10. Xo‘jalik jihozlari va inventarlari hisobining o‘ziga hususiyatlari. 1080 "Inventar va xo‘jalik jihozlari" schyotida korxonaning aylanma mablag‘lari
tarkibiga kiradigan inventarlar, asboblar, xo‘jalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining
(kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Ushbu schyotda quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan mulk hisobga olinadi:
a) xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan;
b) xizmat qilish muddatidan qat’i nazar bir birligi (komplekti)ning qiymati (sotib
olish vaqtida) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik
barobarigacha bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida buyumlarning inventar va xo‘jalik
jihozlari tarkibida hisobga olinishi uchun qiymatining past chegarasini belgilash huquqiga
ega.
Mol-mulk inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga kiritilishi uchun quyidagi
mezonlarga javob berishi lozim:
- xizmat muddati bir yildan oshmagan;
- xizmat muddatidan qat’i nazar bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston
Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik baravarigacha
miqdorda qiymatga ega bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida ularni inventar va xo‘jalik
anjomlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining kamroq chegarasini
belgilashga haqli.
Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga
quyidagilar kiritiladi:
- maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli va
ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun
mo‘ljallangan, maqsadli asbob va moslamalar);
- maxsus va sanitariya kiyimi, maxsus poyabzal;
- ko‘rpa-to‘shaklar;
- yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va
hokazolar);
- oshxona inventari, shuningdek dasturxon va sochiqlar;
- barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan
vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;
- foydalanish muddati bir yildan oshmaydigan almashtiriladigan uskunalar;
- ovlash qurollari (to‘rlar, matraplar, trallar va hokazo).
Korxona ularning vazifasi va moliya-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rniga bog‘liq holda
inventar, asboblar va xo‘jalik anjomlarini hisobga olish uchun hisobvaraqlarni mustaqil
ochish huquqiga ega. Topshirish paytida inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati
to‘laligicha ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga kiritiladi.
Korxonalar mustaqil ravishda inventarlar, asboblar va xo‘jalik jihozlarni hisobga
oluvchi schyotlarni ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rni va roliga qarab
ochishlari mumkin. Ularning qiymati foydalanishga berilgan vaqtda ishlab chiqarish yoki
davr xarajatlariga to‘liq qo‘shiladi. Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlarining
saqlanishini ta’minlash maqsadida keyinchalik ularning hisobi balansdan tashqari 014
"Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari" schyotida sex, ombor va alohida
foydalanuvchilar bo‘yicha yuritiladi.
Inventar va xo‘jalik jihozlari keyinchalik foydalanishga yaroqsiz xolga kelgan
hollarda ularni balansdan tashqari schyotdan hisobdan chiqarish belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosan amalga oshiriladi.