15-variant Buxgalteriya hisobida hujjatlarning roli va ahamiyati.
Ta’minot jarayonining hisobi
Korxona xomashyo va materiallarni AVECO usulida hisobga oladi va sentyabr oyi boshida shakar (xomashyo) ning qoldig'i mavjud emas. Korxonaga shakar xomashyosi 1-sentyabr kuni 1300 kg 11000 so'mdan va 5-sentyabr kuni 1800 kg 11500 so'mdan xarid qilib, olib kelibdi. Ushbu xomashyo 10-sentyabr kuni 2200 kg ishlab chiqarishga berilganda qanday qiymatda ombordan chiqim qilinishini hisoblang va ushbu hisoblashlarni yozing.
Shakar xomashyosining xarid qilinishi va ishlab chiqarishga berilishi bo'yicha buxgalteriya o'tkazmalarini yozing.
16-variant
Amortizatsiya usullari
Nomoddiy aktivlar (uzoq muddatli)
Quyidagi masalani yeching:
Korxona 2023-yilning oxirida boshlang'ich qiymati 200 000 000 so'm bo'lgan avtomobilni sotib oldi. Avtomobilning tugatish qiymati 20 000 000 so’m deb baholanmoqda. Unga yillik 20% eskirish hisoblanadi. Ushbu avtomobilga ikki baravar tezlashtirilgan usulda eskirish hisoblanishi belgilangan bo’lsa, quyidagi jadvalni to’ldiring:
1. Safar xarajatlari uchun hisobdor shaxs Mansurovga kassadan naqd pul berildi
25000
2. Mol yuboruvchilardan qurilish materiallari qabul qilindi, lekin puli to‘lanmadi
60000
3. Hisob-kitob schyotidan bankning qisqa muddatli krediti to‘landi
250000
4. Bank krediti hisobidan mol yuboruvchilardan qarz o‘tkazib berildi
270000
Topshiriqni bajarish uchun ko‘rsatma.
har bir xo‘jalik muomalasi balans o‘zgarishiga ta’siri turi ko‘rsatilsin.
19-variant Xo‘jalik muomalalarini ikkiyoqlama yozish va uning ahamiyati.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
Korxona 2023-yilning oxirida boshlang'ich qiymati 220 000 000 so'm bo'lgan avtomobilni sotib oldi. Avtomobilning tugatish qiymati 30 000 000 so’m deb baholanmoqda. Ushbu avtomobilga bosib o'tgan yo'liga mutanosib ravishda eskirish hisoblanishi belgilangan. Avtomobil jami 360 000 km bosib o'tishga mo'ljallangan bo'lib, kelgusi yillarda quyidagi masofalarni bosib o'tdi: 2024-yilda 90 000 km, 2025-yilda 80 000 km, 2026-yilda 75 000 km, 2027-yilda 65 000 km va 2028-yilda 55 000 km. Yuqoridagi ma'lumotlardan foydalanib, quyidagi jadvalni to'ldiring:
Yil boshida boshlang’ich
Hisoblangan eskirish
Jamg’arilgan
Yil oxirida qoldiq
qiymat
eskirish
qiymat
2024-yil
2025-yil
2026-yil
2027-yil
2028-yil
Agar ushbu avtomobil korxonaning asosiy faoliyatida ishlatilsa, unga eskirish hisoblanganda qanday buxgalteriya o'tkazmasi yoziladi?
20-variant
Sof foyda va uning ishlatilishini hisobda aks ettirish
Nomoddiy aktivlar (uzoq muddatli)
3.Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. Korxona hisobot yilida 14 400 ming so‘mlik mahsulot sotdi, shu jumladan QQS – 2 400 ming so‘m.
Sotilgan mahsulotlarning tannarxi 6 000 ming so‘mni tashkil qilgan.
Xarid qilingan materiallar bo‘yicha 1 000 ming so‘m miqdorida QQS hisobga olish uchun qabul qilindi.
Davr xarajatlari 2 900 ming so‘mni tashkil qilgan, ulardan 900 ming so‘m daromad (foyda) solig‘ini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazaga teskari tartibda qo‘shiladi.
Ushbu yilda korxona mulkni ijaraga berishdan 2 400 ming so‘m summada daromad oldi, shu jumladan QQS – 400 ming so‘m. Mulkni ijaraga berish korxona uchun asosiy faoliyat turi hisoblanmaydi.
600 ming so‘m miqdorida daromad (foyda) solig‘i hisoblandi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i – 360 ming so‘m.
Hisobot yilining 1 yanvar holatiga ko‘ra korxona taqsimlanmagan foydaga ega bo‘lmagan.
Topshiriq: Korxonaning soliq to‘lagunga qadar daromad (foyda)sini aniqlang;
Korxona tomonidan to‘lanadigan daromad (foyda) solig‘ini aniqlang;
Korxonaning hisobot davridagi moliyaviy natijasini hisoblang;