9. TMZ larning inventarizatsiya qilish va natijalarini buxgalteriya hisobi yozuvlarida aks ettirish. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasiga muvofiq “Buxgalteriya
hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda ishonchliligi aktivlar va
majburiyatlarni majburiy tarzda inventarizatsiyadan o‘tkazish orqali tasdiqlanadi.
Inventarizatsiya ob’ektlari, uni o‘tkazish tartibi va muddatlari inventarizatsiya bo‘yicha
buxgalteriya hisobi standartida belgilanadi.”
5
Korxonalarning buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi
ularning ishlab chiqarish zahiralari inventarizatsiya qilish bilan tasdiqlanadi. Ishlab
chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish»
nomli 19-son BHMA va «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAlar bilan tartibga
solinadi.
Inventarizatsiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad - ishlab chiqarish zahiralarining
natura va qiymat ko‘rinishida amalda mavjud ekanligini aniqlashdan iborat.
Inventarizatsiya qilish natijasida boyliklarning to‘g‘ri saqlanishi va berilishi, tarozi va
o‘lchov asboblarining holati, hisob yuritish tartibi va boshqalar tekshiriladi.
Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish bir yilda kamida bir marta
moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktyayuridan keyin amalga
oshiriladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zahiralarining saqlanishini, ularni saqlash
shart-sharoitlarini va omborda hisobga olish ahvolini nazorat qilish uchun
inventarizatsiyalar o‘rtasidagi davrda muntazam tekshirishlar va materiallarni tanlab
inventarizatsiyalash o‘tkazilishi kerak.
Quyidagi holatlarda inventarizatsiya muddatidan oldin o‘tkazilishi shart:
• korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, sotish, shuningdek davlat
korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog‘ida;
• tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganida;
• moddiy javobgar shaxs o‘zgarganida;
• talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning buzilishi bilan
bog‘liq faktlar aniqlanganida;
• yong‘in yoki tabiiy ofatlar sodir bo‘lganida;
• korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda.
Tekshirish ko‘lamiga ko‘ra inventarizatsiya yoppasiga yoki tanlab o‘tkaziladigan,
o‘tkazish vaqti bo‘yicha rejalashtirilgan yoki to‘satdan o‘tkaziladigan inventarizatsiyalarga
bo‘linishi mumkin.
Inventarizatsiyani o‘tkazishga korxona rahbari va bosh buxgalteri rahbarlik qiladi.
Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish inventarizatsiya qiluvchi ishchi
komissiyalar tomonidan moddiy javobgar shaxs ishtirokida amalga oshiriladi.
Inventarlash davrida moddiy boyliklarning mavjudligi tarozida tortish, o‘lchash usuli
bilan aniqlanadi va ro‘yxatda rasmiylashtiriladi. Ro‘yxatni moddiy javobgar shaxs
imzolaydi.
Inventarizatsiya qilish natijasida materiallar bo‘yicha hujjatlardagi ma’lumotlar va
haqiqiy qoldiqlar orasidagi farq solishtiruv qaydnomasida rasmiylashtiriladi.
Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan haqiqiy
mavjud mulk va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlar quyidagicha aks
ettiriladi:
Inventarizatsiya natijasida kamomad aniqlandi:
5
“Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартириш ва қўшимчалар
киритиш ҳақида. 2016 йил 13 апрель. № ЎРҚ-404.
D-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar»
K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar».
Kamomad summasi davr xarajatlariga o‘tkazildi:
D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar».
K-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar».