Buxgalteriya hisobi va uning maqsadi va asoslari



Yüklə 281,71 Kb.
tarix24.10.2022
ölçüsü281,71 Kb.
#66063
Buxgalteriya hisobi va uning maqsadi va asoslari

Buxgalteriya hisobi va uning maqsadi va asoslari

Eshquvvatov Javohir BT-90

  • Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari
  • Buxgalteriya hisobining predmeti
  • Buxgalteriya hisobi uslublari va uning elementlar

Reja:
  • Buxgalteriya hisobi quyidagi asosiy vazifalardan iborat: · buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning ahvoli va harakati, mulkiy huquq va majburiyatlarning ahvoli haqida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni tuzish; · samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlarni umumlashtirish; · moliyaviy, soliq va boshqa hisoblarni tuzish. Hozirgi zamon hisob adabiyotlarida buxgalteriya hisobining vazifasi quyidagicha bo‘linadi:
  • · rejali;
  • · nazoratli;
  • · ma’lumotli;
  • · tahliliy (baho);
  • · hisobli.
  • O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan, xususiy shakldan qat’i nazar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari va boshqarmalari, ularning Respublikamizda va undan tashqarida joylashgan tarmoq korxonalari, filiallari va boshqa shu’ba bo‘linmalari buxgalteriya hisobining subyektlari bo‘la oladi. Buxgalteriya hisobining obyektlari asosiy va joriy aktiv, majburiyat, xususiy kapital, zaxiralar, daromad va xarajat (chiqim)lar, foydalar, ularning harakatlari bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari bo‘ladi.

Buxgalteriya hisobi predmeti

  • Buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda yuritiladi va ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish hisoblangan ho`jalik faoliyatini kuzatish va boshqarish uchun xizmat kiladi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish xamma sohalarni, ya`ni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini xam uz ichiga oladi

Buxgalteriya hisobining usullari va uning elementlari

  • Buxgalteriya hisobi o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, oldidagi vazifalarni to‘la-to‘kis yechib berish uchun maxsus usullarni o‘z ichiga oladi va bu usullar yordamida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida, asosan, quyidagi usullardan foydalaniladi:
  • — hujjatlashtirish;
  • inventarizatsiya;
  • — baholash va kalkulatsiya;
  • — ikki yoqlama yozuv va schotlar;
  • — balans va hisobot.

Hujjatlashtirish — bu buxgalteriya hisobida mablag‘lar harakatini belgilovchi, unga qonuniy kuch beruvchi jarayondir. Hujjatlashtirish yordamida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini tartibga solish uchun asos yaratiladi. Hujjatlarga asosan mablag‘lar harakatini tasdiqlovchi huquqiy asos yaratadi.

  • Inventarizatsiya —(yo‘qlama) qilish yordamida tegishli moddiy boyliklarning to‘liqligi nazorat qilinadi. Moddiy javobgar shaxs belgilangan muddatlarda korxona buxgalteriyasiga o‘z hisobotini topshiradi, unda hisobot davrida tovar va moddiy boyliklar holatidagi o‘zgarishlar o‘z ifodasini topadi. Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi natijalarini aniqlash me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solingandir
  • Baholash va kalkulatsiya — korxona va tashkilotlardagi mavjud mablag‘lar harakati buxgalteriya hisobida ifodalanadi, mahsulot ishlab chiqarishda sarf qilingan xarajatlar o‘rganiladi, baholash va kalkulatsiya alohida ahamiyatlidir. Mablag‘lar harakatini o‘rganish, asosan, pul o‘lchov birligida yuritilishini hisobga olgan holda baholash pul ifodasida yuritiladi
  • Ikki yoqlama yozuv va schotlar — buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari tegishli schotlarda ikki yoqlama yozuv bilan ko‘rsatiladi.

E`tiboringiz uchun raxmat


Yüklə 281,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin