqarishga berilishi bo'yicha buxgalteriya o'tkazmalarini yozing.
2-variant Inventarizatsiya va uning natijalarini buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?
Tovar-moddiy zaxiralar hisobi
masala
Korxona 2023-yilning oxirida boshlang'ich qiymati 180 000 000 so'm bo'lgan avtomobilni sotib oldi. Avtomobilning tugatish qiymati 20 000 000 so’m deb baholanmoqda. Unga yillik 20% eskirish hisoblanadi. Ushbu avtomobilga yillar yig'indisi (kumulyativ) usulda eskirish hisoblanishi belgilangan bo’lsa, quyidagi jadvalni to’ldiring:
Yil boshida boshlang’ich
Hisoblangan eskirish
Jamg’arilgan
Yil oxirida qoldiq
qiymat
eskirish
qiymat
2024-yil
2025-yil
2026-yil
2027-yil
2028-yil
Agar ushbu avtomobil korxonaning ma'muriyati foydalanishida ishlatilsa, unga eskirish hisoblanganda qanday buxgalteriya o'tkazmasi yoziladi?