3-MAVZU. TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR HISOBI
Mavzu rejasi:
1. Tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) haqida tushuncha.
2. TMZ lar hisobining asosiy vazifalari.
3. TMZ larning turkumlanishi.
4. TMZ larni baholash usullari.
5. TMZ lar harkatini hujjatlashtirish.
6. TMZ larning ombordagi (analitik) hisobi.
7. Transport-tayyorlov xarajatlari hisobi.
8. TMZ larning buxgalteriyadagi (sintetik) hisobi.
9. TMZ larning inventarizatsiya qilish va natijalarini buxgalteriya hisobi yozuvlarida
aks ettirish.
10. Xo‘jalik jihozlari va inventarlari hisobining o‘ziga hususiyatlari.
11. Xo‘jalik jihozlari va inventarlari hisobi.
Tayanch iboralar: TMZ, TMZlarni turkumlanishi, baholash usullari, hujjatlashtirish,
analitik va sintetik hisob, inventarizatsiya, xo‘jalik jihozlari va inventarlari.
1. Tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) haqida tushuncha.
Korxonalar o‘z ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirishi uchun ma’lum
miqdorda ishlab chiqarish zahiralariga ega bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish zahiralari
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish faoliyatini normal davom etishini
ta’minlaydi.
Ularning tarkibiga materiallar, xom-ashyo, ehtiyot
qismlar va boshqalar
kiradi.
Ishlab chiqarish zahiralari, asosiy
vositalardan farqli ravishda, bir ishlab chiqarish
jarayonida
qatnashib, o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga shu davrning
o‘zida to‘la o‘tkazadi.
Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
sharoitida
korxonalarda
ishlab
chiqarish
zahiralaridan foydalanish
ustidan nazoratni kuchaytirish, ularning oqilona sarflanishiga
rioya qilish, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning salmog‘ini
minimallashtirish
masalalariga alohida e’tibor beriladi. Eng avvalo, materiallarni to‘g‘ri,
tejamli sarflash
korxona faoliyatini rivojlantirishda va bu orqali mamlakat iqtisodiyotini gullab-
yashnashida, aholining moddiy farovonligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Tovar-moddiy zahiralar aktiv sifatida tan olinadi, agar:
a) tashkilotga kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch
bo‘lsa;