8. TMZ larning buxgalteriyadagi (sintetik) hisobi.
Sintetik hisob qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda buxgalteriya hisobi
ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarni muayyan iqtisodiy belgilari bo‘yicha umumlashtirish
yo‘li bilan amalga oshiriladi.
4
Korxona buxgalteriyasida moddiy boyliklarning kirim-chiqimlari xususidagi barcha
birlamchi hujjatlar: manzil belgilari, imzolar, summalar va amalga oshirilgan tadbirlarning
qonunga to‘g‘ri kelish-kelmasligi tekshiriladi.
Kirim orderlaridagi yozuvlar tegishli to‘lov hujjatlari, schyot-fakturalar, yukxatlar va
boshqa hujjatlar bilan solishtiriladi. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar qayta ko‘rib
chiqish uchun qaytariladi.
Buxgalteriyada tekshirishdan o‘tkazilgan hujjatlar taksirovka qilinadi, ya’ni material
miqdori uning narxiga ko‘paytirilib, hujjat bo‘yicha umumiy summa aniqlanadi. Keyin
barcha kirim-chiqim hujjatlari omborlar, jamlama hisobvaraqlar bo‘yicha guruhlarga
ajratiladi, bu guruhlar esa hisob narxi bo‘yicha kichik guruhlarga bo‘linadi. Bu
4
“Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартириш ва қўшимчалар
киритиш ҳақида. 2016 йил 13 апрель. № ЎРҚ-404, 8-модда.
hujjatlarning yakunlari M-43 shaklidagi materiallarning jamlama hisobi jamg‘aruv
qaydnomasiga yozib qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda quyidagi hisobvaraqlardan
foydalanish mumkin:
1010-«Xom-ashyo va materiallar»
1020-«Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar»
1030-«Yoqilg‘i»
1040-«Ehtiyot qismlar»
1050-«Qurilish mollari»
1060-«Idish va idish materiallari»
1070-«Boshqa tomonga qayta ishlash uchun berilgan materiallar»
1080-«Inventar va xo‘jalik anjomlari»
1090-«Boshqa materiallar».
Ushbu hisobvaraqlarning debetida ishlab chiqarish zahiralarining ko‘payishi,
kreditida esa ularning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun sarflanishi aks ettiriladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan hisobvaraqlar aktiv hisoblanib, ularning debetidagi qoldiq hisobot
davri boshidagi materiallar qoldiG‘ini aks ettiradi.
Mol yetkazib beruvchilar schYotlari va ombor kirim orderlari asosida omborga
materiallarning qabul qilinishiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
Qabul qilish vaqtida materiallarning kamomadi yoki yetishmasligi aniqlansa, u holda
materialning sotib olinish bahosiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar»
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schYotlar».
Agarda korxonaga keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchilar hujjatlarida
ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lsa, u holda ko‘p chiqqan material qiymatiga tegishli material
schyotlari debetlanib, 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar» hisobvarag‘i kreditlanadi.
Sotib olingan materiallar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar schyotining to‘lanishiga
quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schYotlar».
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Korxonaning o‘zida tayyorlangan va omborga qabul qilingan materiallarning haqiqiy
tannarxiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
K-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish».
Materiallarning sarflanishini buxgalteriya hisobida hisobga olishning muhim
xususiyatlari mavjud. Korxonada materiallar quyidagi maqsadlar tufayli ombordan chiqib
ketishi mumkin:
ishlab chiqarishga sarflanganida;
ortiqcha materiallar sotilganida va boshqa hollarda.
Ombordan ishlab chiqarishga materiallar sarflanganida quyidagicha buxgalteriya
provodkasi beriladi:
D-t Ishlab chiqarish xarajatlari (2010, 2310, 2510 va hokazo)
K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar».
|